O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1.4-rasm. Ilk tibbiy kuzatishlar kasallik sabablari va omillarini ta’riflab bergan,
ta’rifda sanoat ishlab chiqarish joylarida faoliyat yurutuvchi ishchilarda uchraydigan kasalliklar olimlar e’toborini tortishi natijasida, kasallikning asosiy kimyoviy va biokimyoviy sabablari o‘rganila boshladi. 19 Professor Ernest Kennavay boshchiligidagi Chester Beatty tadqiqot instituti (Buyuk Britaniya) da ko‘mir sabab yuzaga keluvchi saraton kasalligiga olib keluvchi bir necha organik kimyo moddalari aniqlandi. Bu kimyoviy moddalar shuningdek tamaki chekuvchilarni ham saraton kasalligi bilan og‘rishlari sababini ko‘rsatib o‘tdi, biz bu masalaga keyingi bobda batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Bundan tashqari, o’n to‘qqizinchi asr oxirlari va XX asr boshlarida epidemiologik tadqiqotlar bunday zararli kimyoviy moddalar nemis ko‘mir konlari ishchilari, Shotlandiya rezina ishlab chiqaruvch ishchilari va Lankashir paxta ishlab chiqaruvchilari duch keladigan saraton bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. 2) Ludvig Renn. Poliaromatik uglevodorodlar Sanoat Asri ishonuvchan ishchilariga ziyon yetkazayotgan birgina kimyoviy modda emas edi. 1895 yilda aprel oyida Berlinda bo‘lib o‘tgan Germaniya Jarrohlik jamiyati Kongressi davomida yana boshqa bir shifokor, Ludvig Rahn (1849-1930) o‘z hamkasabalarini kimyoviy zavodining ishchilari mubtalo bo‘lgan qovuq va moyak o‘smalari to‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan bo‘yoqlar anilin kimyoviy moddasi tufayli bo‘lganiga ishontirishga urindi. “Men saraton kasalligiga olib keluvchi anil kimyoviy moddasi ko’rinishi-dagi omilni e’toborga olish katta ahamiyatga ega ekanligiga aniq ishora qildim, biroq bundan biror natija chiqmadi, behuda bo‘ldi”, degandi Rehn. Qarashlarining boshlang‘ich shubha ostida qolganligiga qaramay, avlodlar Rehnni "aromatik omil" deb nomlanuvchi kuchli kantserogenlarning yangi sinfi kashfiyotchisi sifatida yodga oladilar. Odam tanasiga singib kirgandan song bunday kimyoviy moddalar jigar ichidagi metabolitga sabab bo‘ladi, lekin bu moddalar eng katta zararni buyrak pufagiga yetkizadi. Bu kimyoviy modda tamaki yonish paytida yuzaga kelishi bois biz uni 10-bobda diqqat bilan ko‘rib otamiz. XX asr kasb-hunar oqibatida yuzaga keluvchi saraton kasalligining bir necha dalillariga guvoh bo‘ldi. Eng muhim dalillar sifatida o‘limga olib keluvchi o‘pka saratoni va mezotelyomalar misol bo‘la oladi. Bu kasalliklar tog‘- konlarida asbest qazib oluvchi ishchilar orasida uchragan. Shu asnoda asbest eng zo‘r hom asyolardan biri sifatida tan olingan bo‘lsada salbiy fikr kelib chiqgan. Masalan, 20 Avstraliyaning chekka g‘arbiy shahri Vittenoomda asbest qazib chiqarish koni tarixidagi eng jiddiy ofatlar orasidan o‘rin egallaydi, 1960- va 1970-yillarda epidemiya tarqalgan. Bunda nafaqat kon ishchilari balki, ularning oilalari va farzandlari ham fojeali epidemiyadan aziyat chekganlar.1970-yillar jigar saratoni kasaliga ham guvoh bo‘ldi, bu “angiosarkoma” deb nom oldi, vinil xlorid, keng ishlatiladigan polimer polivinilxlorid buning etakchi omili ekanligi aniqlandi. Birinchi bor bu holat Kentukki shtatining zavod ishchilarida kuzatildi, keyinchalik esa kasallikdan butun dunyo bo‘ylab ishchilar aziyat cheka boshladilar. Zavod ish tajribasidan kelib chiqgan holda ish uslublarining o‘zgartirilishi kasallikni bartaraf etish imkonini berdi. Kimyoviy moddalar nafaqat saraton, balki boshqa kasal- liklarning ham kelib chiqishiga omil bo‘ladi. Bu kasalliklar inson salomatligiga katta putur yetkazadi. XX asr davomida saraton kasalligidan tashqari qo‘rg‘oshin ta’sirida miya faoliyatidagi o‘zgarishlar va margimush pestitsidlar ta’siridagi teri kasalliklari, shuningdek, quruq tozalash sanoati ishchilarida jigar kasalligi aniqlandi; ushbu turdagi ko‘plab misollar kitobning boshqa boblarida ham yoritilgan. Bu holatlarni anglab yetish ish joylari ischilarga sanoat ishlab chiqarish sohasida yetkazilgan ziyon sababli ular nogiron kishilarga aylanib qolganliklari bois ular va ularning oilalariga yordam berishga ma’sul ekanliklarini isbotlab berdi. Germaniya Reihstagi bu jixatidan qonunchilikda 1883-yil ishchilar sog‘liqni saqlash bo‘yiсha sug‘urta fondini tashkil etish va nogiron bo‘lib qolgan ishchilarga yordam puli bilan ta'minlanishlari majburiyatini berdi. 1897-yilda Buyuk Britaniya ham shu zayldagi sug‘urta Qonunini ishlab chiqdi. AQShda, kasbiy kasalliklar xavfi o‘sib borayotganligi bois 1911-yilda Milliy Xavfsizlik Kengashi shakllantirildi va 3 yil o‘tib sanoat gigiyena bo‘limi tashkil etildi. Garvard tibbiyot maktabi fakultetiga tayinlangan birinchi ayol Alike Hamilton (1869-1970), AQSh industrial toksikolo- giyasi va kasbiy tibbiyot asoslariga poydevor yaratdi, deb e’tirof etiladi. Shifokor va patologo-anatom bu ayol, kimyoviy moddalardan inson sog‘lig‘ini qanday saqlash va uning ta’sir kuchini kamaytirish borasida tadqiqotlar o‘tkazdi. Shuning- dek, u sanoat toksikologiyasiga bag‘ishlangan bir qator darsliklar chop ettirdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling