O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
 
1.10. Xulosa 
 
Ushbu bob zamonaviy toksikologiya sohasining so‘nggi paytlarda qay 
darajada rivojlanib borayotganini bayon etish bilan birgalikda zaharli modda-
lardan xabardorlik inson madaniyatidagi muhim omillardan biri ekanligi hususida 
so‘z yuritadi.
Toksikologiya sohasi bugungi kunda ko‘p kasalliklar sababi va ularni 
paydo qiluvchi omillarga oydinlik kiritib, kasallikning oldini olishda asosiy 
poydevor bo‘la oladi deyilsa mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayrim chetlanishlardan qat’iy 
nazar biz tirik to‘qimalardagi kimyoviy toksik elementlarni o‘rganib borishda 
davom etamiz. 
Nazorat savollari 
 
1. Zamonaviy toksikologiya qachon paydo bo‘lgan? 
2. Zamonaviy toksikologiyaning ilk namoyondalari haqida ta’rif bering. 
3. Sanoat davrida ishlab chiqarich hatarlari nimalarga bog‘liq? 
4. Toksikolog olimlarning ilmiy tadqiqotlari haqida tushuncha bering?
5. Zamonaviy toksikologiyaning rivojlanishi qanday ofatlarni olib keldi? 
6. Zamonaviy toksikologiyaning turli sohalar bilan hamkorligi aytib bering. 
7. Qaysi moddaning ijobiy tarafining ochilishi fanning yuzaga kelishiga 
sababchi bo‘ldi? 
8. Xalqaro Toksikologiya Ittifioqi qachon tashkil topdi? 
9. Zamonaviy toksikologiyaning tadqiqot ishlari ko‘lamini ta’riflang. 
10. Global toksikologiyaning jamiyat, klinik, tizim, hujayra va kimyoviy 
toksikologiyasidagi o‘rni haqida gapirib bering. 


40 
2-BOB 
 TOKSIKOLOGIYA SOHASIDAGI ASOSIY
TUSHUNCHALAR 
 
Zamonaviy toksikologiyada ko‘plab farqli atamalar va tushunchalar bilan 
bir qatorda toksik hodisalarni tushuntirishga qaratilgan harakatlar ham qo‘llaniladi. 
Birinchidan, toksikologlarga taalluqli bo‘lgan moddalarning turlari uchun mos 
soyabon atamasi kerak bo‘lganligi sababli, ushbu bobda zahar, toksin, 
ksenobiyotik, endobiotik va toksik moddalar kabi so‘zlarni o‘rgatadigan lisoniy 
kamchiliklar o‘rganiladi. Keyinchalik kimyoviy ta’sir qilish vaqtidagi farqlardan 
kelib chiqadigan toksik moddalarni o‘rganishga yordam beradigan asoratlar, toksik 
ta’sirlarning sifati aniqlanadi.
Kimyoviy ta’sir qilishdan keyin toksisitlikning og‘irligini boshqarishda 
doza muhimligi, shuningdek, shubhali toksik ta’sirlarga moyil subpopu-
lyatsiyalarni bostirishda ayrim omillarning roli bilan bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida 
bir nechta moddaga ta’sir qilishni o‘z ichiga olgan kompleks “real-dunyo” ta’siri 
kimyoviy vositalar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham ko‘rib chiqiladi. Kimyoviy 
toksiklikka nisbatan individual ta’sirchanlikni shakllantirishda turmush tarzi 
omillarining ahamiyati, shuningdek, toksik ta’sirlanishdan keyingi toksik-
lanishning namoyon bo‘lish vaqti belgilanadi. 
Zamonaviy toksikologiya vazifsining bayonoti - insonlar va boshqa turlarda 
kimyoviy moddalar tufayli uchraydigan kasalliklardan ogohlantirish tushunchasini 
berishi oson jarayondek tuyulsada biror natijaga erishish murakkab ishdir. Ushbu 
bobda kimyoviy zaharlanishni o‘rganishning mushkullashtiruvchi omillar, ba’zi
asosiy tushunchalar va zamonaviy toksikologiyada qo‘llaniladigan ayrim 
atamalarni ham ko‘rib o‘tildi.  

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling