O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
3.3-rasm. Lipidga boy hujayra membranalari tashqi muhitdan kiruvchi kimyoviy
moddalarga nisbatan to‘siq sifatida harakat qiladi. Ksenobiotiklar tomonidan membranaga singib kirishda ta’sir etuvchi asosiy xususiyatlar o‘z ichiga vazn, lipofılisit, gidrofobisitin va iyonlashuvni o‘z ichiga oladi. Membrana tashuvchilar ham ko‘p to‘qimalarda ksenobiotiklar yig‘ilishini boshqaradi. 60 3.2. Tarqalish Kimyoviy moddalar qonga singigandan so‘ng toksikokinetik jarayonning ikkinchi fazasi boshlanadi, ya’ni tarqalishdir. Fizik-kimyoviy hususiyatlar kimyoviy moddalarning ilk bor tanaga singishida ahamiyat kasb etgani singari ularning tana ichki a’zolariga tarqalishi tabiatiga ham ta’sir etadi. 3.4-rasm. Eruvchan kimyoviy moddalarning ikkifazalik tarqalish tizimi suv- oktanol ularning bi-qatlamlarga singib kirish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Yog‘da eruvchan lipofillik kimyoviy moddalar organik qatlam bo‘ylab tarqaladi, (A) gidrofil molekulalar esa suv qatlami bo‘ylab tarqaladi, (B) 'LogP', suvli qatlamga nisbatan oktanol qatlamidagi toksik moddalar konsentrasiyasi logarifmıdır. Tashqi muhit bilan uzviy aloqada bo‘lgan biologik to‘siqlarga singib o‘tgandan so‘ng kimyoviy moddalar tana to‘qimalariga chuqur singib borgani sayin bir qator qo‘shimcha membrana to‘siqlarga ham duch keladi. 1. Qon orqali yuquvchi kimyoviy moddalar. Individual tarzdagi zaharli moddalarning tana atrofida tarqalishi hodisasini o‘rganishda turli namunalar paydo bo‘ladi, ba’zi zaharli moddalar tananing muayyan to‘qimalari, yog‘, suyak mushaklari yoki jigarda to‘plansa, boshqa kimyoviy moddalar asosan qonda yig‘iladi. Suvda yaxshi eruvchan gidrofil kimyoviy moddalar tarqalish jarayonida qon orqali tez tarqaladi. Bunday gidrofil kimyoviy moddalar buyrakni zararlanishiga olib keladi. Boshqa bir tarafdan olib qaralganda ayrim hollarda 61 lipofillik kimyoviy moddalar odatda tana to‘qimalariga chuqur singisada qonda bir oz konsentrasiya qoldiradi. 2. Tana to‘qimasida molekulalar to‘planishi. Tana to‘qimalariga chuqur kirib borgan molekulalar ko‘p hollarda to‘qima-larning birikish joylari (masalan, suyak mushaklari) atrofida to‘planadi, yoki ba’zi hollarda lipofillik hususiyatlarga ega bo‘lgan holda lipidlarga boy bo‘lgan yog‘ to‘qimalarda to‘planadi. Yog‘ to‘qimalari atrofida to‘planish organizmda uzoq muddat davom etishi mumkin, bu esa o‘z navbatida marihuanna kabi lipofil dori vositalarini aniqlashga yordam beradi, masalan, qoidaga zid ravishda marihuanna yoki tetragidrokannabinol dori vositasini qabul qilgan sportchilar peshobidan bir hafta o‘tishiga qaramay bu holat aniqlnishi mumkin. 12 Xlororganik zaharli moddalar yoki polixlorin bifenil kabi lipofillik ekologik ifloslantiruvchi moddalarning yog‘ to‘qimalari atrofida to‘planishi sezilarli ravishda ularning inson salomatligiga bo‘lagan zararni baholashni mushkul- lashtiradi va oqibatda oziq-ovqat zanjiridagi to‘planish ortib boradi. Tanada yog‘ lipofillik ksenobiotiklarining yig‘ilishi ba’zi yog‘dan halos bo‘lish uchun parhez saqlayotgan kishilarda o‘tkir intoksikatsiya holatini vujudga keltiradi va oqibatda kimyoviy moddalar jadal ravishda qon aylanish tizimiga o‘tib boradi. Toksik moddalar yoki qorg‘oshin, ftor va strontsium kabi bir qator organik bo‘lmagan moddalar uzoq muddat organizmda suyak atrofida turib qoladi. Kuchli ta’sir etish holatlarida suyak zaharlanish holatiga chidamlilik ko‘rsatishi mumkin, ammo bu skelet deformatsiyasiga olib keladi va suyaklarni mo‘rt qilib qoyadi, natijada suyak sinish holatlari kelib chiqadi. Qo‘rg‘oshin va shu kabi noorganik moddalarning sekin-astalik bilan uzoq vaqt davomida suyakdan qon aylanish tizimiga o‘tishi ichki a’zolarni surunkali ravishda zaharli moddalar ta’siriga moyil qilib boradi (masalan, qo‘rg‘oshin ta’siri ostidagi markaziy asab tizimi). Sanoat ishlab chiqarish zavodlarida faoliyat yuritib nafaqaga chiqgan ko‘pgina kishilarda surunkali intoksikatsiya holati belgilarini ko‘rish mumkin. 12 Lewis DF, Ito Y. Human KYPs involved in drug metobolism: struktures, substrates and binding affinities. Expert Opin Drug Metab Toxikol. 2010;6:661–74. 62 3. Tarqalish va dori vositasiga bo‘lgan sezuvchanlik.Garchan tarqalish fazasi barcha kimyoviy moddalar toksik holatiga ta’sir etsada, ayniqsa, bu dori vositalarining farmakologik jihatdan bo‘ladigan ta’sirida muhim ahamiyat kasb etadi, bizga ma’lumki ksenobiotiklarning tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab ma’lumot ko‘ngilli bemorlarda dori vositasi ta’sirini o‘rganish natijasida qo‘lga kiritilgan. Farmakokinetik xususiyatlar ko‘p hollarda xususan, bemorlarda klinik vaziyatlarda o‘ziga xos dori vositasini tanlashda ahamiyat kasb etadi. 13 Misol uchun, yuqumli kasalliklarni antibiotik dori vositalari bilan davolashda ekstensiv tarzda skelet mushaklari va organizmdagi yog‘ moddalari bo‘ylab tarqaluvchi dori vositalari qon orqali yuborilayotgan infektsiyadan aziyat chekayotgan bemorlarni davolashda samarali natija bermaydi, bunday hollarda oqsil plazmalari bilan bog‘liq bo‘lgan gidrofillik hususiyatga ega bo‘lgan antibiotik dori vositalari ko‘proq samarali bo‘ladi. Yuborilgan dori vositasi bemorlar yoshidan kelib chiqqan holda turli ta’sir etadi va o‘zgaruvchanlikka boysinadi. Misol uchun, yosh sog‘lom kattalarga nisbatan keksa odamlarda ksenibiotiklar tarqalishida sezilarli ravishda o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Keksa kishilarda ayrim toksik moddalarga qarshi bo‘lgan skelet mushak zaxiralari kamayib borishi mumkin. Xuddi shu tarzda tananing yog‘ miqdori ham yoshlarga nisbatan keksalarda kamayib borib, ayrim birikmalarni taqsimlashda sezilarli ravishda farqni oshiradi. Tananing yog‘ miqdori ham muta- nosib farqlarni keltirib chiqaradi. Tug‘ish yoshidagi ayo‘llargda homila rivojlana borgani sari qon hajmini kengayishi bois lipofillik ksenobiotiklar tarqalishi nozik gender farqlarni keltirib chiqaradi. Bunday o‘zgarishlarni emizikli ayyo‘llarda ham kuzatish mumkin. 4. Taqsimlanish hajmi (Vdist). Tanadagi kimyoviy moddaning harakatlari soni qiymatini umumlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj taqsimlanish hajmi o‘lchagichini kirib kelishiga omil bo‘ldi (Vdist). Bu xomaki biroq foydali bo‘lgan asbob qanday qilib kimyoviy moddalar tana to‘qimalariga tarqalish fazasida yoyilishini 13 Khojasteh SK, et al. Drug metobolism and pharmacokinetics quick guide. New York: Springer; 2011. 63 oddiy yo‘l bilan samarali ravishda ko‘rsatib beradi.Vdist muntazam ravishda dorivor vositalari uchun qo‘llaniladi. Bunda kishi tanasiga yuborilayotgan ksenobiotik dozasi qonga yetib boradigan modda kontsentratsiya bo‘yiсha bo‘linadi: Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling