O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Gepatotoksiklik va tabiiy kimyoviy moddalar. Jigarni zaharlovchi modda-
lar tabiatda mavjud bo‘lib, chunki ular jigarga tog‘ridan-tog‘ri ta’sir qiladigan yoki metabolizmli gepototoksikant o‘simliklar va mikroorganizmlarda hamda yer qobig‘idagi minerallar tarkibida yashaydi. 1) Aflatoksin B 1. Mikotoksinlar oilasi - bu nom Grek tilidagi zamburug‘ (mykes) va Lotin tilidagi zahar (toxicum) so‘zlarining birikmasidan tuzilgan bo‘lib, ikkilamchi zamburug‘li metabolizm davrida ajralib chiqadigan katta miqdordagi toksik moddalarni o‘z ichiga oladi. Bu termin, odatda, turli xil zamburug‘lar ta’sirida kelib chiqqan, inson is’temoli uchun yetishtirilgan ekinlarni dalaning o‘zida yoki hosil yig‘ib olingandan so‘ng zaharlaydigan toksinlar uchun qo‘llaniladi. Zamburug‘larning turiga qarab, oziq-ovqat mahsulotlarining mikotok- sinlar bilan zaharlanishi ham tropik regionlarda, ham mo’tadil iqlimli mintaqalarda kuzatiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘p turlari mikotoksinlarga moyil, bularga: don mahsulotlari, yong‘oqlar, qahva, kakao, ziravorlar, dukkakli o‘simliklar hamda yangi va quritilgan mevalar kiradi. Chorva mollariga nisbatan toksikligi yuzasidan mikotoksinlar chorvachilikda muhim o‘rin egallaydi. Insonlarga esa mikotoksinlar chorvachilik mollaridan ularning go‘sht, sut va boshqa mahsulotlarini iste’moli bilan birga kiradi (masalan, tuxum, pishloq va 149 hakozo). Ko‘p mikotoksinlar kimyoviy jihatdan barqarorligiga sabab, oziq-ovqat mahsulotlariga umumiy ishlov berish jarayonida ular o‘zgarmay qoladi, ularga yuqori darajali issiq ham katta ta’sir o‘tkazmaydi (masalan, non va konditer mahsulotlari). Zaharlanish xavfining oldini olish maqsadida, ko‘p davlatlar oziq- ovqat boshqarmalari tarkibida mikrotoksinlari bo‘lgan mahsulotlarga chegaralash belgilashadi (masalan, yeryong‘oq yog‘i). Bu tashkilotlar tashqaridan import qilingan mahsulotlarni ham doimiy ravishda tekshiruvlardan o‘tkazib turadi. Bu jarayonda ziyraklikni susaytirish mumkin emas, sababi, zamburug‘lar qaysi iqlimiy sharoitga tushishiga qarab o‘zgarish xususiyatiga ega, bundan kelib chiqadiki, bir xil regiondan import qilingan mahsulotlar turli fasllarda turlicha o‘zgaradi. Jigarga salbiy ta’siridan tashqari, ko‘p mikotoksinlar turli xil toksik xususiyatga ega bo‘lib, bular o‘z ichiga kanserogenlik, genotoksiklik, nefro- toksiklik va immunotoksiklikni oladi. 2) Sianobakteriy toksinlar. Zamburug‘lar nafaqat e’tiborsizlikdan jigarni zaharlaydigan mikro-organizmlar hisoblanadi: ko‘plab mintaqalarda sianobakteriy toksinlari bilan zaharlangan ichimlik suvi iste’moli aholi sog‘ligini saqlash sohasining dolzarb muammolaridan biridir. Bu fotosintetik bakteriyalarning gullari suv yo‘llaridan, ayniqsa, yozning iliq kunlarida tarqaladi. Toza ko‘llar, suv omborlari va daryolarda sianobakteriyalarning o‘nlab turlari aniqlanishiga qaramay, qulay ob-havo sharoiti va suv sathida kislotaning mos darajasi, ozuqa moddalari va og‘itlar sianobakteriyalarning tez ko‘payishiga qulay sharoit yaratib beradi. Sianobakteriyalardan kuchli neyrotoksinlar va gepatotoksinlar paydo bo‘lib, ular o‘z o‘rnida bakteriyalar gullashini ko‘paytiradi, natijada zaharlangan suv chorva mollari, boshqa hayvonlar va baliqlarning zaharlanishiga olib keladi. Ko‘p yillar davomidagi kuzatishlar natijasi shuni berdiki, Sianobakteria bilan zaharlangan suv iste’molining jigar kasalliklari bilan chambarchas bog‘liqligini aniqlangan. Bundan 1000 yil oldin Xitoy askarlari yashil rangdagi suvni iste’mol qilishgani va ular orasida o‘lim ko‘payib ketganligi haqida harbiy qo‘mondon 150 xabar bergan. So‘nggi yillarda sianobakteriya toksinlari bilan bog‘liq salomatlikni xavf ostiga qo‘ygan hodisa - 1979-yil Avstraliyaning shimoliy-sharqida joylash- gan Palm Orolining tub aholisining ommaviy zaharlanishi soha tadqiqotchilari diqqatini tortdi. Ichimlik suvidan 100 dan ortiq maktab yoshidagi bo‘lalarda jiddiy jigar zaharlanishi kuzatilgan. Bu esa shahar ichimlik suviga ishlov berish jarayonida mis sulfati qo‘shilganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. Mis sulfati hujayralarni eritib sianobakteriyalarni suvga chiqarib yuborganligi aniqlandi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling