O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sog‘lom inson jigarining birlamchi biziologik roli
6.2. Gepatotoksiklik Inson tanasida eng katta a’zo bo‘lgan jigar ko‘plab jismoniy jarayonlarda asosiy rol o‘ynaydi va u hech shubhasiz, butun tananing “metabolik yo‘naltiruvchisi” hisoblanadi (6.1-jadval). Tananing ko‘p funksiyalari uchun bu a’zoning muhimligi sabab, har qanday kimyoviy moddaning jigarga salbiy ta’siriga zamonaviy toksikologiya va xavfni baholay olishda juda jiddiy qaraladi. 6.1-jadval Sog‘lom inson jigarining birlamchi biziologik roli Safro kislotasining ajralishi Tana sirtqi qismida yog‘ tashish Glyukoza metabolizmi va glikogen to‘planishi Temir moddasining saqlanishi va gema sintezi Bir nechta qon ivish omillari oqrali qon ivishini nazorat qilib turish Karbamid metabolizmi, dori vosita-lari va tashqi kimyoviy moddalar Immun omillarini ishlab chiqarish Qondan bakterial tozalanish Bir qator faktorlar jigarning ksenobiotik toksiklikka moyilligini oshiradi. Birinchidan, organizmga og‘iz orqali kiradigan kimyoviy moddalar uchun, oshqozon-ichak yo‘llariga anotomik jihatdan yaqin joylashgani sababli, jigar 132 yutilgan ksenobiotiklar uchun “birinchi bekat” bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, kimyoviy va oziq-ovqat mahsulotlari qon tarkibiga tushadigan va ichakka o‘tadi- gan yagona moddalar emas: ular yana bakteriyalarning hujayra devorlari lipopolisaxarid yallig‘lanishi komponenti kabi ichak mikroorganizmlar degra- datsiyasi moddalarini to‘playdi, ya’ni - endotoksin. Ksenobiotiklar intoksikatsiyasi davrida endotoksinning yetib borishi oshish ehtimoli borligi sabab, so‘riladigan endotoksinlarga immunologik ta’sir yuritilgan kimyoviy moddalarning gepatotoksikligini kuchaytiradi (bu ayniqsa, spirtli ichimliklarga mukkasidan ketganlar holatida kuzatiladi) 30 . Uchinchidan, og‘iz orqali kirish bilan birga, kimyoviy moddalar arteriya qoni orqali jigarga o‘tadi va jigar sinusoidlarida vena qon tomirlaridagi qon bilan aralashadi. Masaalan, nafas yo‘li orqali yutilgan tamaki tarkibidagi moddalar o‘pka orqali kirib arteriya yo‘li bilan jigarga yetib boradi. To‘rtinchidan, jigarning keng metabolik imkoniyatlari uning kimyoviy toksiklikka ta’sirchanligini oshiradi: begona molekulalarda ko‘plab turli kimyoviy modifikatsiyalarni bajaradigan mittigina kimyoviy zavod sifatida ishlab, CYP va boshqa jigar fermentlari to‘satdan “bioaktivatsion tobe” gepatotoksiklikni qo‘zgatuvchi zararli metabolitlarni hosil qilishi mumkin. 31 1. Asosiy jigar tuzilishi. Umumiy anatomiyada inson jigari 4 ta turli o‘lchamdagi qismlarga bo‘lingan bo‘lib, Glisson kapsulasi nomi bilan mashhur birlashtiruvchi to‘qimadan iborat yupqa kapsula bilan qoplangan. Inson jigari ikkita qon bilan ta’minlanish tizimiga ega, asosiy vena orqali jigarga kelayotgan qonning 80% ichaklardagi kislorod miqdori kam bo‘lgan qondir. Og‘iz yo‘li bilan kirgan ksenobiotiklar jigarga shu yo‘l bilan boradi. Jigarga keladigan qonning qolgan qismi esa kislorodga boy bo‘lib jigar arteriyasiga arteriya qon tomirlaridan keladi. Bu qon tomirlari jigar og‘ziga kiradi, bu yerda esa safro ajralishi sodir bo‘ladi hamda limfa tomirlari jigardan chiqadi. Jigarning vena drenaji pastki qon tomirlar orqali amalga oshadi. 30 Ikeda T. Drug-induced idiosyncratic hepatotoxicity: prevention strategy developed after the troglitazone case. Drug Metab Pharmacocinet. 2011;26:60–70. 31 Fromenty B. Bridging the gap between old and new concepts in drug-induced liver injury. clin Res Hepatol Gastroenterol. 2013;37:6–9. 133 1) Gepatotsidlar. Jigar o‘z ichiga ko‘plab kimyoviy zaharlangan gepato- tokstik sindromlarni yo‘naltiradigan minglab to‘qimalar turlarini oladi. Eng ko‘p tarqalgan to‘qima –jigar parenximasi yoki gepatotsid bo‘lib, u a’zoning beshdan to‘rt qismini egallagan (6.2-rasm). Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling