O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127
4.7-rasm. Reaktiv kislorod turlari DNK ga bo‘lgan hujumda turli zarar 
yetkazuvchi mahsulaotlarni keltirib chiqaradi (a) yoki oqsillarni (b). Ba’zi keng 
tarqalgan mahsulotlar ko‘rsatib o‘tilgan, biroq o‘nlab oksidlanish jarayonidagi 
boshqa mahsulotlar ko‘rsatilmagan. Strukturani murakkablashtirmaslik uchun 
faqatgina erkin baza va aminokislotalar ko‘rsatilgan. 


100 
Oksidlanish stressi normal to‘qimalarda sodir bo‘lishi, ko‘p kasalliklar 
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, ayniqsa, ateroskleroz, Altsgeymer kasalligi, diabet 
va saraton kabi mikromolekulalar oksidatif zarari keksayish jarayonida teri va ko‘z 
xrustalida namoyon bo‘ladi, bunda teri va ko‘z xrustallarining yomonlashuvi 
kuzatiladi. Zamonaviy toksikologiya erkin radikallarning ishlab chiqarilishi 
jarayoniga katta e’tiborni qaratmoqda.
4. Lipid peroksidlanish jarayoni. Lipid membranalaridagi oksidlangan 
yog‘ kislota kichik guruhi radikallar hujumiga bardosh bera olmaydigan eng zaif 
hujayra tizimidir. Hujayra membranasi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, deyarli 
uning 50 % vazni lipidlardan iborat, qolgan qismi esa oqsillarni tashkil etadi. 
Membrana lipidlarining aksariyat qismi fosfolipidlar tarzida mavjud bo’ib, ular 
gidrofil bosh (bo‘rtiq) ga ega va unga ikki gidrofil lipid dumchalar biriktirilgan. 
Suvli muhit ichida fosfolipidlar mustaqil ravishda biqatlamlarni yaratadi va ushbu 
qatlamlarda gidrofil bosh sendvich kabi tizum ichida joylashadi, gidrofob dum 
uning ichki qatlamida bo‘ladi (4.8-rasm). 
Bunday suyuq biqatlamlar ko‘pgina hujayra tuzulmalariga moslashuv-
chanlik imkoniyatini beradi. Ko‘plab fosfolipidlar yog‘ kislotalarning ikki gidro-
fobik dumidan iborat bo‘lib, ular 14-24 uglerod atomidan tashkil topgan. Yog‘ 
kislotasining bir turi odatda to‘yingan bo‘lib, yog‘ kislotasi 18 uglerodidan iborat 
stearin kislotasi kabilar bilan ikki tomonlama aloqalardan holi, toyinmagan turi 
esa 18 uglerod atomidan iborat olein kislotasi bilan aloqada, yoki yarim to‘yingan 
yog‘ kislotasi araxid kislotasi (20 uglerod atomidan ibotar) bilan aloqada bo‘ladi. 
Lipid Peroksidlanish jarayoni ko‘p hollarda hujayra membranalariga qattiq 
ziyon yetkazadi. Bu uning avtokatalik va mustaqil ravishda tarqaluvchanlik 
hususiyati tufayli ro‘y beradi. Toyinmagan lipidlar bilan erkin radikallar reatsiya-
ga kirishib, yangi radikallarni hosil qiladi va oqibatda membranaga yetkaziladigan 
ziyon kuchayadi. Bu araxid kislotasini jigardan zudlikda yoq bo‘lishiga olib keladi. 
Araxid kislotasining oksidlanishga moyil bo‘lgan zaif dumlariga radikallar 
tomonidan hujum qilinadi (4.8-rasm).
Zanjir reaktsiyalar kuchaygani sayin erkin radikallar uzun fosfolipid 


101 
dumlarni o‘nlab bo‘laklarga bo‘ladi, ba’zida yuzlab. Ularning ba’zilari, shuning-
dek, alkan, keton kabi uchuvchan organik molekulalaridek unchalik zaharli 
hususiyatlarga ega emas. Butun bir boshli organism ikki uchuvchan alkan turlari
ya’ni etan va pentandan iborat - inson chiqarayotgan nafasda. Yana bir muhim 
mahsulot va muhim hisoblangan guruh bu izopros-tanlardir. Kimyoviy jihatdan bu 
prostoglandlarga yaqin bo‘lib, kuchli fiziologik ta’sir etuvchi endogen 
molekulalari guruhidir. Prostoglandlar araxid kislotasining siklooksiginezlar 
(СОХ-1 va СОХ-2) tomonidan oksidlanishi orqali yuzaga keladi. COX-2 
shamollash va yallig‘lanish sharoitida yanada faollashadi, COX-1 esa konstutiv 
ravishda ifodalanadi. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling