O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2) Hujayralarning nobud bo‘lishi. Jigarda hujayraning nobud bo‘lishi,
odatda, nekroz yoki apoptoz orqali bo‘ladi. Hujayralarning apoptotik nobud bo‘lish o‘z ichiga gepatotsidlarning kichik yig‘indisini olib, zich joylashgan molekulalar jarayoni orqali kechadi, bu jarayon o‘z ichiga hujayra o‘limi fermentlari nazoratidagi hujayra komponentlarini hazm bo‘lishi bilan bog‘liq. Shu bilan bir qatorda, gepatotoksikantlar bilan og‘irroq zaharlanish hujayralarning bundan ham yaqqol, nazorat qilib bo‘lmas ko‘rinishlariga olib keladi, bu jigar nekrozi deb ataladi. Ko‘plab gepatotsidlar o‘limiga sababchi bo‘luvchi, qaytarib bo‘lmas sanalgan jigarning nekrotik jarohatlanishi “markaziy” (ya’ni, oziga xos bo‘lgan markaziy kesma yoki kirish joyidahi nekroz) yoki “jadal” (tez paydo bo‘ladi va jigarning ko‘p to‘qimalariga ta’sir qiladi) bo‘ladi. Kasalning boshlang‘ich davrida jigar shishining qaytishi kuzatilsa ham, jarayon jadallik bilan rivojlanib, ayrim hujayralarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Nekrozlar orqali hujayralar nobud bo‘lishining odatiy belgilariga membrana- lar butunligining buzilishi, mitoxondriya va boshqa hujayra ichi organlarining shishishi, ATF ning qurub ketishi, kaltsiy oqimida ikkinchi darajali bo‘lgan kaltsiy gomeostazning qurishi kabilar kiradi. Keyingi o‘zgarishlar hujayralarning asosiy komponentlarini hazm qiladigan, kaltsiyga boy endonukleazlar, proteazlar va fosfolipazlarni faollashtiradi, bu esa sitoskelet va hujayra blebbinglarining buzilishiga olib keladi. DNK yadrosi tuzilishidagi hujayra parchalanishi kabi o‘zgarishlar (masalan, piknoz, karioreksis va kariolezis) nekrotik jigarda ham kuzatiladi. Jigar nekrozi ko‘p zararli moddalar bilan zaharlanish natijasida paydo bo‘ladi, bularga dori-darmonlar, tabbiy vositalar va sintetik kimyoviy moddalrni kiritish mumkin. Sanoatlashgan davlatlarda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘limi bemorlarida jigar nekrozi kasalligining birlamchi sababi – paratsetamoldan zaharlanish deb aniqlangan. Jigar tabiatan ajoyib qayta tiklanish xususiyatiga ega, bu unga paratsetamol va boshqa gepatotoksikantlardan zaharlanishdan so‘ng tez orada qayta o‘z holiga kelish imkonini beradi, lekin shunga qaramasdan, jigar nekrozining ayrim turlari 139 chuqur chandiq qoldiradi. Jigar nekrozi qonga gepatoselulyar moddalarni ajratib chiqarganligi sabab, qon tarkibidagi jigar umumiy fermentlari bo‘lgan alanin transaminaz (ALT) yoki aspatat transaminaz (AST) larning miqdorini aniqlash ksenobiotiklar ta’siriga uchragan bemorlarni tekshirish jarayonida keng qo‘llaniladi. Bemor shikastlangan jigarni qanchalik ko‘p parvarish qilsa, qondagi ALT va AST miqdori shunchalik baland bo‘ladi, tajribada jigarning og‘ir zaharlanish hollarida bu ko‘rsatkichlar 1000 barobarga oshgan hollari ham kuzatilgan. “Jigar transaminazi” talqinida bir qator ehtiyotkorlik choralari ko‘rilishi kerak, sababi ferment miqdorini aniq- lovchi bu tahlil faqatgina jigarga tegishli bo‘lmasdan, ularning skelet va yurak mushaklariga kuzatilishi, bu to‘qimalarga ham zarari tegishi va yana qonda transaminaz moddasining ko‘payib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari, transaminazlarning plazmada o‘rtacha ko‘payishi, albatta getatotoksik moddalarning ko‘payishidan dalolat degani emas: altsgeymer kasalligiga qarshi dorilar iste’mol qiladigan bemorlarda, shifokorlar ALT miqdo- rining “simptomlarsiz”, ya’ni kam miqdorda oshgagini aniqlashi mumkin. Ayrim hollarda esa, plazma ko‘rsatkichi jigar tabiatiga xos bo‘lgan boshqa o‘zgarish- lardan dalolat bo‘ladi. Shunday qilib, ferment miqdorini o‘rganish, zaharlangan bemorlarda jigar zararining mohiyatini aniqlashda yordam beradi. So‘nggi yillarda, jigarning kimyoviy moddalardan zaharlanishini aniqlovchi qator yangi yondashuvlar qo‘llanilmoqda. Genlar tarmog‘ini nazorat qiluvchi RNK ning qisqa bo‘laklari bo‘lmish aylanma mikro RNK lardagi o‘zgarishlar bitta juda ham muhim imkoniyatni taqdim etadi. Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, namuna toksikantlari bo‘lgan atsetominofen yoki karbon tetraxlorid moddalari qon va siydik tarkibidagi mikro RNK molekulalari guruhlarini nazorat qiladi. Bu yondashuvlar ko‘p savollarga oydinlik kiritgan bo‘lsa ham kelajakda ular turli vaziyatlar va sharoitlarda yanada chuqurroq o‘rganish kerakligidan dalolat beradi. 3) Safro ajralishida buzilish. Organizmdagi eng yirik temir moddasi sifatida, jigar safro ajratish qobiliyati orqali organizmni turli endogen chiqindi- 140 laridan hamda begona ksenobiotiklar va ularning metabolitlaridan tozalaydi. Safro tarkibida xolesterol natijasi bo‘lgan tozalovchi suyuqlik bo‘lib, organizmga tushgan yog‘larni parchalashga yordam beradi. Ayrim gepatotoksik kimyoviy moddalar jigarning asosiy funksiyasi bo‘lgan bu vazifani bajarishga xalaqit beradi, ular safroning qisman yoki to‘liq chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Bu jarayon, albatta, fiziologik oqibatlarga olib keladi, chunki safro, zaharli xromogen pigmentlari bo‘lgan bilirubin va biliverdinlarni tashuvchi asosiy vosita hisoblanadi. Jigarning me’yordagi faoliyati davomida bilirubin va biliverdinlar doimiy ravishda quvur tarmog‘iga charilib, undan esa safroga qoshilib chiqib ketadi. Ayrim kimyoviy moddalar bu pigmentlarni tashuvchi membrana tashuvchilariga to‘sqinlik qilgani sababli biliverdin va bilirubin bilan zaharlangan jigar, ularning qon va organizm to‘qimalariga to‘planishiga olib keladi, bu esa bemor terisining sariq tusga kirishida namoyon bo‘ladi. Sariq kasali - bilirubinning ko‘payib ketishi holati bo‘lib, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar jigarida konyugativ almashinuvning sustligi sababli chaqaloqlarda ko‘p uchraydi. Sariq kasali yana giyohvand moddalar bilan bog‘liq gepatotik sindromlar bilan birga keladi (masalan, anabolik steroidlarni ko‘p iste’mol qiluvchilarda orasida keng tarqalgan). Sariq kasali tez tibbiy aralashuvni taqazo qiladi, sababi bilirubinning to‘qimalarda, ayniqsa miyada yig‘ilishi hujayralarning lat yeyishiga olib keladi. 4) Jigar fibrozi. Gipototoksikantlarga doimiy ta’sir o‘tkazish hujayra tash- qarisida oqsillarning haddan tashqari ko‘payib ketishiga olib keladi. Bu oqsillarga kollagen moddasini misol qilish mumkin, u esa jigar fibrozi kabi jiddiy holatni keltirib chiqaradi. 33 Tuzilish jihatdan turli-tuman bo‘lgan gepatotoksikantlarga fibroz ta’siri gistologiyasi bir xil bo‘lishiga qaramasdan, jalb qilingan mexanizmlar turli xil va murakkabdir. Miofibroblastlar muhim quvvatlash roliga ega bo‘lishiga va ayniqsa, jigarning ko‘p kesimlarida kollogen tolalarining to‘planishida muhim rol o‘ynashiga qaramay, jigarning faol yulduzsimon hujayralari (JYH) fibrozning asosiy qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi. 33 Liu ZX, Kaplowitz N. Role of innate immunity in acetaminophen-induced hepatotoxicity. Expert Opin Drug MetabToxicol. 2006;2:493–503. 141 Jigar tashqarisidagi to‘qimalarda paydo bo‘ladigan fibroblastlar ham fibrogenez kelib chiqishi sababchisi bo‘lishi mumkin. Fibrozning kelib chiqi- shiga sababchi bo‘lgan molekulyar omillar tadqiqotchilarning diqqat markaziga ko‘p marta tushgan. Sitokin va boshqa mediatorlarning murakkab birlashmasi jigarning yulduzsimon hujayralari (JYH) ni qozg‘atib, profibrogen zavodlariga aylantirsa ham, Kupfer hujayralaridan holi trombotsidlardan olingan o‘sish omili (TOO‘) ning ahamiyati kattadir. Fibroz asosida yotgan biologiyadagi muammolar, afsuski, uning yechimida ksenobiotiklar ta’sirini to‘xtatishdan tashqari samarali usullarning kamligini anglatadi. Spirtli ichimliklar ta’siridagi fibroz, surunkali ravishda spirtli ichimliklar ichishni davom ettirilgan holda, jigar serrozi kasalligiga aylanadi, bu - jigar tolalari ish faoliyatining nazoratdan chiqishi va o‘z vazifasini bajara olmaydigan kichik to‘qimaga aylanishi demakdir. 5) Jigar saratoni. Birlamchi jigar saratoni G‘arb mamlakatlarida nisbatan kam uchraydi, ammo Afrika va sharqiy Osiyo mintaqasi aholisida keng tarqalgan. Oziq-ovqat mahsulotlarining zamburug‘ kanserogenlari bilan zaharlanishining ham bunda o‘z hissasi bor. Jigar saratoni hujayralar yig‘indisidan hosil bo‘lgan shishdan paydo bo‘lib, kelib chiqishi jihatidan monoklon, ya’ni hujayralarda genetik o‘zgarishlar yuz berganda va avlodlarda o‘sishga moyillik tug‘ilganda hosil bo‘ladi. Jigarda shish safro yo‘llari hujayralarida yoki jigar qon tomirlarida, ammo ko‘p hollarda gepatotsitlarda paydo bo‘ladi. Jigar saratoni aniqlangandan keying istiqbolni aytib berish, odatda, juda qaltis, sababi bu saratonning agressiv ko‘rinishi hisoblanadi. Kasallik to tashxiz qo‘yilgunga qadar ancha chuqur ko‘rinish olib ulguradi. Jigar saratoni spirtli ichimliklar natijasi hamda ish sharoiti bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ya’ni zaharli metall - margimush va sanoat reagent vinil xloridi kabi moddalar. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling