O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
4.7-rasm. Reaktiv kislorod turlari DNK ga bo‘lgan hujumda turli zarar
yetkazuvchi mahsulaotlarni keltirib chiqaradi (a) yoki oqsillarni (b). Ba’zi keng tarqalgan mahsulotlar ko‘rsatib o‘tilgan, biroq o‘nlab oksidlanish jarayonidagi boshqa mahsulotlar ko‘rsatilmagan. Strukturani murakkablashtirmaslik uchun faqatgina erkin baza va aminokislotalar ko‘rsatilgan. 100 Oksidlanish stressi normal to‘qimalarda sodir bo‘lishi, ko‘p kasalliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, ayniqsa, ateroskleroz, Altsgeymer kasalligi, diabet va saraton kabi mikromolekulalar oksidatif zarari keksayish jarayonida teri va ko‘z xrustalida namoyon bo‘ladi, bunda teri va ko‘z xrustallarining yomonlashuvi kuzatiladi. Zamonaviy toksikologiya erkin radikallarning ishlab chiqarilishi jarayoniga katta e’tiborni qaratmoqda. 4. Lipid peroksidlanish jarayoni. Lipid membranalaridagi oksidlangan yog‘ kislota kichik guruhi radikallar hujumiga bardosh bera olmaydigan eng zaif hujayra tizimidir. Hujayra membranasi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, deyarli uning 50 % vazni lipidlardan iborat, qolgan qismi esa oqsillarni tashkil etadi. Membrana lipidlarining aksariyat qismi fosfolipidlar tarzida mavjud bo’ib, ular gidrofil bosh (bo‘rtiq) ga ega va unga ikki gidrofil lipid dumchalar biriktirilgan. Suvli muhit ichida fosfolipidlar mustaqil ravishda biqatlamlarni yaratadi va ushbu qatlamlarda gidrofil bosh sendvich kabi tizum ichida joylashadi, gidrofob dum uning ichki qatlamida bo‘ladi (4.8-rasm). Bunday suyuq biqatlamlar ko‘pgina hujayra tuzulmalariga moslashuv- chanlik imkoniyatini beradi. Ko‘plab fosfolipidlar yog‘ kislotalarning ikki gidro- fobik dumidan iborat bo‘lib, ular 14-24 uglerod atomidan tashkil topgan. Yog‘ kislotasining bir turi odatda to‘yingan bo‘lib, yog‘ kislotasi 18 uglerodidan iborat stearin kislotasi kabilar bilan ikki tomonlama aloqalardan holi, toyinmagan turi esa 18 uglerod atomidan iborat olein kislotasi bilan aloqada, yoki yarim to‘yingan yog‘ kislotasi araxid kislotasi (20 uglerod atomidan ibotar) bilan aloqada bo‘ladi. Lipid Peroksidlanish jarayoni ko‘p hollarda hujayra membranalariga qattiq ziyon yetkazadi. Bu uning avtokatalik va mustaqil ravishda tarqaluvchanlik hususiyati tufayli ro‘y beradi. Toyinmagan lipidlar bilan erkin radikallar reatsiya- ga kirishib, yangi radikallarni hosil qiladi va oqibatda membranaga yetkaziladigan ziyon kuchayadi. Bu araxid kislotasini jigardan zudlikda yoq bo‘lishiga olib keladi. Araxid kislotasining oksidlanishga moyil bo‘lgan zaif dumlariga radikallar tomonidan hujum qilinadi (4.8-rasm). Zanjir reaktsiyalar kuchaygani sayin erkin radikallar uzun fosfolipid 101 dumlarni o‘nlab bo‘laklarga bo‘ladi, ba’zida yuzlab. Ularning ba’zilari, shuning- dek, alkan, keton kabi uchuvchan organik molekulalaridek unchalik zaharli hususiyatlarga ega emas. Butun bir boshli organism ikki uchuvchan alkan turlari, ya’ni etan va pentandan iborat - inson chiqarayotgan nafasda. Yana bir muhim mahsulot va muhim hisoblangan guruh bu izopros-tanlardir. Kimyoviy jihatdan bu prostoglandlarga yaqin bo‘lib, kuchli fiziologik ta’sir etuvchi endogen molekulalari guruhidir. Prostoglandlar araxid kislotasining siklooksiginezlar (СОХ-1 va СОХ-2) tomonidan oksidlanishi orqali yuzaga keladi. COX-2 shamollash va yallig‘lanish sharoitida yanada faollashadi, COX-1 esa konstutiv ravishda ifodalanadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling