O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
7.4. Yo‘ldoshning roli
Bachadon silliq pardasi va homila qon tomirlarini birlashtirish orqali ona va homilani bog‘lab turuvchi yo‘ldosh, o‘sayotgan bolani oziqlantirish hamda uni keraksiz chiqindilardan tozalab turishdek muhim bo‘lgan vazifani bajarib, homiladorlik davrining eng muhim bog‘lovchisi hisoblanadi. 166 1. Yo‘ldosh metabolizmi. Homiladorlik jarayoinida o‘sib boradigan murak- kab va dinamik tizim bo‘lgan yo‘ldoshning o‘zi ham qator toksik moddalar hujumiga duchor bo‘ladi. Uning toksikologik ahamiyati bajaradigan asosiy 3 ta vazifasiga asoslanadi: kislorodga to‘yingan qonni homilaga yetkazib berish, qon orqali moddalarni ikki tomonlama tashish transporti vazifasini bajarish va ksenobiotik almashinuvni yengillashritish. Insondagi asosiy yo‘ldosh oqsil izoformasi CYP1A1 hisoblanadi, lekin uning oqsil ko‘rsatkichlari (masalan, tamaki yo‘nish mahsulotlari, deksametazon yoki atrof muhitni ifloslantiruvchi moddalar) darajasi past. Boshqa ko‘plab muhim CYP lar uchun, tadqiqotchilar inson yo‘ldoshida mos BRK (bachadon ribonuklein kislotasi) mavjudligini ko‘rsatishgan, lekin proteinning yuqori miqdorini yoki u bilan bog‘liq katalitik faoliyatini aniqlab bera olishmagan. CYP1A1 inson yo‘ldoshidagi ksenobiotiklar metabolizmini kislotaga aylantiruvchi asosiy katalizator hisoblanadi. 2. Yo‘ldosh tashuvchilar. Tadqiqotchilar yillar davomida, yo‘ldoshga kim- yoviy moddalar passiv diffuziyalar orqali o‘tadi, deb taxmin qilishgan, ammo ksenobiotik tashuvchilarning rolini isbotlovchi dalillar ko‘plab to‘plangan. Tashuvchining vazifasi faol bo‘lib, homiladagi o‘zgarishlar bilan hamohang ravishda harakat qiladi. Yo‘ldosh vazivasi nuqtai nazaridan, ustki membranada ona qoni tarkibidagi ksenobiotiklarni mumkin qadar kamaytirish uchun tashuvchilar harakatga keladi, bunda ABK tashuvchilarning ahamiyati kattadir. Bunda tashuv- chilar foydali moddalarni qabul qilish hamda homilaning chiqindilarini ona qoniga qayta tushishidan himoya qilishni tartibga solib turishga yordam beradi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling