O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6.4-rasm. Xloroform nefrotoksiklik o‘z ichiga fosgenga katalizatsiyali o‘zgar-
gan CYP2E1 ni olishi mumkin, lekin bunda boshqa metabolik moddalarning ham hissasi bo‘lish ehtimoli bor. Fosgen bir nechta taqdirlarni boshidan o‘tkazadi, shu jumladan, beixtiyor gidroliz yoki, glutation yoki oqsil kabi reagentlar bilan nukleofil reaksiyaga kirishadi. Gepoksiya sharoitida yuqori konsentratsiyada xloroform oksidlanib, hujayra membranasiga hujum qiladigan erkin radikallarga aylanadi. 2) Trixloretilen. Reagentlarning yirik galoalken sinfiga mansub ko‘p nefrotoksik moddalarning biri bo‘lgan trixloretilen-1,1,2 erituvchi hamda oziq- ovqat mahsulotlarini yog‘sizlantiruvchi sifatida keng qo‘llaniladi. Trixloretilen 156 atrof-muhitni ifloslan-tiruvchi sifatida soha vakillarini xavotirga soladi, sababi u axlatlarda, suvda, havoda va tuproqda keng tarqalgan. Jigarni zaharlash xususiyatidan tashqari, trixloretilen laboratoriyadagi hayvonlarning o‘tkir buyrak kasalligiga chalinishiga, jigar va buyrakda o‘smalar paydo bo‘lishiga, insonlarda non-Hodgkin limfomasi-ning paydo bo‘lishiga olib keladi. Trixloretilenning yana bir diqqatni tortuvchi tomoni shundaki, u kalamushlar jigarida peroksisom tarqatuvchisidir. Ish joyidagi sharoit hamda atrof-muhitda trixloretilenning ta’siri – u odamlarda immunotoksiklik va autoimmun buzilishi holatlari bilan bog‘liq. Nefrotoksikantlarning tabiatda uchrashi. O‘tkir nefrotoksik birikmalar o‘simlik dunyosida keng tarqalgan. So‘nggi o‘n yilliklarda Bolqon oldi davlat- larining o‘latiga aylangan buyrak nefropatiyasi va saraton shakllanishiga olib kelayotgan, o‘tlar bilan bog‘liq nefrotoksikantlarga qarshi kurashishda ancha muvaffaqiyatlarga erishildi. Nefrotoksikantlarning insonga ta’siri zaharlangan, ayniqsa mog‘orli qishloq xojaligi oziq-ovqatlardan o‘tadi, bunda Penissilum, Aspergillus va Monaskus mog‘orlari shlamidan paydo bo‘lgan nefrotoksik mikotoksin-sitrinin ayanchli oqibatlarga olib keladi. Monaskus shlami Xitoy oziq-ovqat sanoatida bo‘yoq sifatida keng qo‘lla- niladi. Sitrinin ishlab chiqaruvchi boshqa mog‘orlar donli mahsulotlar yetish- tirilishida katta muammolarni keltirib chiqaradi. Bular: makkajo‘xori, bug‘doy, guruch, suli va arpa mahsulotlaridir. Sitrinin nefrotoksikligining ustida olib borilgan izlanishlar eksperimental turlarga qarab ancha o‘zgaradi, ammo yillar davomida kemiruvchilar ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, proksimal nekroz naychada va membranada juda ta’sirchan kechadi. Sitrinin oksidlanish metabolizmiga uchrasa ham, uning asl aralashmasi hujayralarning apoptik o‘limiga va oksidlanish ta’siriga uchraydi. Sitrinin sababchisi bo‘lgan mog‘or yana boshqa kuchli nefrotoksik mikotoksin –Oxratoksin A ni ishlab chiqaradi, shu sababli har bir toksikantning naychaga yetkazgan proksimal zararini aniqlash mushkul. Oxratoksin A jigarda va buyrakda o‘sma hosil bo‘lishiga olib keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling