O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   127
 
1.6. Global toksikologiya 
 
Toksikologiya’ning o‘sishi, shuningdek, xalqaro darajada tadqiqot ishlarini 
olib borilishiga turtki bo‘lib, turli jamiyatlar toksikologiya markazlari o‘rtasidagi 
hamkorlik 1980-yilda Xalqaro Toksikologiya Ittifoqini yuzaga kelishiga sabab 
bo‘ldi, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi ishlarida ishlab chiqarishlarning 
kengaytirish hisobiga kimyoviy xavfning ortib borilishi hususidagi muammolarni 
dunyo miqyosida yechimini topishga yordam berdi, buning uchun toksikologiya 
bo‘yiсha bilimni oshirish zarurligi anglab yetildi. 
XX asr oxirlarida, Osiyo iqtisodiyotida sanoat va ishlab chiqarishning osib 
borishi Yaponiya, Koreya, Tayvan va boshqa osiyo davlatlarida toksikologiya’ni 
chuqur o‘rganilishi va kasb-hunar salomatligiga bo‘lgan e’tiborni rag‘bat-
lantirishga yordam berdi. Bu mamlakatlarda ishchilar sog‘lig‘ini himoya qilish 
uchun asosiy qonun tashabbuslari, 1973-yilda Yaponiya Kimyoviy moddalar 
nazorati Qonunining bajarilishini, 1991-yilda Koreya zaharli kimyoviy moddalar 
nazorati akti va 2010-yilda Xitoy yangi-kimyoviy moddalar nazorati borasida 
ekologik ma'muriyati Nizomi kiritilishini qamrab oldi. 
Kelgusi o‘n yil ichida Koreya Toksikologiya Jamiyati, Xitoy Toksikologiya 
Jamiyati va Tayvan Toksikologiya Jamiyatlarining toksikologiya bo‘yiсha tadqiqot 
izlanish ishlari sifati o‘sib borishi toksikologiya tadqiqot ishlarini kengayib,
g‘arb mamlakatlaridan boshqa davlatlarda ham keng ko‘lamda olib borilishiga 
sabab bo‘ldi. Janubiy Afrika Toksikologiya Jamiyati (2001) va Toksikologik 
fanlar uchun Kamerun Jamiyati (2006) kabi guruhlarning paydo bo‘lishi bunga 
yaqqol dalil bo‘la oladi. Bunday tendentsiyalarga muvofiq, yirik xalqaro 
toksikologiya konferensiyalari ishtirokchilari oshib borayotgan etnik va gender 
xilma-xillikni namoyish etdilar. XX asr oxirlariga kelib “mintaqa toksikologiya 


31 
bloki” shakllanishi tendentsiyasi milliy jamiyatlar xalqaro bir miqyosda hamkorlik 
etishlari zarurligini anglashni tezlashtirdi. 1989 yilda Yevropa toksikologlari va 
Evropa toksikologiyasi jamiyatlari federatsiyasi - turli Evropa mamlakatlarida 
toksikologiya jamiyatlarini birlashtirish maqsadida tashkil etildi. 
Yevropa toksikologlari va Evropa toksikologiyasi jamiyatlari federatsiya-
sining kelib chiqish ildizlari Tsyurix shahridagi dori vositalarining toksik holatini 
o‘rganuvchi Evropa hamjamiyatiga borib taqaladi. 1989-yilda Berlin devori 
qulaganidan song, Yevropa toksikologlari va Evropa toksikologiyasi jamiyatlari 
federatsiyasi tobora bir necha sobiq Sharqiy blokdagi xalqlar jamiyatiga kirib 
bordi. Bugungi kunda, Yevropa toksikologlari va Evropa toksikologiyasi 
jamiyatlari federatsiyasiga 33 davlat kiritilgan bo‘lib, 5000 dan ortiq a'zoga ega. 
Lotin Amerika toksikologiya uyushmasi rasman 1998-yilda tashkil etilgan bo‘lsa, 
1994-yilda Osiyo Toksikologiya Jamiyati rasman tashkil etildi: Yevropadagi 
qo‘rg‘oshin ofatidan so‘ng toksikologiya jamiyatlari boshqa joylardagi jamiyatlar 
bilan hamkorlik jarayonini boshladi. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling