O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   127
 
5.1-rasm. CYP ta’sirining AhR, PPAR, PXR va CAR ksenosensorlariga 
ligand bilan bog‘lanish orqali induksiyalanishida yuz beradigan asosiy jarayon-
larning umumiy ko‘rinishi. 
 
 
Bu ikkala CYP toksikologiyada muhim o‘rin tutadi, chunki ular ko‘plab turli
yot toksikantlarni parchalaydi. Shuning bilan birga, ular politsiklik xushbo‘y 
uglevodorodlarning biofaolligida ham muayyan ahamiyatga ega. Bu CYP larni
TCDD (dioksin) kuchli induksiyalaydi. Deyarli hamma yerda uchraydigan bu 
zaharli xlororganik birikma Vetnam Urushi faxriylarini bezovta qiladigan ko‘p


114 
kasalliklarga sabab bo‘lgani tufayli ham olimlarning e’tiborini jalb qilgan
(4-bob 4.2.2-qism). Bundan tashqari, TCDD XX asrning 2-yarmida sanoatda yuz 
bergan bir qator falokatlarga ham aloqador (masalan, 1976-yil Seveso, Italiya). Bu 
zaharli modda bilan zaharlanish odam organizmi va kemiruvchilarda har xil 
saraton sindromlari, shuningdek, avlodlarda rivojlanib boruvchi anomaliyalar, 
immunitet-ning pasayishi va xloro-husnbuzar, deb ataladigan teri kasalliklari kabi 
oqibatlarga olib keladi.
Kanadalik toksikolog olim Allan Oki AhR kseno-sensorini 1979-yilda 
AQSH Sog‘liqni saqlash milliy institutidagi Deniel Nebert laboratoriyasida 
ishlayotgan vaqtida aniqlagan. AhR oqsilini ajratib olishda foydalanilgan usullar 
bugunning ko‘zi bilan qaraganda o‘ta mashaqqatli ish bo‘lib ko‘rinadi. Olimlar 
TCDD nishoni sifatida steroid retseptorlarni behuda izlash bilan band bo‘lgan bir 
paytda, hujayrada zaharli ksenobiotiklar uchun muayyan maxsus retseptorlar 
mavjudligining kashf etilishi butun ksenobiotik biotransformatsiyasi sohasiga 
qaratilgan e’tiborni oshirib yubordi.
AhR oqsili dimer transkriptsiya faktorlarining spiral-ilmoq-spiral (bHLH
bosh oilasiga mansub. Bu oilaga kiradigan oqsillar o‘ziga xos ilmoq bilan 
birikkan 2 ta α spiraldan iborat tuzilmaviy zanjirga ega. Spirallardan biri DNK da 
uzviy jarayonlar borishini ta’minlasa, ikkinchisi esa DNK ning yondosh oqsillar 
bilan bog‘lanishiga imkon yaratib beradi. Faollashuv jarayonida AhR TCDD ga 
reaktiv bo‘lgan genlar promouterlaridagi ksenobiotikning reaksiya elementlarini 
(XRE) nishonga oladi. AhR da uning faoliyatida o‘ta muhim o‘rin tutgan yana 
boshqa tuzilmaviy zanjirlar ham mavjud, jumladan PAS-A va PAS-B domenlar 
oqsilning dimerlanishida hamda ligand bog‘lanishida qatnashadi.
So‘nggi yillarda, olimlar AhR ning odatdagi XRE lardan farq qiladigan yangi 
TCDD ga reaktiv bo‘lmagan genetik elementlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvini 
aniqlashdi. Bajaradigan vazifasi to‘la aniq bo‘lmagani holda ular yangi AhR 
aktivatorlariga yangicha ta’sir ko‘rsatilishida vosita bo‘ladi va katta ehtimol bilan 
ko‘pgina endogen ligandlarni o‘z ichiga oladi. Odatda, faol bo‘lmagan AhR jigar 
hujayralari sitozolida bir nechta yondosh bo‘lgan oqsillarga (masalan, issiqlik 


115 
shoki oqsili – 90 (hsp90), k-SRK, p23 va XAP2 bog‘langan holda ajratib olinadi. 
TCDD bog‘lanishida hsp90 joyidan ko‘chadi va yadro joyining o‘zgartirishi 
bHLH/PAS transkripsiya faktori oilasidan bo‘lgan yana bir vakil, aril uglevodorod 
retseptor yadro translokatori (ARNT) bilan kompleks hosil qilishga sharoit 
yaratadi. Natijada hosil bo‘lgan transkriptsion kompleks birlamchi TCDD ga 
reaktiv bo‘lgan genlarni [jumladan, oksidalanish bilan kechadigan (CYP1A1, 
CYP1A2, CYP1B1, ALDH3A1), tiklanadigan (NQO1) va konyugativ (UGT1A2, 
GSTA) ksenobiotik metabolizmlarda qatnashadigan enzimlar uchun genlarni] 
ishga tushiradi. 
AhR ning faollashishi ksenobiotiklar ta’siriga nisbatan ana shunday tarzda 
to‘qimalardagi moddalar almashinuv jarayonini jadallashtirib yuboradi. So‘nggi 
yillarda, TCDD ga reaktiv bo‘lgan genlarni aniqlashda mikrochiplardan foydala-
nish natijasida hujayra ichidagi o‘tkazish yo‘llarida ko‘plab o‘zgargan genlar 
aniqlandi. Bu yo‘llar ksenobiotik biotransformatsiyasidan tashqari chiqib, o‘zida 
hujayra kommunikatsiyasi, signalli transduksiya, shamollash, hujayra siklini 
boshqarish, hujayraning ko‘payishi va farqlanishini qamrab olgan. Bu kashfiyot-
lar TCDD ta’sir ko‘rsatayotganda birga kechadigan ko‘pgina zaharli reaksiyalarga 
tog‘ridan-tog‘ri aloqadordek tuyulgani bilan, tajriba o‘tkaziladigan har xil hayvon 
turlari va nasllarida TCDD ga qarshi transkriptsion reaksiyalarning sezilarli 
darajada farq qilishi bu reaksiyalarning biologik ahamiyatini aniqlashni 
murakkablashtiradi.
AhR ning ksenobiotik metabolizmini nazorat qilishdan tashqari yana bir 
o‘ynaydigan roliga ishora sifatida AhR geni olib tashlangan sichqonlarni olaylik; 
bunda yurak-qon-tomir faoliyati, nasl berish va rivojlanishdagi kamchiliklarni 
ko‘ramiz. Bu jonivorlar organizmi TCDD ning zaharli ta’siriga chidamli. Lekin 
bu kamchiliklarga qarab shuni aytish mumkinki, normal fiziologiyada AhR ning 
endogen ahamiyati katta. TCDD ga qarshi reaksiya borishini ta’minlashdan 
tashqari, AhR boshqa yot toksikantlar, jumladan, xlororganik peptitsidlar, 
xushboy aminlar va politsiklik xushboy uglevodorodlar ta’sirida ham ishga 
tushadi.


116 
Bir qator preparatlar ham AhR induktori kabi harakat qiladi, masalan 
omeprazol, flutamid, leflunomid. Bir qancha endogen molekulalar, jumladan, 
kinurenin, indigo va indirubin kabi turli oksidlangan triptofan metabolitlari hamda 
gen metabolitlari katta ehtimol bilan AhR uchun o‘z-o‘zidan hosil bo‘ladigan 
ligand bo‘lishi mumkin, ammo ularning fiziologiyada tutgan o‘rnini to‘liq 
o‘rganish hali ham dolzarbligicha qolmoqda.
AhR ning kashf etilishi boshqa CYP induktorlari retseptorlarini ham 
aniqlashga turtki berdi. Vaqti bilan ksenosensorlar odam organizmidagi dori 
metabolizmida qatnashadigan ko‘p CYP izoformalariga bog‘lanardi, CYP2D6 esa 
bundan mustasno. Vaholanki CYP2D6 har olti yoki yettita doridan bittasining 
metabolizmga uchrashida qatnashar ekan, bu CYP izoformasi uchun katta ehtimol 
bilan hech qanday transduksiya mexanizmlari yo‘q, deyish mumkin. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling