O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Insonlarda jigar zaharlanishiga sabab bo‘ladigan farmatseftik moddalar


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   127
Insonlarda jigar zaharlanishiga sabab bo‘ladigan farmatseftik moddalar 
 
Dori
 
Dorining 
ishlatilishi
 
Toksik mexanizm
 
Hozirgi 
kundagi 
mavqei 
 
Pemolin 
Roziglitazon 
Didanozin 
Amoksillin- 
klavulanat 
Bromfenak
Tolkapon 
Giperfaollik 
buzilishiga 
befarqlik 
Diabet 
OITS 
Bakteriyalarga 
qarshi dorilar 
Shamollashga 
qarshi dorilar 
Parkinson kasalligi 
Allergik sezuv-chanlik 
(immun 
tizimiga
bog‘liqlik) 
Allergik gepatit 
Jigar hujayralariga 
zararli mitoxondria 
Safro ajramaslik 
Tezkor jigar nekrozi 
O‘tkir gepato-toksiklik 
(kam uchraydigan va 
takrorlanadigan) 
Iste’moldan chetlatilgan, 
2005 yil (AQSh) 
Iste’moldan 
chetlatil-
gan, 1997 yil (Birlash-
gan Qirollik) 
Iste’molda 
(jigar 
kuzatuvida) 
Iste’molda 
(ogohlantirilishda) 
Iste’moldan 
chetla-
tilgan, 1998 (AQSh) 
Cheklangan iste’molda 
(AQSh) 
 
1. Parasetamol: o‘tkir d ozaning jigarga ta’siri 
Bugungi kunda qo‘llanilayotgan ayrim dori vositalari ‘Dr Jekyll and Mr 
Hyde’ preparatlarining parasetamol (atsetominofen) ga nisbatan ko‘proq salbiy 
ta’sirlarini namoyish etadi: mutlaqo bezazarligi sababli har qanday dokonlarda va 
yonilg‘i quyish shaxobchalarida ham bemalol sotib olish mumkin bo‘lgan bu 
preparat dozasi oshib ketganida inson hayotiga xavf soluvchi gepatotoksiklikni 
keltirib chiqaradi.
Aspirin dori vositasining muqobili sifatida 1940-yillardan boshlab, va uzoq 
davr mobaynida keng qo‘llanilib kelgan bu dorining dahshatli salbiy asoratlari 
haqida juda kam shifokorlar xabardor bo‘lgan. Bu holat 1966-yili Thompson va 
Preskottlar tomonidan British Medikal jurnalida ushbu mavzuda butun tibbiyot va 


145 
toksikologiya sohalarini larzaga keltirgan maqola e’lon qilingunga qadar davom 
etdi. Maqolada ular 54 yoshli Shotlandiyalik kishining 70 ta parasetamol tabletka-
sini ichib jiddiy jigar zaharlanishiga uchragani holatini bayon qilishgan edi. Bu 
kabi holatlar yuzasidan e’lon qilingar qator nashrlar tufayli parasetamolning 
hayotga tajovuz qiluvchi ta’siri haqidagi ma’lumotlar shu darajada ommalashib 
ketdiki, ko‘p davlatlarda jigar xastaligi bilar kasallangan bemorlarda asosiy sabab 
qilib parasetamol dori vositasi ko‘rsatila boshladi.
2. Azidotimidin: uzoq vaqt qabul qilinganda jigarga ta’siri. Zamonaviy
dorishunoslikdagi buyuk yutuqlardan birida, OIV ning OITS ni keltirib 
chiqaruvchisi sifatida aniqlanganidan 25 yil o‘tib, bu halokatli holatga qarshi 
kurashuvchi 25 ta antiretrovirus dori vositalari iste’molga chiqdi. Keyinchalik, bir
nechta antiretrovirus dorilarni bir vaqtning o‘zida qo‘llash OITS ni to‘xtatish 
imkoniyatining ochilishi 1990-yillar o‘rtasidagi katta burilish bo‘ldi. Virusga 
qarshi kurash dolzarbligicha qolarkan, faol antiretrovirus davolash usuli 
(FARDU) ko‘plab bemorlar uchun OIV- boshqarib bo‘ladigan surunkali 
kasallikka aylangan yangi davrni boshlab berdi. Lekin afsus, tez orada shu narsa 
aniqlandiki, OITS ga qarshi kurashda erishilgan bu muvaffaqiyat har kuni kuchli
dorilarni istemol qiladigan bemorlar hayoti evaziga kelgan ekan: faol 
antiretrovirus davolash usulini qo‘llayotgan bemorlarda jigarning dorilar ta’sirida 
zaharlanishi (JDTZ) shu darajada ko‘payib ketdiki, OIV bilan kasallangan 
bemorlarda jigar kasalligidan o‘lish holati birinchi o‘ringa chiqdi. 
OIV ga qarshi qo‘llaniladigan dorilar va usullarning ko‘pligini hisobga olib, 
FARDU bilan bog‘liq gepatotoksiklik - o‘tkir va surunkali kasalliklarni o‘z
ichiga oladigan noaniq va o‘zgaruvchan sindrom, dep aytish mumkin. Ayrim 
hollarda, kasallikning ko‘rinishi JDTZ allergiyasi sindromini eslatsa, boshqa 
hollarda u laktatsidozli jigar steatozi bilan bog‘liq, yana biri esa virusli gepatitni 
eslatib, uni ko‘pincha getatit B yoki C ga qo‘shimcha kasalliklar bilan adash-
tirishadi.
OIV ni to‘xtatish bilan bog‘liq asosli ijobiy natijalar haqida gapirilganda, 
bunday bemorlar bilan uzoq vaqt mobaynida ishlayotgan shifokorlar, jigar 


146 
kasalligining oddiy belgilari oldida arosatda qolishadi (masalan, qon transaminal 
bosqichlarida simptomsiz shishlar): agar jigardagi virusli symptom mavjud bo‘l-
gan dorilar bilan qaytarilsa, bemorga gepatotoksikligi kam bo‘lgan boshqa yangi 
OIV ga qarshi dori tayinlanishi kerakmi? FARDU bilan bog‘liq gepatotoksiklikka 
qaratilgan tadqiqotlar asosiy diqqatini nukleotid OIV ga qarshi transkriptaz 
sekinlashtiruvchi nukleotidlar (TSN) oilasiga qaratdi. 1985-yil bu oilaga mansub 
birinchi dori - azidotimidin (AZT) kashf qilingandan buyon, TSN lar OIV ga 
qarshi ishlatiladigan asosiy preparatlar hisoblanadi. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling