O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   127
7.1-rasm. Bir necha marta nasl qoldiruvchi turlardan paydo bo‘lgan nasllarda ko‘p
hollarda rivojlanishga ta’sir ko‘rsatuvchi toksikantlarga nisbatan an’anaviy 3 xil 
oqibat qo‘shilmasi kuzatiladi, bular: o‘sishga to‘sqinlik qilish, rivojlanishga 
to‘sqinlik va embrion halokati (a rasm). Quyidagi rasmlarda rivojlanish toksikant-
larining homilaga ta’siri, kam dozalarda nuqson bilan tug‘ilishgacha olib keladigan 
turli xil natijalar tasvirlangan. Bunda B rasm alohida e’tiborni tortadi. Noteratogen 
moddalar homilaning o‘sishiga to‘sqinlik qilishi va embrionning nobud bo‘lishiga 
olib kelishiga qaramasdan (d rasm), ayrim kuchli toksikantlar har uchala oqibatni 
ham keltirib chiqarishi mumkin (c rasm).


162 
7.2. Ta’sir etish vaqti va zaharlanish 
 
Prenatal toksikologiya boshqa kimyoviy hodisalarga nisbatan qiyosiy 
tushunchalarni qo‘llaydi: birinchidan, ona qornidagi homilaga yetib boradigan 
zaharli modda asosiy faktor hisoblanib, u butun salbiy ta’sirning ko‘lamini aniqlab 
beradi. Ikkinchidan, kimyoviy moddaning molekulalar bilan birikishi, ular 
qanday natijalarga olib kelishini keng ko‘lamda o‘ylashga undaydi. Uchinchidan, 
ona va homila genotiplari kuchli prenatal zaharlanishga sabab bo‘ladi. 
Zaharlanishni yetuk organizmning zaharlanishga qarshu kurashidan farqlovchi 
asosiy g‘oyasi shuki - zaharlanish darajasini aniqlash davri turli organizmlarga 
bir xil ta’sir o‘tkazadi. Odatda, organizmning faol rivojlanayotgan turli tizimlari 
yoki tananing asosiy qismlari nurlanish paytida katta zazar ko‘radi. 
Yetuk organizmlarda esa bu zaharlanish boshqacha kechadi: masalan, 
parasetamolning yuqori dozasi zaharlangan shaxs yosh, o‘rta yoshli yoki qari 
bemor bo‘lishidan qat’iy nazar unda jigar zaharlanishiga olib keladi.
Bu zaharlanishning turli yosh vakillari orasida qay darajada namoyon bo‘lishi bir-
biridan farq qilsa ham, jigar zaharlanishining keyingi ko‘rinishlari hammada bir 
xil natija bilan tugaydi. 
Prenatal zaharlanishning tabiiy xususiyati shuki, masalan bitta teratogen-
ning teng qiymatli dozasi homilaning turli paytida turli xil ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin. Odatda, inson homilasi embrion davrida, ya’ni 3-8 hafta oralig‘ida 
o‘sishga to‘siq bo‘ladigan har qanday to‘siqlarga juda ham ta’sirchan bo‘ladi. 
Ahamiyatli hisoblangan bu 2 oyda inson qiyofasi yuzaga kelishi uchun 
muhim eng chuqur va murakkab jarayonlar sodir bo‘ladi: qo‘l-oyoqlar paydo 
bo‘ladi, ichki organlar shakllana boshlaydi. Bu davr mobaynida har bir a’zo yoki 
tizim teratogenga ta’sirchanligi vaqtini namoyish etadi, bu esa asosan har bir
a’zoning shakllanishi paytiga tog‘ri keladi. To‘liq rivojlanish davri har bir
a’zo uchun turli xil vaqtni o‘z ichiga oladi: masalan, yurak 3-4 haftada rivojlansa, 
miyaning to‘liq rivojlanishi eng kamida 6 oy vaqtni egallaydi. Tadqiqotning 
xulosasi shuki, teratogenning bir xil dozasi prenatal ta’sirning aniq vaqtidan kelib 


163 
chiqib, turli xil ta’sir o‘tkazishi mumkin (7.2-rasm).

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling