O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


 Toksikokinetik moslashuv reaksiyalar


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   127
 
5.1. Toksikokinetik moslashuv reaksiyalar 
 
Ksenobiotiklar hujumiga qayta-qayta yo‘liqqan organizm uning toksiko-
kinetik ta’sirini toksikant so‘rilishini kamaytirish, uning tarqalishini cheklash, 
metabolizm jarayonini kuchaytirish yoki metabolit va parent birikmalarning 
chiqarib yuborilishini tezlashtirish bilan o‘zgartirishi mumkin. Bu jarayonlarni 
faollashtira olish organizmga kirib olgan ksenobiotiklarni aniqlaydigan va 
bundan tashqari, toksikantni organizmdan butunlay yo‘q qilib yuborish jarayoni-
ni tezlashtiradigan transkriptsion reaksiyalarni kuchaytiruvchi sensorlarning 
mavjudligiga bog‘liqdir.
Ilmiy izlanish qaytalangan zaharlanishda hujayraning ksenobiotiklarni 
parchalash qobiliyati oshganidagi mexanizmlarga qaratilgan bo‘lsada, shu o‘zga-


110 
rishlarga olib keladigan ayni sezuvchan sistemalar bir vaqtning o‘zida kseno-
biotiklarning so‘rilishi, tarqalishi va yo‘q qilinishini boshqarib turadigan 
membrana tashuvchilari sonini keskin oshiradi (apregulyatsiya – hujayra restsep-
torlari sonini oshirish). Bunday kompleks ta’sir biologik qurilish nuqtayi nazari-
dan ma’noga ega, ya’ni agar ksenobiotiklarni butunlay chiqarib yuborish qobiliyati 
ham oshsa, organizmda metabolit shakllanishida boradigan davomli o‘sish
potensial kontroproduktiv bo‘ladi. 
1. CYP 450 induksiyasi. Jigar va boshqa to‘qimalarning ksenobiotiklarni 
parchalash qobiliyati odamning ovqatlanish tartibiga, yoshiga, tamaki chekishi va 
giyohvand modda ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Molekular qatlamda, uzoq davom 
etadigan ksenobiotik ta’siri individual CYP larning darajasini “induksiya” hodisasi 
orqali oshirib yuboradi. Bunday yuqori darajadagi oksidlash-biotransformatsiya 
qobiliyati ksenobiotikni organizmdan yo‘q qilishni tezlashtirgani sabab, odatda, 
xavfli emas. Shunday bo‘lsada, agar toksikantlar CYP o‘tish yo‘llari orqali ko‘p 
zahar kiritsa, bu shikastlanish holatlariga olib kelishi mumkin.
23
CYP induksiyalanishi dorilar bilan davolash jarayoniga ham o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Ya’ni turli dorilarni bir vaqtda birga qabul qilayotgan bemorlarda 
CYP induksiyalanishi dorilarning o‘zaro ta’sirlashuvi holatining kelib chiqishiga 
bosh sababchi bo‘ladi. Dori preparatlarining qondagi konsentratsiyasi jigarning 
qonni tozalash funksiyasi jadallashgani hisobiga tushib ketishi va oqibatda CYP 
induksiyalanishi dori beradigan ta’sirni pasaytirib yuborishi mumkin. Yangi CYP 
oqsillari sintezi uchun ma’lum vaqt zarur bo‘lgani bois, CYP induktorlari sabab 
kelib chiqqan klinik muammo belgilari kamida 1 hafta o‘tib namoyon bo‘ladi 
(ya’ni avval davolangan bemor davolanishni qo‘shimcha dori bilan qayta 
boshlaganidan so‘ng). Bu holat CYP ingibitsiyalanishi keltirib chiqaradigan 
dorilarning o‘zaro ta’sirlashuviga aks o‘laroq ancha tez belgi beradi.
CYP induksiyalanishi 1950-yillarda barbiturat gipnosedativ (tinchlantiruvchi) 
preparatlarini uyqu dori sifatida qabul qilish holati ko‘payib ketgan davrda 
23
Agostinis P, Afshin S, editors. Endoplasmic reticulum stress in health and disease. Dordrecht: Springer Science and Business 
Media; 2012. 


111 
aniqlangandi. Preparat boshida yaxshi ta’sir qilgan bo‘lsada, aksariyat bemorlar 
uni qayta-qayta qabul qilganda, samara bermay qo‘yganini yoki doriga o‘rganib 
qolish holati paydo bo‘lganini ta’kidlashgan. Hayvonlar ustida olib borilgan 
ilmiy laboratoriya tekshiruvlari bunday barbituratlarga o‘rganib qolishning tub 
sabablarini o‘rganildi, bunda umumiy jigar CYP ning to‘rt barobar oshirilganligi
bu dorining uzoq vaqt davomidagi iste’molidan keyin aniqlangan.
Vaholanki, barbituratlar ancha tez metabolizmga uchrar ekan, demak, 
tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishi uchun dozani oshirish zarur bo‘ladi. Bu esa, 
shubhasiz, doriga ko‘nikib qolishga sabab bo‘ladi. Bu kashfiyotlardan so‘ng 
barbiturat preparatlarining obro‘si sezilarli darajada tushib ketdi. To‘qimalarda 
CYP induksiyalanishini aniqlash usullari dastlab an’anaviy bo‘lgan umumiy 
CYP ni hisoblash jarayoniga bog‘liq bo‘lgan. Barbiturat qabul qilgan hayvonlar 
jigaridagi “umumiy CYP” ni hisoblashda aynan shu usulni qo‘llagan kuzatuvchi 
olimlar bir holatning guvohi bo‘lishdi, ya’ni kamaytirilgan CO qon pigmenti-
ning maksimum so‘rilishi aslida 448 nm ekan. Bu kashfiyot turli CYP sub-
populyatsiyalari individual induktorlarga bir xil reaksiya bermasligi mumkin-
ligini ko‘rsatdi. Nihoyat olimlar hujayra va to‘qimalardagi individual CYP 
oqsillarni hisoblaydigan kuchli “qurollar” to‘plashdi, masalan, har bir asosiy CYP 
izoformasiga birikib oladigan spetsifik antitanachalar. Bu reagentlardan “Vestern 
Blotting” muolajalarida keng foydalaniladi. Bu esa nazorat olib boriladigan 
hayvonlardan olingan hujayralar bilan induktor hujum qilgan to‘qimalarni 
taqqoslashga imkon beradi. 
Individual CYP lar uchun mRNK transkriptsiyalarini aniqlash usullari-
ning rivojlanishi CYP induksiyalanishini o‘rganishga katta yordam berdi. 
Umumiy qilib aytganda, bu yondashuvlar shuni ko‘rsatdiki, aksariyat induktorlar 
individual CYP izoformalarining sathlariga turlicha ta’sir ko‘rsatadi, kopincha bir-
nechtagina yoki hatto bittagina izoforma kuchli ta’sirga uchraydi. Turli induktorlar 
muayyan bir transduksiya yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi mumkin, degan faraz 
olimlarning CYP induksiyalanishi ortida yashiringan mexanizmlarni aniqlashiga 
turtki bo‘ldi. 


112 
1) Ksenosensorlarning CYP 450 induksiyalanishidagi roli. CYP induk-
siyalanishiga berilgan ta’rifga ko‘ra induksiyalovchi ligandlar DNK nishon 
retseptorlariga bog‘lanib oladi va nishon to‘qimalardagi muayyan CYP izofor-
malari sonini oshiruvchi transkriptsion reaksiyalarni faollashtiradi. Bu gipoteza 
ortidan ulkan natijalarga erishildi, keyingi o‘n yilliklarda CYP induktorlariga 
nishon bo‘lgan bir qancha retseptorlar topildi. 
Ksenosensor deb ataluvchi bu retseptorlar ksenobiotiklarni yo‘q qilish jara-
yonini osonlashtiruvchi oqsil katalizatorlari sintezini ishga tushirishdan avval 
organizmga kirgan yot birikmalarni “sezish” orqali uni himoya qiladi. Bugungacha
aniqlangan barcha ksenosensorlar ligandlarga nisbatan reaktiv bo‘lgan yadro 
transkriptsiya faktorlari bo‘lib, ular CYP va unga bog‘liq biotransformatsiya 
genlari, shuningdek, membrana tashuvchilari faoliyatini jadallashtiradi. Kseno-
sensorlarning tarqalishi eksperimental kuzatuv ostida hujayra turiga qarab ba’zan 
turlicha bo‘lishi mumkin.
24
Shunga qaramay, ksenosensor oqsillar, ligandlar 
ularning yadroga qayta tarqalishiga ta’sir ko‘rsatmaguniga qadar, odatda, sitozol 
tarkibida bo‘ladi (5.1-rasm). 
2. Aril uglevodorod retseptori. Birinchi bo‘lib kashf etilgan ksenosensor aril 
uglevodorod retseptori (AhR) bo‘lgan. U transkriptsiya aktivatori hisoblanib, 
o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan ikkita CYP–CYP1A1 hamda CYP1A2 larning 
faoliyatini nazorat qiladi.
25
CYP1A2 jigarda, CYP1A1 esa boshqa to‘qimalarning, 
jumladan o‘pka, teri va oshqozon-ichak epiteliy qatlamlarining quyi qavatlarida 
faoldir. CYP1A1 nisbatan kamroq dori preparatlarini parchalasa, CYP1A2 esa 
odam qabul qiladigan bir qancha muhim preparatlarni oksidlaydi (masalan, 
klozapin, naproksen, teofillin va kofein). 
 
24
Hukkanen J. Induction of cytochrome P450 enzymes: a view on human in vivo findings. Expert Rev clin Pharmacol. 
2012;5:569–85. 
25
Boutros PK, et al. Hepatic transcriptomic responses to TCDD in dioxin-sensitive and dioxinresistantrats during the onset of 
toxicity. Toxicol Appl Pharmacol. 2011;251:119–29. 


113 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling