O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   127
6.3. Asosiy gepatotoksikant sinflar 
 
Ko‘plab tuzilishi jihatdan turli bo‘lgan kimyoviy moddalar inson gepato-
toksikligi bilan bog‘liq. Ularga insonlar tomonidan dori-darmonlar sifatida ishla-


142 
tiladigan kimyoviy moddalar, ish faoliyati yuzasidan qo‘llaniladigan reagenlar 
va tabiiy manbalardan kelib chiqqan osimlik yoki zamburug‘lar gepatotoksi-
kantlari misol bo‘ladi. 
 
Bugungi kunda jigar shikastlanishi kasalligining ko‘payishiga o‘z hissasini 
qo‘shayotgan yana bitta vosita - kundan-kunga ommalashib borayotgan o‘simlik-
lardan tayyorlanadigan dorilar va bioaktiv qo‘shimchalardir. Jigar zararlanishi-
ning qo‘zg‘atuvchilari turli-tumanligi sabab, bu qo‘zg‘atuvchilarning turli minta-
qada ta’siri ham turlicha ekanligi kuzatiladi: g‘arb mamlakatlarida jigar zahar-
lanishining asosiy sababchilari antibiotiklar, akashakka qarshi dori vositalari va 
psixotrop preparatlari bo‘lsa, Osiyo mintaqasida bu vazifani “o‘tlar”, “sog‘liq 
uchun foydali yoki bioaktiv qo‘shimchalar” bajaradi. 
Gepatotoksiklik va dori vositalari. Dori-darmon preparatlarining inson 
organizmiga kirishida og‘iz yo‘li eng qulay yo‘nalish bo‘lgani sabab, bu 


143 
vositalarning yuqori konsentratsiyasi oldida jigar zaif hisoblanadi, dori 
vositalarining ta’siri natijalari orasida gepatotoksiklik birlamchi o‘rinlardan birida 
turadi. Uzoq yillar davomida uzluksiz olib borilgan izlanishlarga qaramay, bu 
muammolar klinik tibbiyotda va dorishunoslik sanoati-da o‘rganilishi kutilayotgan 
jiddiy vazifaligicha qolmoqda.
Jigarning dorilar ta’sirida zaharlanishi (JDTZ) bir necha ko‘rinishda 
kechishi mumkin, lekin har bir kategoriyani belgilovchi chegarani asosli deb 
bo‘lmaydi. Birinchidan, parasetamol kabi ayrim dori vositalarida gepatotoksiklik, 
dorini ko‘p miqdorda, ya’ni o‘z joniga qasd qilishda ichiladigan dozada qabul 
qilgandan keyin sodir bo‘ladi. Shunga qaramasdan, JDTZ ning boshqa ko‘ri-
nishlariga surunkali, ya’ni uzoq vaqt mobaynida dorilarni qabul qilishni misol 
qilsak bo‘ladi. Epilepsiya kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarda akashakka qarshi
doimiy ichiladigan dorilar (karbamazepin yoki valproik kislota) yoki OIV infek-
siyasi kasaliga mubtalo bo‘lgan bemorlarda OITS ning boshlanishi oldini olish 
uchun qabul qilinadigan dori vositalari bularga kiradi. 
Boshqa dorilarda gepatotoksiklik allergik vositalarni ham o‘z ichiga oladi, 
JDTZ tasodifan, o‘zgaruvchan kechikish bilan namoyon bo‘ladi, ko‘p hollarda 
bemor tomonidan yillar davomida ichilgan, ammo samara bermagan dorining 
almashtirilganligi ham bunga sabab bo‘ladi.
34
Dori vositalari sababli yuzaga kelgan 
gepatotoksiklik turlarining har biri shifokorlar, toksikologlar va dorishunoslarni 
yanada chuqurroq izlanishga undaydigan hodisadir. Dori-darmonlar ishlab 
chiqarishda, giyohvandlik moddalarini sinovlardan o‘tkazishlar natijalari 
gepatotik xususiyatlarni ochib berishi, bu komponent uchun halokat ekanligini 
ko‘rsatdi. Bundan tashqari, JDTZ ning kam uchraydigan ko‘rinishlari giyohvand 
moddalar iste’molining natijasi ekanligi yaqqol ko‘ringach, bu vositalar yoki 
butunlayiga, yoki qisman muomaladan chetlatilishiga erishildi (6.2-jadval). 
34
Park KB et al. The role of metabolic activation in drug-induced hepatotocicity. Annu Rev Pharmacol Toxicol. 2005;45:177–
202. 


144 
6.2-jadval

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling