O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   127
4.8-rasm. Membrana biqatlamlaridagi yarim to‘yingan lipidlar radikallar hujumiga 
nisbatan ojiz bo‘lib, oksidlanish oqibatida CYP450 tetroxlormetan paydo bo‘ladi. 
Lipidlarning perekis oksidlanishi natijasida to‘qimaga yanada ko‘proq ziyon 
yetkazuvchi mahsulotlar-reaktivlar yuzaga keladi. Boshqa pentan va ozoprostan 
kabi barqaror (stabil) mahsulotlar oksidlanish jarayonida foydali biomarkerlar 
vazifasini ham bajaradi.


102 
Prostoglandaning qayta ishlab chiqarilishi yallig‘langan to‘qimada ko‘plab 
og‘riq, shish va yuqori harorat kabi yoqimsiz simptomlani keltirib chiqaradi. 
Araxid kislotasining oksidlanish holatidan farqli ravishda izoprostanlar erkin 
lipidlar orqali shakllanadi. Oksidlangan lipidlar membranadan fosfolipazning 
gidrolitik harakati orqali tashqariga chiqadi. Qon aylanish tizimida izoprostanlar 
darajasi yuqori bo‘lib bu o‘z navbatida endogen oksidantlar doimiy ravishda 
hujayra membranalariga ta’sir etishini ko‘rsatadi. (DNK va oqsilning to‘satdan 
oksidlanish holati ham bunga juda yaqin).
5. Dasturlashtirilgan hujayra o‘limi (Apoptosis). 1960-yil boshlarida 
Avstraliyalik yosh patolog hujayra o‘limining nazoratga olingan shaklini yangilik 
sifatida biokimyo va toksikologiya sohalariga olib kirdi. John Kerr hayvonlar 
jigarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rgandi. Jigar qon bilan yuvilishi 
mobaynida yuz beruvchi hujayra o‘limining ikki aniq turi tasvirlab berildi. 
Nekrosis allaqachon jigar to‘qimasidagi ko‘plab hujayralar o‘limiga sabab 
bo‘lgandan buyon patologlarga ma’lum edi.
Immun hujayralarining filtrdan o‘tkazilishi aniq, biroq uzoq muddatli 
to‘qima jarohatlanishi davri yuz berib, oxir oqibatda to‘qima o‘ladi. Ikkinchi o‘lim 
holati boshqa hujayralarda sodir bo‘ladi. O‘lim holatiga yetib kelayotgan 
hujayralarda shishish kuzatiladi. Kerrning fikricha, o‘layotgan to‘qimalar odatda 
kichrayib ketadi. Mebranasimon tsitoplazmaning kichik qismlari (apoptik qismlar) 
DNK va butun, ya’ni zararlanmagan mitoxondriadan iborat. Kerr hujayra 
o‘limining ikkinchi holatini ilmiy dalillar asosida ochib berdi. Shuningdek u qo‘y
jigariga ta’sir etuvchi o‘simlikdan kelib chiquvchi toksik moddani aniqlab berdi, 
bu holat gepotoksiklik holati bo‘lib natija o‘lim bilan tugaydi. 1972-yilda Kerr bu 
fenomenga yangi nom berib ko‘p tadqiqotchilar e’tiborini tortdi, ya’ni apoptoz
nomi berildi.
Hujayra o‘limining bu turi tez orada turli fenomenalarda, ya’ni embrion 
rivojlanishi, yurak hastaligi, OITS bilan bogliq to‘qimalar va saraton kimyo 
muolajasi kabi holatlarda namoyon bo‘la bordi. Tadqiqiotchilar apoptozni o‘rgana 
borish davomida bu holat nekrozga o‘xshash holat ekanligini tushunib yetdilar. 


103 
Agar bu holat bir paytni o‘zida bir necha hujayralarda sodir bo‘lsa , apoptozga
sabab bo‘luvchi mexanizmlar nekroz holatiga ham olib kelishi mumkin. 
Mitohondriyal o‘tkazuvchanlik jarayonning bosqichlaridan biri bo‘lib, 
ham apoptoz ham nekroz holatlarida ro‘y beradi va bu jarayondagi hujayralar 
soni to‘qima qay bir o‘lim holatiga duch kelishiga oydinlik kiritadi. Apoptoz
izolyatsiya qilingan hujayralarda sodir bo‘lganligi bois hatto to‘qimaning tiklanish 
holatini ham namoyon etadi: DNK ga o‘rtacha zarar yetkazuvchi , izolyatsia 
qilingan hujayralarni yo‘q qilish orqali, to‘qima mutatsiyaga uchragan va oqibatda 
o‘simta hosil qiluvchi hujayralardan himoya qilinadi.
Apoptoz ayniqsa, regeneratsiya orqali yo‘q hujayralar vazifalarini bajara 
oluvchi jigar, suyak iligi va o‘pka kabi to‘qimalarda juda foydali. Bunday 
regeneratsiya jarayonini bajara olmaydigan to‘qimalarda, yurakdagi miotsit yoki 
bosh miyadagi asab hujayralari kabi, ksenobiotiklar ta’siri ostida apoptozaning 
faollashuvi juda zararli bo‘lishi mumkin. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling