O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


 “Omiks” davridagi mexanik toksikologiya


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127
 
4.4. “Omiks” davridagi mexanik toksikologiya 
 
So‘nggi o‘n yilliklar davomida mexanik toksikologiya texnologik rivojla-
nish inqilobini boshdan kechirdi. Vatson va Krikk 1953-yil genetik kodning 
yechimini topganlaridan buyon bugungi kun biologiya sohasining hayot 
molekulyar asosi hususidagi bilmi kengaydi. Tirik to‘qimalar genlar nazorati osti-
da murakkab kimyoviy va biokimyoviy hilma-hillikni namoyon etishi tayanch 
darajasida tushunib yetildi. Garchan rivojlanish texnologik cheklanishlar tufayli 
sust davom etgan va faqatgina birgina genni o‘rganish imkoniyti bo‘lgan bo‘lsada, 
so‘nggi o‘n yillarda kimyo sohada, dasturlash tizimida va bioinformatikada 
erishilgan texnologik yutuqlar biologik holatlarni keng ko‘lamda o‘rganish imko-
niyatini yaratdi. Bu “omik” yondoshuvlar bir vaqtni o‘zida biologik jarayonlardagi 
o‘n minglab molekulyarni o‘rganish imkonini beradi.
21
21
Liebler DK, Guengerich FP. Elucidating mechanisms of drug-induced toxicity. Nat Rev Drug Discov. 2005;4:410–20. 


104 
Global miqyosdagi texnologiyalar toksik holatlar hususida misli 
ko‘rinmagan tushunchalarni bera olgani bois, zamonaviy toksikologiya fani 
saraton kasalligi, tug‘ma nuqsonlar, organlar jarohati va reproduktiv toksiklik 
holati kabi holatlarni genomika, transkriptomika, proteomika va metabolomika 
kabi yangi texnologiyalar asosida o‘rgana oldi (4.9-rasm).
4.9-rasm. Toksikologiya tizimi genlar (Genomika) funktsiyasiga toksik moddalar
ta’sirini o‘rganish mobaynida olingan ma'lu’otlarni jamlaydi. Shuningdek, 
transkroptomika, proteomika va metabolomikaga oid ma’lumotlarni jamlaydi.
Ushbu yondashuvlarning ko‘zga ko‘ringan ustuvorliklaridan biri bu ular 
ahamiyatli ravishda erkin tarzda harakat eta olishlaridir: nazorat-o‘lchov mosla- 
malarining texnologik imkoniyatlaridan va namunalarni tayyorlash uslublaridan 
kelib chiqqan holda ular biomaydon yoki hujayradagi zaharli moddalarning 
toksiklik darajasini aniqlash gen va metabolitni o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu 


105 
gipotezaga bog‘liq bo‘lgan an’anaviy yondoshuvlardan farq qiladi, bu yondo-
shuvda tadqiqotchilar muayyan bir genning patogenez kasalliklari asosiy bosqich-
larini o‘rganishda tanlaganlar. 
“Omiks” texnologiyasining yaratilishi minglab “gipotetik” izlanish ishlari 
uchun yo‘l ochib berdi. Bunday yangi yondoshuvlar tez-tez oqsil va genlarning 
zaharlanish bilan bog‘liq belgilari namoyon bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu ham 
tadqiqotchi uchun muammoli vaziyat bo‘lib, huddi somon ichidan igna ahtar-
gandek mushkul jarayondir, tadqiqotchi yuzlab va minglab mutatsiyaga uchrab 
o‘zgargan mahsulotlar orqali jiddiy kasalliklarni aniqlaydi. 
Ksenobiotiklar ta’sirini o‘rganishda yangi yondashuvlar katta imkoniyat-
larni yaratib, minglab komyoviy moddalar orasidan muayyan zaharli xususiyat-
larni aniqlashda kerakli bo‘lgan kimyoviy moddalarni tanlay olish imkoniyatini 
beradi. Bu esa o‘z navbatida zudlik bilan havfli bo‘lgan moddalarni zaharlilik 
darajasini aniqlash va ularga ta’rif berish imkoniyatini yaratib beradi. Bu 
yondoshuvlar toksikologiya sohasini rivojlantirib, dunyo bo‘ylab uzoq yillar 
davomida ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llanib kelingan havfli kimyoviy 
moddalar o‘rniga alternativ bo‘la oluvchi moddalarni topish jarayonini yengil-
lshtiradi.
1. Траnskriptom va toksiklik. Texnologiyaning mavjudligi minglab va hatto 
millionlab gen namunalarini mikrochiplarda joylashtirish imkoniyatini baradi. Bu 
bir vaqtni o‘zida ko‘plab genlarni oshirish yoki kamaytirish bo‘yicha o‘rnatilgan 
tartibni nazorat etish imkoniyatini berdi. Mikroarra tehnologiyasi kimyoviy toksik 
holatni to‘laqonli tushunishga olib boradi.
Toksik moddalar ta’siri ostida bo‘lgan hujayra va to‘qimalardan toksiklik 
holati darajasini oshiruvchi yoki tushuruvchi gen guruhlarini chiqarish foydali, 
chunki ular zararli biofaollashuv mahsulotlari tomonidan zarar yetkaziluvchi 
genlarni aniqlab beradi. Bunga sabab bunday yondoshuvlar farmatsevtika sanoati 
toksikogenomik yondoshuvlarga alohida e’tiborni qaratib, ulardan foydalanadi.
Ushbu yondashuvlar hayvonlar va kemiruvchilarda o‘tkaziladigan dori vositalari 
ta’siri sinovinidagi mashaqqatli mehnatni yengillashtiradi.


106 
Genlarning aniqlanishi bo‘yicha gistologik, biokimyoviy usullar qo‘llaniladi, 
yoki qon fermentlari. Shuningdek, toksikogenomik izlanishlar hayvonlarda 
o‘tkaziladigan sinovlarga qo‘simcha tarzda keng ko‘lamda hujayra madaniyati 
namunalarida toksiklik holatini o‘rganadi.
22
Mikromassivlar tobora yangi 3D 
hujayra madaniyatida qo‘llanilmoqda va organlarning muhim hususiyatlarini ifoda
etmoqda. Organlarda chiplardan foydalangan holda tadqiqot ishlarini olib borish 
mexanik toksikologiyaning kelgusi yillarda yanada rivojlanishiga yetakchi omil
bo‘lishiga shubha yo‘q.
2. Proteom va toksiklik holati. Garchan toksik moddalar ko‘p hollarda 
transkripiv genlar darajasini o‘zgartirsada har bir holatda funktsiya o‘zgarishi 
isbotni talab etadi va oqsil mahsulotlariga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda 
to‘qimalardagi minglab oqsil moddalari o‘rganiladi. Proteom keng ko‘lamda 
qo‘llaniluvchi atama bo‘lib, mass-spektrometr yordamida turli texnologiyalarni 
qamrab oladi. Bu asosan ksenobiotiklar tufayli zaharlanish holati yuz berib, oqsil 
moddasida o‘zgarish aniqlangan vaqt amalga oshiriladi.
Toksik moddalar tufayli oqsildagi patologik o‘zgarishlar jigar va buyrak 
kabi muayyan bir to‘qimalarda namoyon bo‘ladi. Bunday holatda biomarkerlar
bilan bog‘liq muammo yuzaga keladi. Oqsil modda-lar qon aylanish tizimi orqali 
to‘qimalarga kirib boradi, zaharlangan oqsil modda-larini to‘qimalardan chiqarib 
tashlash ancha mushkul jarayon hisoblanib, ba’zi tadqiqotchilar “plazma 
proteom”dan foydalanishni ma’qul ko‘radilar. Plazma proteome toksik moddaning 
qay darajada zaharli ekanligini ko‘rsatish vositasi sifatida xizmat qiladi. Proteomik 
texnologiyalar biofallashuvga bog‘liqliklar bo‘lgan toksik moddalar hususiyat-
larini “addukt” yordamida ochib berishga zamin yaratadi.
Hujayralar juda ko‘p oqsil moddalaridan iborat bo‘lib, zaif hujayralar 
reaktiv metabolitlar hujumiga uchraydi. Bu holat hususida “kovalent bog‘liqlik
gipotezasi” da fikr yuritilgan. Bioinformatika ma’lum bir to‘qimalardagi addutiv 
oqsil moddalari orasidagi har qanday funktsional bog‘liqlikni o‘rganadi. Bu 
22
Minowa Y et al. Toxicogenomik multigene biomarker for predicting the future on set of proximal tubular injury in rats. 
Toxicology. 2012;297:47–56. 


107 
metabolik jarayonda elektofillar oqsillarga zarar yetkazish-yetkazmaslik borasidagi 
savollarga oydinlik kiritishda ko‘mak beradi. 
3. Metabolom va toksiklik holati. Toksik moddalar sabab yuzaga keluvchi 
ichki hujayra molekulyar metabolitlari darajasini nazorat etuvchi, ferment 
vazifasini bajaruvchi oqsil moddalarni chiqarib yuborish qondagi yoki boshqa 
biologik suyuqliklardagi metabolitlar kontsentratsiyasini o‘zgartirib yuboradi. 
To‘qima qon va biologik suyuqliklar bilan doimiy munosabatdadir. Hujayra, 
to‘qima va qon, peshob kabi biosuyuqliklardagi metabolitlarni o‘rganish 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling