O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


-BOB  ICHKI A’ZOLARGA HUJUM: JIGAR VA BUYRAK


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127
6-BOB 
ICHKI A’ZOLARGA HUJUM: JIGAR VA BUYRAK 
 
Bevosita yoki bilvosita qabul qilingan og‘riq qoldiruvchi parasetamolning 
oshib ketgan dozasi hayotga xavf soluvchi jigar kasalligini keltirib chiqaradi. 
Bundan tashqari, ibuprofen kabi shamollashga qarshi dorilarning haddan tashqari 
ko‘p iste’mol qilinishi zaif bemorlar (masalan, yoshi uluglar) da buyrak shikast-
lanishiga olib keladi. Bu tibbiy xavflardan tashqari, jigar va buyrak atrof-muhitni 
ifloslantiruvch va mehnat joylaridagi sintetik kimyoviy moddalarning salbiy 
ta’siriga ham uchraydi.
Bu ichki a’zolarga kimyoviy zarar yetkazadigan yana bir omil - oziq-ovqat 
iste’molidagi zaharlov-chilardir. Jigar va buyrakning ksenobiotik zaharlanishga 
ta’sirchanligi, zaharlanishga sabab bo‘luvchi bu kimyoviy moddalar nega 
“saralash a’zosi” ni ko‘rsatadi, degan savolni tug‘diradi. Ushbu bob jigar va 
buyrakni zaharlnishga qarshi sezgir qiladigan faktorlarni, hamda bu a’zolarning 
odatiy toksik moddalarga javobi (masalan, steotoz, fibroz, saraton) ni ko‘rib 
chiqamiz. A’zolar toksikantlari asosida yotuvchi turli mexanizmlar azidotimidin, 
tetraxlor uglerodi, parasetamol, troglitazon, silindrospermopsin trixloretilen kabi 
an’anaviy toksikantlar misolida ko‘rsatiladi. 
Qon aylanish tizimiga so‘rilgach va butun tanaga tarqalgach, bir nechta 
toksikantlar voyaga yetgan organizmda mavjud bo‘lgan 60 trillion atrofidagi 
hujayraning har biriga teng zarar yetkazadi: ularning zararli oqibatlari odatda 
ayrim a’zolarda namoyon bo‘ladi (6.1-rasm).
Ushbu bob alohida to‘qimalarda zaharlanishni mahalliylashtirishni nazorat 
qiladigan asosiy mulohazalarni qamrab oladi, bunda asosiy e’tibor tanadagi 
peshob ajratish a’zolari bo‘lgan jigar va buyrakka qaratiladi. Bu a’zolar tanla-
nishining asosiy sababi, ular boshqa to‘qimalarga nisbatan toksikantlar tahdidiga 
eng ko‘p uchraydi. Bizning kuzatuvlarimiz, ayrim toksikantlarning peshob 
ajratish a’zolariga ta’sir qilib, ularning funktsiyasini buzsa (masalan, safroning 
jigarga yetib bormasligi, buyrakda proksimal quvur funktsiyasining buzilishi), 


129 
boshqa patologiyalar har qanday to‘qimada zaharlanishni qo‘zg‘atuvchi sifatida 
namoyon bo‘lishi (masalan, saraton, yallig‘lanish, fibroz) kabilarni ochib beradi. 
6.1-rasm. To‘qimalar zararlanishi kuzatilgan holda, ko‘p toksikantlar bir nechta 
a’zolarga hujim qiladi. Quyida kimyoviy moddalar ta’siriga uchragan a’zolar 
ko‘rsatilgan.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling