O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
4.8-rasm. Membrana biqatlamlaridagi yarim to‘yingan lipidlar radikallar hujumiga
nisbatan ojiz bo‘lib, oksidlanish oqibatida CYP450 tetroxlormetan paydo bo‘ladi. Lipidlarning perekis oksidlanishi natijasida to‘qimaga yanada ko‘proq ziyon yetkazuvchi mahsulotlar-reaktivlar yuzaga keladi. Boshqa pentan va ozoprostan kabi barqaror (stabil) mahsulotlar oksidlanish jarayonida foydali biomarkerlar vazifasini ham bajaradi. 102 Prostoglandaning qayta ishlab chiqarilishi yallig‘langan to‘qimada ko‘plab og‘riq, shish va yuqori harorat kabi yoqimsiz simptomlani keltirib chiqaradi. Araxid kislotasining oksidlanish holatidan farqli ravishda izoprostanlar erkin lipidlar orqali shakllanadi. Oksidlangan lipidlar membranadan fosfolipazning gidrolitik harakati orqali tashqariga chiqadi. Qon aylanish tizimida izoprostanlar darajasi yuqori bo‘lib bu o‘z navbatida endogen oksidantlar doimiy ravishda hujayra membranalariga ta’sir etishini ko‘rsatadi. (DNK va oqsilning to‘satdan oksidlanish holati ham bunga juda yaqin). 5. Dasturlashtirilgan hujayra o‘limi (Apoptosis). 1960-yil boshlarida Avstraliyalik yosh patolog hujayra o‘limining nazoratga olingan shaklini yangilik sifatida biokimyo va toksikologiya sohalariga olib kirdi. John Kerr hayvonlar jigarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rgandi. Jigar qon bilan yuvilishi mobaynida yuz beruvchi hujayra o‘limining ikki aniq turi tasvirlab berildi. Nekrosis allaqachon jigar to‘qimasidagi ko‘plab hujayralar o‘limiga sabab bo‘lgandan buyon patologlarga ma’lum edi. Immun hujayralarining filtrdan o‘tkazilishi aniq, biroq uzoq muddatli to‘qima jarohatlanishi davri yuz berib, oxir oqibatda to‘qima o‘ladi. Ikkinchi o‘lim holati boshqa hujayralarda sodir bo‘ladi. O‘lim holatiga yetib kelayotgan hujayralarda shishish kuzatiladi. Kerrning fikricha, o‘layotgan to‘qimalar odatda kichrayib ketadi. Mebranasimon tsitoplazmaning kichik qismlari (apoptik qismlar) DNK va butun, ya’ni zararlanmagan mitoxondriadan iborat. Kerr hujayra o‘limining ikkinchi holatini ilmiy dalillar asosida ochib berdi. Shuningdek u qo‘y jigariga ta’sir etuvchi o‘simlikdan kelib chiquvchi toksik moddani aniqlab berdi, bu holat gepotoksiklik holati bo‘lib natija o‘lim bilan tugaydi. 1972-yilda Kerr bu fenomenga yangi nom berib ko‘p tadqiqotchilar e’tiborini tortdi, ya’ni apoptoz nomi berildi. Hujayra o‘limining bu turi tez orada turli fenomenalarda, ya’ni embrion rivojlanishi, yurak hastaligi, OITS bilan bogliq to‘qimalar va saraton kimyo muolajasi kabi holatlarda namoyon bo‘la bordi. Tadqiqiotchilar apoptozni o‘rgana borish davomida bu holat nekrozga o‘xshash holat ekanligini tushunib yetdilar. 103 Agar bu holat bir paytni o‘zida bir necha hujayralarda sodir bo‘lsa , apoptozga sabab bo‘luvchi mexanizmlar nekroz holatiga ham olib kelishi mumkin. Mitohondriyal o‘tkazuvchanlik jarayonning bosqichlaridan biri bo‘lib, ham apoptoz ham nekroz holatlarida ro‘y beradi va bu jarayondagi hujayralar soni to‘qima qay bir o‘lim holatiga duch kelishiga oydinlik kiritadi. Apoptoz izolyatsiya qilingan hujayralarda sodir bo‘lganligi bois hatto to‘qimaning tiklanish holatini ham namoyon etadi: DNK ga o‘rtacha zarar yetkazuvchi , izolyatsia qilingan hujayralarni yo‘q qilish orqali, to‘qima mutatsiyaga uchragan va oqibatda o‘simta hosil qiluvchi hujayralardan himoya qilinadi. Apoptoz ayniqsa, regeneratsiya orqali yo‘q hujayralar vazifalarini bajara oluvchi jigar, suyak iligi va o‘pka kabi to‘qimalarda juda foydali. Bunday regeneratsiya jarayonini bajara olmaydigan to‘qimalarda, yurakdagi miotsit yoki bosh miyadagi asab hujayralari kabi, ksenobiotiklar ta’siri ostida apoptozaning faollashuvi juda zararli bo‘lishi mumkin. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling