O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127
 
7.8. Xulosa 
 
Kelajak avlodning sog‘lig‘i va havfsizligini qo‘riqlash, ona qornida o‘sayot-
gan nasl uchun ichonchli muhitni yaratish zamonaviy toksikologiya fanining eng 
dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Asosiy teratogenlar prenatal rivojlanishga 


179 
to‘sqinlik qilishi haqidagi bilimlarimiz kengaya borarkan, bu bilimlarimizni 
insonalarga nisbatan qo‘llanilishi va uning natijalari haqidagi shubhalar haliyam 
aniqlanganicha yo‘q. Bu murakkab vaziyat choqqisida inson yaratilishi bilan 
bo‘liq kuchli hissiy va madaniy faktorlar mavjud, yangi insonning dunyoga 
kelishi esa toksikantlikning rivojlanishini zamonaviy toksikologiyaning eng 
dolzarb bo‘limiga aylantiradi.
Ilg‘arilab borayotgan kimyoviy innovatsiya zamonida, yangi kimyoviy 
moddalarning paydo bo‘lishi va ularning homilaga ta’sirini aniq ko‘rsatib 
beradigan mukammal va arzon skrining texnologiyalariga bo‘lgan talab 
dolzarbligicha qoladi. Va nihoyat, molekulyar biologiya va genetikaning kuchli 
yondashuvlariga taya’nilib, nuqsonlar bilan tug‘lish ustida 50 yil davomida olib 
borilgan izlanishlar bu achchiq haqiqatga oydinlik kirita olmadi. Biz haliyam 
dunyoga kelgan nasllarning 65-70 foizi nuqsonlar bilan tug‘ilishining asosiy 
sababini aniqlay olmadik. Ksenobiotiklar kabi ekologik ta’sirlar hamda ona va bola 
genlari bu kam o‘rganilgan toksik natijaga aloqadorligi haqidagi gumonlar 
yoritilmay qolyapti. Toki bu kabi tug‘ilishda nuqsonlar “noma’lum etiologiya” 
toifasiga kirar ekan, bu sohada toksikologik izlanishlarga bo‘lgan talab 
muhimligicha qoladi.
Nazorat savollari 
 
1. Kimyoviy tashqi ta’sirlar homila rivojlanishida nechta salbiy
natijalarga olib keladi? 
2. Toksikologiyaning homilani kimyoviy moddalar bilan zaharlanishini
o‘rganadigan sohasida qanday terminlar va tushunchalar qo‘llaniladi? 
3. Homila va embrion metabolizmlari haqida tushuncha bering. 
4. Homila zaharlanishining o‘sishini qanday o‘rganiladi? 
5. Asosiy inson teratogenlariga qanday dorilar kiradi? 
6. Ish muhiti bilan bog‘liq teratogenlarga nimalar kiradi? 
7. Atrof-muhitni ifloslantiruvchilar inson organizmiga qanday yo‘llar
orqali o‘tadi? 


180 
8. Pestitsidlar bilan zaharlanish qanday oqibatlarga olib keladi? 
9. Pestitsidlar saraton kasalligiga sababchi ekanligiga ishonasmi? 
10. Homila rivojlanishida zamonaviy toksikologiyaning asosiy vazifalari
nimalardan iborat? 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling