O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1.1. Ilk toksikologlar Garchan ilk toksikologlar tomonidan yaratilgan kashfiyotlar to‘g‘risida hech qanday ma’lumot bo‘lmasada, ehtimol ularning kuzatishlari natijasida ma’lum bir rezavorlarni istemol etish oshqozon bilan bog‘liq kasalliklar, bosh og‘rig‘i va diareya kasalliklarini aniqlanishiga omil yaratgan. Qadimgi sivilizatsiyalar tomoni- dan yozib qoldirilgan yozuvlar ham zaharli o‘simliklar va boshqa tabiiy moddalar borasida ularning xabardorligidan darak beradi (rasm 1.1). Bunday oddiy kash- fiyotlarga, mahalliy ekotizimdagi tabiiy dorivor omillarni baholashdagi sinov va xatolarga tayangan holda, ilk jamiyat tomonidan zararli o‘simliklar, toksinlar, zaharli hashorat, zararkunanda va hayvonlar kataloglari yaratilgan. Mana shunday qadimiy papirusga yozilgan qo‘l yozmalardan biri afyun, simob va akonit kabi tabiiy zaharli moddalarni qayd etgan bo‘lib, qo‘lyozma 1874-yili Leipzig instituti 8 misrshunos olimi Georg Ebers tomonidan Luxor antik buyumlari bilan birgalikda sotib olingan. Bunday amaliyotga yo’llagan ma’lumotlardan biri Oddyssey Gomerning ilk nashrlarida (taxminan eramizdan avvalgi 660 yillarda) paydo bo‘lgan va Tafiyts qiroli Anchalos tomonidan jangchilar odam o‘ldirishda bronza nayzalar uchiga zahar surtishlari tavsiya etilgan. Ehtimol bir necha asr o‘tib qadimiy Ibroniylar bunday amaliyot bilan tanish bo‘lganliklari aniqlangan: Qadimiy Ahd kitobida qiynoqlarda azoblangan Ayub hayqiradi “Yaratgan Egamning nayzalari menga qadalgan, mening ruhim undagi zahardan bahramand” (Ayub 6: 4,Yangi xalqaro talqin). Aslida, toksikologiya atamasi etimologiyasi qadimiy dunyoda bunday amaliyotning keng tarqalganligini anglatadi. Zamonaviy ingliz atamasi Lotin tilidagi “toxikum’, ya’ni qadimiy yunon qisqartma so‘zlaridan kelib chiqgan zaharlangan o‘q (dorilangan kamon) dan paydo bo‘lgan. Ushbu atama ingliz tiliga o‘tishi oqibatida, toxikum "toksin" deb nom olgan. 1 Toksikologiya’ning kelib chiqishi yovuz elementlarni o‘z ichiga oladi, chunki dastlabki amaliyotchilarning asosiy maqsadi badavlat mijozlarga ularning siyosat va savdodagi raqiblarining joniga suiqasd qilishda yordam berish bo‘lgan. Kechki axborot byulletenlariga joniga suiqasd qilingan raqiblar ro‘yxati kiritilmagan. Qadimiy siyosatchilar zaharlab o‘ldiruvchilarni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarga qo‘shish uchun toksinlar aralashmalarni tayyorlashga yo‘llaganlar. Bunday zaharlash amaliyotining mashhur qurbonlari Sokrat, Kleopatra va Klaudius kabilardir. Bunday amaliyot uzoq muddat hukumatda o‘z vakolatini saqlab qolishini istagan siyosatchilar oziq-ovqatni iste’moldan oldin tatib ko‘ruvch kishilar, ya’ni degustatorlar xizmatiga murojat qilganliklarini anglatadi. 1 Bell P. The devil’s doctor: paracelsus and the world of Renaissance magic and science. London: William Hinemann; 2006. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling