O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2.1-rasm. Kimyoviy moddalar kelib chiqishini aniqlash biroz mushkullik tug‘-
diradi, chunki ular har ikkala man’badan ham kelib chiqadi. Havoni ifloslan- tiruvchi akrolein bunga yaqqol misol bo‘la oladi: kishilar turli organik moddalarni yoqishi sababli ekzogen akrolein ta’siri ostida qoladilar (masalan tamaki, qazib olinagigan yoqilg‘i), ichki biologik jarayon holatini olib qaraydigan bo‘lsak lipit peroksidasyon holati. Bu atama kundalik hayotdagi lug‘atdan joy olmagan, hatto ba’zi ilmiy adabiyot-larda ham bu noto‘g‘ri talqin etiladi. Zaharli moddalar oldindan zaral yetkazuvchi joylar haqida ma’lumot bera oladi, masalan, spirt gapotoksikant hisoblanib yuqori dozada jigarga ziyon yetkazadi, kadmiy esa nefrotoksikant hisoblanib buyrakka yetkaziluvchi zarar bilan bog‘liq. 45 2.2. Kimyoviy zararlanish holatlari Turli hildagi minglab molekulyalar ham tabiiy, ham sun’iy tarzda tirik to‘qimalar bilan birgalikda kimyoviy moddalar ta’siri ostida keng ko‘lamdagi patologik kelib chiqishlarni yuzaga keltiradi. Kimyoviy zaharlanish ta’siri ostida bo‘lgan molekulyar mexanizmlarni aniqlash biologik jihatdan oson emas. Inson organizmiga ta’sir etuvchi turli omillar toksik holatlarni o‘rganish jarayonini yanada murakkablashtiradi: ba’zi kimyoviy moddalar uchun ta’sir tabiattan uzluksiz emas balki muddatli bo‘lishi mumkin, ya’ni biror daqiqa yoki soat mobaynida davom etadi, boshqa kimyoviy moddalar ta’siri esa kishilarning butun bir hayoti yoki umrining katta qismida davom etishi mumkin 4 . Hatarni baholash jarayoni ma’lum bir shaxslarning faoliyatiga qarab baholanadi, ya’ni ular o‘z sevimli mashg‘ulotlari yoki kasblari sababli turli omillar ta’siriga duch keladilar, masalan, rassomlar kundalik turmush tarzida buyoqlardan foydalanish jarayonida yoki mehaniklar ustahonalarda ishlatiladigan turli kimyoviy moddalar ta’siriga duch keladilar. Bu omillar ta’sirini o‘rganish ma’lum bir diqqat- etiborni talab etadi. Zaharlanish holatlarini o‘rganish soddalashtirishda, kimyoviy ta’sir odatda to‘rt turkumga ajratiladi. Birinchidan, o‘tkir ta’sir qilish holati ya’ni 24 soat yoki undan kam vaqt mobaynida uchraydigan kimyoviy zaharlanish holati xususiyatlari. Bunday holatlarda toksikologlar bemorlarga klinik sharoitda zudlik bilan yordam ko‘rsatishlari zarur, bu holat bemorlar ataylab yoki bilmagan holda yuqori dozali dori yoki boshqa kimyoviy moddani ichib yuborishlari oqibatida sodir bo‘ladi. Bunday zaharlanish holati alomatlari bezovtalik, asabiylashish, qattiq bosh og‘rig‘i, bir oz bosh og‘rig‘i, tartibsizlik, diareya, mushak talvasalari, tirishishlar yoki hatto o‘lim holati bo‘lishi mumkin. Yana bir zaharlanish holati 3 oy yoki undan ko‘p davom etishi mumkin bo‘lgan holat bo‘lib, bu qayta dozaning oshib ketkanlik holati yoki biror kimyoviy 4 Boelsterli UA. Mechanistic toxicology: the molecular basis of how chemikals disrupt biological targets. 2nd ed. Boka Raton: KRK Press; 2007. 46 moddaning uzoq muddat davomida ta’siri natijasi bo‘lishi mumkin, ya’ni oziq- ovqat, ichimlik suvi yoki havo ta’siri ostida. Bu holat, shuningdek, kasbiy omillarni ham o‘z ichiga kiritadi, ya’ni bosmaxona sharoitida siyohning uzoq vaqt mobaynidagi ta’siri va hokozo. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling