O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   127
3. Talidomid. XX asrning eng talofatli toksikologik ofatlari Ginger Jake va 
sulfanilamide eleksiri bo‘lib, epidemiyalar global miqyosda bo‘ldi. 1550-yilarda 


23 
rivojlangan dunyo bo‘ylab jamiyatlarda, ikkinchi jahon urushida omon qolganlar 
zamonaviy -ijtimoiy rivojlanishdagi ijtimoiy va texnologik o‘zgarishlar bilan 
kurashdilar. Shifokorlar bemorlarga uyqusizlik va stress bilan bog‘liq belgilarni 
yengib o‘tishlari uchun barbiturate tranquilisers yoza boshladilar: 1955-yilning 
o‘zida, AQSh farmatsevtika sanoati mamlakatdagi har bir erkak, ayol va bo‘la 
uchun 26 barbiturat tabletkalarni ishlab chiqardi. Biroq barbiturate tabletkalari 
uyqusizlik muammosi uchun yaxshi yechim bo‘la olmadi, nemis Chemie 
Grunenthal kompaniyasi yangi gipnosedativ – talidomid ishlab chiqara boshlagach 
va homiladorlik davrida hech qanday ziyon yetmaydi, tarkibida hech qanday toksik 
moddalar yo‘q deb tasdiqlay boshlaganida muammoning yechimi topilishiga umid 
uyg‘ondi. So‘nggi tasdiq shubhali chunki homilador hayvonlarda o‘tkazilgan 
tajriba dalillari yoki talidomidni sinovdan o‘tkazgan kishilar dalillari yo‘q. 
Talidomid tez orada o‘sha davrda unchalik jiddiy qaralmagan davlat 
standartlari tasdig‘i ostida farmakologik va toksikologik hususiyatlarni hisobga 
olmagan holda Evropa va Britaniya hamdo‘stligi bo‘ylab sotuvga chiqdi. 
Ommaviy reklama tashviqot ishlari tufayli tez orada talidomid havfsiz dori sifatida 
shuxrat qozondi va sotilish bo‘yiсha etakchi ko‘rsatkichga erishdi, ba’zi bir 
davlat-lardagina aspirin dorisidan keyingi o‘rinda edi. Talidomid ayniqsa 
uyqusizlik, ertalabki kongil aynishi va qayd qilishdan aziyat chekayotgan 
homilador ayo‘llar va keksalar orasida mashxur edi.
3
1950-yillarning oxiriga kelib talidomid avval reklama qilingan dori-
darmonlardan ko‘ra zararliroq degan fikrlar paydo bo‘la boshladi. Masalan, uzoq 
muddat undan foydalangan kishilar neyrotoksik sindromni ishlab chiqdilar va 
avval Ginger Jake dan zarar ko‘rgan kishilardagi muammolarni eslatuvchi 
dalillarni namoyon etdilar: bemorlar oyoqlarining yuqori va pastki qismlarida 
noxush jimirlash bo‘lishini, ba’zida qotib qolish holatlarini, mushaklari falaj 
holatiga tushib qolayotgani va yurish mushkullashayotganini ma’lum qildilar. 
1960-yillar oxiri va 1961-yillar boshida turli tibbiy jurnallarda ma’lum bir 
3
Stephens T, Brynner R. Dark remedy: the impact of thalidomide and its revival as a vital medicine. New York: Basic Books; 
2005. 


24 
bemorlarning holatidagi yuqorida qayd etilgan sindromlarni ko‘rsatib beruvchi bir 
qator ilmiy maqolalar nashr etildi. Natijada, Germaniya va Buyuk Britaniyada 
ba'zi shifoxonalarda talidomiddan foydalanishni cheklash boshlandi.Atlantika 
ortida, Kinkinnati Richardson-Merrell kompaniyasining o‘ta talabchan vakili dok-
tor Frankes Kelsi AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) arizani tasdiq-
lashda davom etish bo‘yiсha rasmiy bosim o‘tkazdi. Farmakolog va shifokor 
Frankes Chikago universitetida bir tadqiqot izlanuvchisi sifatida "sulfanilamide 
eliksir" epidemiyasida dietilenglikol bo‘lganligini aniqlashga yordam berdi. 
Frankes va uning atrofidagi hamkasabalari farmakologik vositani juda sinchkovlik 
bilan tekshirish zarurati borligini anglab yetdilar.
Doktor 
Kelsi 
va 
hamkasabalari 
Richardson-Merrell 
kompaniyasi 
hayvonlarda tajriba o‘tkazilib taqdim etgan marketing failida yetarlicha ma’lumot 
yo‘q ekanligidan havotirga tushdilar. Bundan tashqari, British Medikal 
Journalining (Britaniya Tibbiyot Jurnali) 1960-yil dekabr sonida nashr etilgan 
periferik neirotoksik holatida talidomidning ta’siri borligi yoritilgan maqola doktor 
Kelsining e’toborini tortdi va Richardson-Merrell bilan muzoKARalar davomida 
o‘z fikrida mahkam turishga undadi. Doktor Kelsining talidomidni bekor qilish 
uchun olib borgan jasur kurashi qandaydir bir ma’noda AQSH fuqarolarini 
fojeadan saqlab qoldi va President J.F.Kennedi uni ko‘krak nishoni bilan 
taqdirladi. Shunisi ajablanarliki, talidomid preparati doktor Kelsiga “oddiy dori 
vositasi” sifatida ilmiy izlanish olib borish maqsadida topshirilgan edi.
AQSH aholisiga omad kulib boqib, doktor o‘zining birinchi ilmiy izlanish 
vazifasiga jiddiylik bilan yondoshdi. Planetaning boshqa bir burchagi, Sidneydagi 
ayyollar shifohonasida yosh akusher bo‘lib ishlaydigan Vilyam Mk Braidning 
e’tiborini 1960-yilda nashr etilgan periferik nevritda talidomidning ta’siri 
yoritilgan xat tortdi. Mahalliy britaniya kompaniyasining savdo vakili Distillers Ko 
tomonidan tarqatiladigan, litsenziyaga ega bo‘lgan talidomid preparati butun 
Britaniya hamdo‘stligi bo‘ylab tarqatilar edi, Mk Braid talidomidni homilador 
ayolga ichish uchun belgilab uning asoratlaridan hayratga tushdi. Ona sog‘lom 
farzandni dunyoga keltirganiga qaramasdan, tug‘uruq jarayonida yuz bergan bir 


25 
qator qiyinchiliklar unda xavotirni kuchaytirdi, bu holat u talidomid ichishni 
belgilagan boshqa uch ayolning ham tug‘uruq jarayonida takrorlandi. Barcha 
tug‘ilgan uch chaqaloqlar bir yil ichida vafot etgan, chaqaloqlarda oshqozon-ichak, 
shu jumladan, ichki tana organlari doirasida nuqsonlar qayd etilgan, elka - qol 
suyaklari yetarli ravishda uzun emasligi ko‘rsatilgan. Mk Braid zudlik bilan 
Distillers kompaniyasiga bu haqda habar bergan, biror ular tomonidan hech bir 
qiziqish bo‘lmagach, shifoxona dorixonasi javonlaridan talidomidni olib tashlashga 
ko‘ndirdi. Oz shubhasini tasdiqlash maqsadida doktor Mk Bride talidomid 
bo‘yiсha homilador sichqon va kalamushlarda tadqiqot ishlarini olib bordi. 
Tabiatning bir g‘alati tasodifi bois, bu ikki kemiruvchi turlarining avlodlari 
1961-yilning qish faslida hech bir nuqsonsiz dunyoga keldi, doktor Mk Bride va 
uning kichik jamoasi uchun bu qattiq zarba bo‘ldi. Ammo sentyabr oyida, Sidney 
klinikasida ikki chaqaloqning nuqson va qiyinchiliklar bilan tug‘ilishi talidomid-
ning zararli ekanini isbotladi. Lanset nashrining 1961-yil dekabr sonida chop 
etilgan maktub Avstraliya ommaviy axborot vositalari, shuningdek, xalqaro 
tibbiyot hamjamiyatida doktor Mk Brideni yuqori muvaffaqiyat qozonishiga sabab 
bo‘ldi. Garchan doktor Mk Bride shuhratiga yana bir dori vositasi Debendox 
bo‘yiсha bahsda putur yetgan bo‘lsada u butun dunyoda tug‘ilgan godaklardagi 
nuqsonlar va falaj asoratlari talidomid dori vositasi tufayli ekanini isbotlab berishi 
orqali hurmatga loyiqdir.
Ayni paytda Germaniya ham fat markaziga aylanib borayotgan mahalda, 
boshqa bir hushyor shifokor - doktor Vidukind Lenz - Talidomid o‘z mamlakatida 
tug‘ilgan chaqaloqlar orasida shiddatli o‘lat nuqsonlariga sabab bo‘layotgani 
hususidagi gumonlarini ilgari surdi. Shu yilda bo‘lalar klinikalarida - chaqaloqlar 
yuqori yoki pastki oyoqlarda oziga xos nuqsonlar ya’ni cho‘loqlik bilan dunyoga 
kela boshladilar – mana shunday godaklardan birining otasi bo‘lgan Karl Schulte-
Hillen advokat sifatida bundan qattiq ta’sirlanishi oqibatida doktor Lenz fokomelia 
bilan bog‘liq bunday baxtsiz hodisalarni batafsil ravishda Gamburg klinikasida 
o‘rgana boshladi. U olib borgan tadqiqot ishlari natijasidan dahshatga tushdi,
ahvol oldinga nisbatan ancha ayanchli edi, o‘n yilliklar ichida salbiy ta’sir 


26 
bo‘lalarda sezilarli darajada o‘sgan so‘nggi paytlarda esa juda tez-tez yuz 
berganligi aniqlandi. Bir necha nemis gazetalarida Lenz va Schulte-Hillen 
dorining salbiy ta’sirini bayon etdilar, bir qator oilalardagi onalar bilan 
suhbatlashib, barcha hollarda umumiy salbiy omil sifatida talidomid aniqlandi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling