O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6.2-rasm. Jigar sinusoidi (qon tomiri) orqali tog‘ri kesishuv, qon tomirlari
devorlari ichidagi SEH (sinusoid endotel hujayralari) ga parallel o‘tadigan gepatotsidlar qatlamini ko‘rsatadi. Gepatotoksik reaksiyalarda ishtirok etadigan boshqa jigar hujayralari turlariga Kupfer hujayralari va yulduzsimon hujayralar kiradi. Jigarning tengi yo‘q to‘qimasi bo‘lgan gepatotsidlar jigarning eng muhim vazifalarini bajaradi (5.1-jadval), ya’ni qon tarkibidagi ozuqa moddalarini ajratib oladi, ovqat hazm bo‘lishi va yog‘larning parchalanishi uchun safro ajratadi, metabolik chiqindilarni safroga o‘tkazadi, jigar uchun oqsillarni tozalab beradi hamda yog‘ va glikogen kabi quvvatga to‘la moddalarni jigarda saqlab turadi. 134 Gepatotsidlar endokrin chiqindilari va begona kimyoviy moddalarning membrana (safro quvurlari) orqali chiqib ketishiga ko‘maklashadi. Bu quvurlar bir-biriga yaqin gepatotsidlar oralig‘ida bo‘lib, ajralgan safroni yig‘adi, keyinchalik bu safro qisqa safro yo‘llari orqali o‘tadi va nihoyat jigar safrodan xoli bo‘ladi. Toksikologiya fani nuqtai-nazaridan, gepatotsidlarning asosiy vazifasi – lipofil ksenobiotiklarni zaharsizlantira olish qobiliyatidir: bu bilan gepatotsidlar ksenobiotiklarni metabollashtiradigan fermentlarning yuqori darajasini ko‘rsatadi, bular qatoriga CYP lar, UGT lar, SULT lar, NAT lar va GST larni kiritish mumkin. Gepatotsidlarning bu xususiyati ularga ko‘p ksenobiotiklar taqdirini hal qilish imkonini beradi: nomzod dori dorishunoslik tajribasida qanday xususiyat- larini namoyish qilmasin, gepatotsidlar metabolik jarayonda har qanday moyillik zararli metabolitlarga aylanishiga olib keladi, bu esa olim bilan tugaydi. Laboratoriya sharoitida hayvon va inson jigarlari namunalarida gepatotsidlarni yaratish va muvofiqlashtirish tajribalari toksikologiya fani rivojlanishi tarixida katta rol o‘ynadi. Kerakli ozuqa moddalari va qo‘shimcha moddalrni qo‘llash orqali, birlamchi gepatotsid namunalari keng ko‘lamli ksenobiotik biotransformatsiya vazifalarni bajarishi mumkin. Tabiiy muhitda jigarda ham bu birikmalar bilan metabolik o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Gepatotsidlar ksenobiotiklar toksikligini o‘rganishda tadqiqot va skrining soha- sida keng qo‘llanladi. 2) Sinusoidlar. Butun jigar ichida, gepatotsidlar yupqa qatlam yoki plastinkalar ko‘rinishida joylashgan, bu qatlamlar uch qavatli panjara hosil qilish uchun bir-biri bilan o‘zaro birlashgan. Bu katta parenxima to‘qimasi sinusoidlar deb nomlangan mayda qon tomirlari bilan qoplangan, bu sinusoidlar gipototsid- larni oziqlantirib, metabolik chiqindilarni tashqariga chiqaradi (6.2-rasm). Jigar perfuziyasi murakkabligi sababli, vena va arteriya qon tomirlaridagi qonlardan tashkil topgan sinusoidlardagi qon miqdori, tomirlar qisqarishi natijasida o‘zgarib turadi. Sinusoidlar endotelial hujayralar (EH) bilan qoplangan va ular sinusoidlar miqdorining deyarli yarmini tashkil qiladi. Endothelial hujayralar nooddiy to‘siq 135 hosil qilib, u o‘z o‘rnida elak vazifasini bajaradi va eritrotsidlar hamda immun hujayralarining gepatotsidlar bilan o‘zaro aloqasini chegaralab turadi. Bu jarayon qon tarkibidagi lipofil ksenobiotiklarini va boshqa mayda moddalarning so‘rilish imkonini yaratadi. 3) Yulduzsimon hujayralar. Sinusoidlar tomonidan egallangan hujayralar hajmining beshdan bir qismini yulduzsimon hujayralar tashkil etadi. Bu hujayralar etanol kabi kimyoviy mod-dalarga surunkali toksik javob qaytarishda muhim ahamiyatga ega. Yog‘ni o‘zida saqlab turuvchi (Ito hujayralari nomi bilan ham taniqli) bu hujayralar sinusoidlar va gepatotsidlar o‘rtasidagi kichkinagina perisinusoid oralig‘ida joylashgan. Bu oraliq Disse bo‘shlig‘i deb ham ataladi (6.2-rasm). Yulduzsimon hujayralar jigardagi umumiy hujayralar sonining taxminan 5% ni tashkil qiladi va odatda sokin holatda bo‘ladi. Bu holatda ularning fiziologik vazifalari yaqqol ko‘rinmaydi, ammo ular A vitamini hamda boshqa yog‘ni parchalovchi vitaminlarni o‘zida saqlaydi, bundan tashqari immun tizimi uchun katta hissa qo‘shadi. Yulduzsimon hujayralarni biriktiruvchi to‘qimaning asosiy shakli bo‘lgan hujayradan tashqari eritmaning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Bu eritma jigar hujayralarini butun organism tuzilishidagi holatiga “yelimlaydi”. Zararli kimyoviy moddalar, shular qatorida spirtli ichimliklar ta’sirida, yulduzsimon hujayralar xavfli faol holatga o‘tadi va kollagen moddasi ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan samarali fabrikaga aylanadi. Shunday qilib, ko‘p gepatotoksikantlar, jumladan, og‘ir metallar, spirtli ichimliklar va parhez mikotok- sinlarining umumiy surunkali ta'siri kollagen chandiq to‘qima cho‘kmasiga olib keladi, bu esa jigar fibroziga xos xususiyati. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling