O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Тashuvchilar va ichakda ksenobiotiklarning so‘rilishi
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Тashuvchilar va ichakda ksenobiotiklarning so‘rilishi. Klinik farma- kologiyada ichakda ksenobiotiklarning so‘rilishi ilmiy e’tiborga molik bo‘lib, bu jarayon dori vositalarining og‘iz boshlig‘i orqali kirishidagi biomavjudlik holatiga ta’sir etadi. Og‘iz boshlig‘i orqali kirib borgan dori vositasi bosqichma-bosqich qon aylanish tizimiga yetib boradi. CYP3A4 izoformasi ichak devorlarida mavjud bo‘lib, organizmni tashqi muhitdan kirib kelayotgan ko‘plab kimyoviy moddalardan himoya qiladi. Oqsil moddalari ham turg‘un hisoblanib ko‘krak bezlariga resistentlikni namoyon etadi. Tadqiqotchilar bu oqsil moddalarini o‘simta hujayralarini 82 kimyoviy muolajada qo‘llaniladigan dori vositalaridan himoyachisi ekanligini aniqladilar, keyinchalik esa uning oshqozon-ichak yo‘lida turli ksenobiotiklarning so‘rilishiga ham kuchli ta’sirini aniqlandi. Oqsillar 1280 aminokislotalardan tashkil topgan. Nazorat savollari 1. Toksikokinetika deganda nimani tushunasiz? 2. Organizmda kimyoviy moddalarning namoyon bo‘lishini tushuntiring. 3. ADME qisqartmasi nimani anglatadi? 4. Kimyoviy moddalarning organizmda singishi qanday ro‘y beradi? 5. Organizmga singib kirgan kimyoviy moddalarning qanday sifatlari bor? 6. Singib kirishni oldindan bashorat qilish mumkummi? 7. Kimyoviy moddalarning qon orqali yuqushi qanday sodir bo‘ladi? 8. Molekulalar tana to‘qimalarida to‘planishini izohlang. 9. Dori vositalarining organizmda tarqalishi va sezuvchanligi nima? 10. Metabolizm haqida tushuncha bering. 4-BOB TOKSIKODINAMIKA KIMYOVIY MODDALARNING HUJAYRALARGA SALBIY TA’SIRI Bir necha o‘nlab yoki kamroq atomlarni o‘z ichiga olgan kichik molekula- larning minglab metabolit, genlar, oqsillar va o‘zaro bog‘langan signalizatsiya tarmoqlarini qamrab oladigan murakkab tirik hujayralarga doimiy ziyon etkazishini tushunish zamonaviy toksikologiyaning asosiy muammolaridan biridir. Toksikologlarning uzoq hujayralarni o‘limida morfologik o‘zgarishlarni kuzatish ta’riflariga cheklanishlar qilingan bo‘lsa-da, kimyo va molekulyar biologiya 83 zamonaviy o‘zgarishlar zaharlilikning yangi mexanistik eshigini ochdi. Ushbu bo‘limda toksikologik xususiyatlariga ta’sir qiluvchi reaktiv metabolitlarning asosiy xususiyatlari, shuningdek, adulyatsiyaning hosil bo‘lishi, kaltsiy dimgomeostaz, oksidativ stress, lipid peroksidatsiyasi, apoptoz va kinaz aktivatsiyasini o‘z ichiga olgan to‘qimalarda reaktiv metabolit hosil bo‘lishining asosiy zararli oqibatlari bilan tanishasiz. Toksikokinetika organizmdagi kimyoviy moddalarni, toksikodinamika esa kimyoviy moddalar qay tarzda to‘qimalarga zarar yetkazishini o‘rganadi. Bu muammo mexanik toksikologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bugungi kun ilm-fanining jadal ravishda o‘sib borayotgan biologiya va bio-tibbiyot sohalarini kimyoviy moddalar bilan bog‘liq ko‘plab manbalar bilan boyitdi. Shuningdek, zamonaviy toksikologiya kimyoviy moddalarning molekulyar asosini tushunib yetish maqsadida bir qator yangi texnologiyalarni ham qamrab oladi. Ushbu bo‘lim toksik moddalar qay tarzda tirik to‘qimalarga ziyon yetka- zishi hususida fikr yuritadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling