O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Kimyoviy aralashmalar: Hayotda kimyoviy aralashmalar ta’siri
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2.6. Kimyoviy aralashmalar: Hayotda kimyoviy aralashmalar ta’siri Bizning toksikologik baza bir qator izlanish ishlarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqot ishlari laboratoriyalarda hayvonlar va ko‘ngilli insonlarning jonli xujayralarini probirkalarda saqlash orqali ma’lum bir zaharli moddalarning sog‘liqqa qay darajada ta’sir etishi o‘rganiladi. Har bir zaharli modda molekula- sining tabiiy biologik xususiyatlarini aniqlash juda muhim. So‘nggi paytlarda bir necha toksik moddalar ta’siri bir paytda sodir bo‘layotgani kuzatilmoqda, bu esa o‘z navbatida bir necha toksik kimyoviy moddalar aralashuvini keltirib chiqar- moqda. Bu holat farmakologik ahamiyatga ega bo‘lib, klinik holatlar bunday holatlar bo‘yiсha kuzatuv ishlarini olib boruvchilar yuzlab “dori vositalarining o‘zaro ta’siri” holatlarini qayd etganlar, bunday holatlar bir vaqtning o‘zida bir necha dori vositasini qabul etayotgan bemorlarda ro‘y bergan. Shuni hisobga olish joizki, bugungi kunda ikki yoki uch ming dori vositalarini boshqa dori vositalari bilan birgalikda ichilishi tavsiya etilmoqda. Bunga sabab ko‘pgina mamlakatlarda polipragmaziya kasalligi holati o`sib bormoqda. Oqibatda kelayotgan o‘n yillik ichida dori vositalarining o‘zaro ta’siri holatlari ko‘payib borishi mumkin. Barcha dori vositalarining o‘zaro ta’siri bir hilda bo‘lmaydi, bazilarida dozani kamaytirish orqali ijobiy natijaga erishish mumkin bo‘lsa, boshqa holatlarda bunday ta’sir o‘lim holatiga olib keladi. Bu holatlar ko‘p hollarda bir vaqtni o‘zida bir necha hil dori vositasini qabul etayotgan keksa yoshdagi kishilar bilan sodir bo‘ladi. 8 2.7. Toksik sezuvchanlikni aniqlovchi omillar 8 Pavlos R et al. HLA and pharmacogenetics of drug hypersensitivity. Pharmacogenomics. 2012;13:1285–306. 51 Genetik omillarga qo‘shimcha ravishda toksik natijalar turmush tarzidagi turli omillarga ham bog‘liq. Masalan, kishilardagi haddan ziyod qovurilgan goshtli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish odatlari va boshqalar ichak va jigarda o‘zgarish holatlarini keltirib chiqaradi. Tabiiy meva va sabzavotlar yordamidagi parhez organizmga tashqi muhitdan kirib kelgan zaharli moddalar bilan kurashishda yordam beradi. Bir qator tadqiqotlardan DNKga zarar yetkazadigan kimyoviy moddalarga qarshi meva va sabzavotlar saraton kasalligiga qarshi himoya’ni oshirishi ma’lum. Ko‘p tadqiqvotlar parhezni maslahat beradi, bu shuningdek, saraton kasalligini ham oldini olishi ta’kidlanadi. Ayni paytda ko‘p e’tibor maxsus ximoprofilaktik oziq-ovqat tarkiblariga qaratilgan bo‘lib, bu saraton kabi jiddiy kasalliklarga bo‘lgan moyillikni kamaytiradi. Alkogol yoki tamaki iste'moli ham sezuvchanlikni keltirib chiqaradi. Alkogol ichimligi va tamaki sezilarli darajada jigar va buyrakga toksik moddalarni yo‘llab ularni zararlaydi. Haddan ziyod chekish va surunkali spirtli ichimliklarni ichish fermentlarning bioo‘zgaruvchanlik holatini yuzaga keltirib jigarni yanada zaiflashtiradi. Haddan ziyod alkogol iste’mol qilish va tamaki chekish ko‘pgina katta muammolarga sabab bo‘ladi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling