O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
3.3. Metabolizm
Organizm yetarlicha lipofillik bo‘lgan kimyoviy moddalarni tez singdiradi. Kam miqdorda tez-tez organizmga singib turuvchi kimyoviy moddalar muammoni vujudga keltiradi. Tananing ko‘p hujayralari lipidlarga boy bo’lib, doimiy ravishda lipidlarning yig‘ilishi toksik holatga olib keladi. Organizm uchun bunday moddalarni yo‘q qilish, hech bo‘lmaganda bunday moddalarning to‘qimalarda yig‘ilishini oldini olish zarur. Bu muammo ADME qisqartmasidagi «М» ya’ni – metabolizm terminini keltiirb chiqaradi. Tabiatda ksenobiotiklar barcha yerlarda mavjudligini hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, inson genomi yuzlab genlardan tashkil topgan va bu genlar chetda singib kiruvchi kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi fermentlarni kodlashtiradi. Bunday tarkibiy o‘zgarishlar natijasida ko‘p hollarda kimyoviy moddalarni tanadan osonlik bilan bartaraf etish mumkin. Bu toksikologiya sohasi ukun juda muhim. 65 Tana hujayralari, ayniqsa, jigar hujayralari ko‘p ferment chiqaradi va ksenobiotiklar singayotgan vaqtda keng ko‘lamdagi kimyoviy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu katalizatorlar fermentlarga kofaktorga nisbatan bo‘lgan talablar, kinetik hususiyatlar va bir hil haroratni ma’qul ko‘rishi orqali o‘xshash. Sezilarli darajadagi farqni ksenobiotik – metabolik oqsillar tizimi va funktsiyalari zamirida ko‘rishimiz mumkin. Ko‘pgina fermentlar substrat borasida juda talab-chan bo‘lgan bir paytda shuni ta’kidlash lozimki, metabollashtiruvchi ksenobiotik kislotalar yuzlab va hatto minglab substratlarni metabollashtiradi. Bunday holat enzimologlarni ancha vaqt o‘ylantirdi va yechim rentgen kristollografiyasi ko‘magida bunday fermentlarning o‘ziga xos bo‘lgan molekulyar hususiyatlariga oydinlik kiritildi. Tizim holatini o‘rganish bilan mashg‘ul biologlar ksenobiotiklarni metabollashtiruvchi oqsillarning to‘liq yoritilgan rentgen lavhalarini olgan holda substratlarning mavjudligi yoki mavjud bo‘lmaslik holatlariga ravshanlik kiritdi. Ksenobiotik bio-o‘zgarishlar immun tizimi bilan o‘zaro bog‘liq bo’lib, tanaga kiruvchi kimyoviy moddalardan himoya vazifasinini immun tizimi bilan birgalikda bajaradi. Immun tizimi yirik patogenlar, oqsillardagi viruslar va toksinlar bilan kurashayotgan bir paytda ksenobiotik bio-o‘zgarishlar past molekulyar vaznga ega bo‘lgan molekulalarni faolsizlashtiradi. Ko‘pgina to‘qimalar ksenobiotiklarni ma’lum bir miqdorda singdiradi, biroq jigar asosiy singdiruvchan organ hisoblanadi. Uzoq yillar davomida farmatsevtlar va toksikologlar Velsh kashshof tadqi- qotchisi R.T Villiams tomonidan taklif etilgan ikkilik tizimiga asoslangan metabolik tasnif sxemasini o‘rganib kelmoqdalar. Bu tizim uning “Dezintoksi- katsion mexanizmlar” kitobida yoritilgan (1947). Ushbu namunaga muvofiq ravishda odatda ksenobiotiklar ikki bosqichni bosib o’tadi, ya’ni 1-faza va 2- fazalarni. 1-faza transformatsiya ya’ni o‘zgarish bosqichi, 2-faza esa tanadan sekin astalik bilan chiqib ketuvchi yuqori darajadagi eruvchan metabolitni shakllantirishga bo‘lgan bosqich. Garchan bu namuna so‘nggi o‘n yilliklar davomida toksikologik tadqiqotlar natijasida foydali tarzda isbot topgan bo‘lsada, 66 ba’zi bir nomutanosibliklar tasnif tizimini yana qayta ravishda ko‘rib chiqish zarurligini taqazo etdi. 1. Tiklovchi modda almashinuvi (metabolizm). David Joseph, Fred Guengerich va Jon Konchilar tomonidan taklif etilgan tasnif tizimi ko‘proq qoniqarli hisoblanib, unda tashqi moddalar tufayli yuz beruvchi kimyoviy o‘zgarishlar tartibli ravishda 4-bosqichda o’rganiladi (3.6-rasm). Joseph tizimidagi birlamchi masala fermentativ o‘zgartirish davomida yuzaga keluvchi haqiqiy kimyoviy o‘zgarishning sodir bo‘lishidir. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling