O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127
 
7.7. Asosiy inson teratogenlari 
 
Asosiy yaxshi tanilgan inson teratogenlari o‘z ichiga tabiiy toksinlarni, 
sintetik atrof-muhitni ifloslantiruvchilar, ish muhiti bilan bog‘liq toksikantlar va 
ko‘p uchraydigan inson faoliyati bilan bog‘liq dori-darmonlar. Afsuski, bu 
ro‘yxatga saraton yoki epilepsiya kabi homiladorlik davrida klinik davolashni 
talab qiladigan surunkali kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan dorilar ham 
kiradi.
1.Dorilar: a) Valproat - akashak (tomir tortishishi) kasaliga qarshi smaralai 
dori bo‘lib, boshqa dori-darmonlardan davo topa olmaydigan bemorlar uchun juda 
qo‘l keladi. Bu dori yana bipolyar manyaklik-tushkunlik holatiga tushgan 
bemorlarni va migrenni davolashda ham keng qo‘llaniladi. Odatda, dorining kunlik 
dozasi yuqori bo‘lib, u 1-3 grammni tashkil etadi. Foydali sifatlariga qaramasdan, 
valproat ayrim bemorlarning jigarida salbiy o‘zgarishlar (gipototoksiklik) ni 
keltirib chiqaradi. Bundan tashqari u homilaga ham zaharli ta’sir o‘tkazmay 
qolmaydi, shu sababli homiladorlik davrida bu dorining qo‘llanilishi alohida 
nazorat ostiga olinadi. Masalan, homiladorlikning birinchi uch oyi davomida 
valproat ichgan onadan asab naychasi nuqsoni bilan tug‘iladigan nasllar soni 1 
dan 20 gacha oshadi. Prenatal rivojlanish davrida asab naychasi shakllanish
yig‘ilish va asab plastinkasining o‘rtaga to‘planishi jarayonlari orqali o‘rqa miya 
va bosh miyaga aylanadi. Bu murakkab jarayon boshlang‘ich neyrulyatsiya deb 
ataladi. Bu jarayonda beixtiyor nuqsonlar kuzatilishi odatiy holat, asab 
naychasidagi buzulishlar sohada spina bifida termini bilan yuritiladi. 
b) Talidomid - so‘nggi yillarning muvaffaqiyatli tajribalari 20 asr tibbiyot 
texnologiyasining eng katta kulfati bo‘lgan talidomid teratogenligining asosi 


172 
hisoblangan mexanizmlarni yuzaga chiqardi (1-bob). Teratogenlar aniqlanishi 
bilan ularni o‘rganish uchun jadal harakatlar ham boshlab yuborildi va keyingi 30-
40 yil ichida 30 dan ortiq nazariya paydo bo‘ldi. Ularning ayrimlari boshi berk 
ko‘chaga olib kirdi. Masalan, talidomid teratogenligi S-izomer shaklida (talidomid 
2 xil isomer shaklida, ya’ni S (-) va R (+)) kabi nazariyasi.
Keyingi izlanishlar bu izomerlarning tez-tez o‘zaro almashib turishi va har 
ikkalasi ham teratogen ekanligini isbotlab, yuqoridagi nazariyani yo‘qqa chiqardi. 
Ko‘plab ilk mexanizmlar talidomid zaharlanishning umumiy foydali tomonlari 
(masalan, foliy kislotasi va glyutomat metabolizmini buza olishi) ni ko‘rsatib 
bergan bo‘lsa, hech qaysi biri qoniqarli tarzda dorining teratogen xususiyatlarini 
tushuntirib bera olmadi: nima uchun o‘sayotgan qo‘l-oyoqlar har doim sezgir va 
nega teratogenlikka “ta’sirchanlik ko‘zgusi” shu darajada keskin? (7.3-rasm). 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling