O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Biologiya va saraton terminologiyasi
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
8.1. Biologiya va saraton terminologiyasi Saraton - bu 100 dan ortiq o‘simtali kasalliklarni o‘z ichiga olgan umumiy termin bo‘lib, bu o‘simtalarning hammasida genetikasi o‘zgargan hujayraning paydo bo‘lishi, ularning atrofdagi a’zolarga nisbatan tez o‘sishi yoki organizmning umumiy qoidalariga amal qilmagan holda rivojlanishi jarayonini namoyish 182 qilishi bilan kuzatiladi (8.1-rasm). Nazorat qilib bo‘lmaydigan hujayradagi bu o‘sish natijasi - o‘simta yoki shish deyiladi. O‘simta mahalliy to‘qimalardagi shishni ko‘zda tutsa, saraton shishga mubtalo bo‘lgan bemordagi butun klinik reaksiya-larni qamrab olgan kengroq termindir. Tadqiqotlardan aniq bo‘lishicha, o‘simtalar o‘zlarining genetik mutatsiyasi nuqtai nazaridan kelib chiqishi jihatidan har xil. Qisman suyak iligidan paydo bo‘lgan makrofag yoki neytrofil kabi immun hujayralarda filtratsiya tizimining buzilishi sababli, ularning fenotiplari ham o‘simtaning o‘sishi bilan birga ifloslanib boradi. XIX asr gistopotologiyasining boshlanishidan, tadqiqotchilar o‘simtalarni ularning biologik xususiyatlariga ko‘ra ikkita katta kategoriyaga ajrata bosh- lashdi. Xavfsiz o‘simta mahalliy darajada o‘sib, yon-atrofdagi to‘qimalarga tarqal- maydi, xavfli o‘simta esa mahalliy to‘qimani zabt etib, boshqa to‘qimalarda ham metastazalar hosil qiladi. Metastaza hujayralari odatda, qon yoki limfalar orqali tarqaladi. Yon-atrofdagi to‘qimalarga hujum qilib, ularga zarar yetkazish fanda “invazivlik”, yoki “bosqinchilik” deyiladi. Xavfli o‘simtalar odatda, ko‘plab xavfsiz o‘simtalarga nisbatan inson sog‘lig‘i uchun juda zararli bo‘lib, o‘rta hisobda, saratondan o‘lim hodisasining 90% ni tashkil qiladi. Saratonni organuv- chi biologlar, o‘simtalarni ikki guruhga, ya’ni “qattiq o‘simtalar” va “suyuq o‘simtalar” ga ajratishadi. Qattiq o‘simtalar to‘qimada shish paydo bo‘lishi bilan kuzatilsa, ikkinchi guruhga qon aylanish hujayralaridagi o‘zgarishlar kiradi (masalan, oqqon kasalligi qurbonlarida oq qon tanachalarining ko‘payib ketishi). 46 O‘simtalar inson tanasidagi 100 dan ortiq to‘qimalarning har birida paydo bo‘lishi mumkinligiga qaramasdan, ular boshliq a’zolar devorlarini epitelial hujayralari plitalarida ko‘p qayd qilinadi. Karsinomalar deb ataluvchi bu o‘simtalar saraton sabab o‘limning taxminan 80% ni tashkil qiladi. Tangasimon hujayralar saratoni epiteliyaning himoya qobig‘ida paydo bo‘lib, ular asosiy to‘qimalar bo‘ylab joylashadi yoki ularni qoplab oladi, adenokarsinomalar esa naychalar yoki bo‘shliqlarga salgilar ajratib chiqaruvchi maxsus epitelial 46 Colditz GA, Wei EK. Preventability of cancer: the relative contributions of biologic and social and physical environmental determinants of cancer mortality. Ann Rev Public Health. 2012;33:137–56. 183 hujayralarda paydo bo‘ladi. O‘pka va bachadon kabi ayrim to‘qimalardagi o‘simtalarda ham adeno- karsinoma ham tangasimon hujayra karsinomalari kuzatiladi. Noepitelial to‘qima- larda paydo bo‘ladigan o‘simtalar o‘z nomiga ega, masalan, sarkoma termini – inson tanasidagi bir yoki bir nechta birlashtiruvchi to‘qimalarda paydo bo‘ladi. Yana boshqa keng tarqalgan noepitelial o‘simtalar qon tomirlari va qon ishlab chiqaruvchi to‘qimalarda uchraydi: leykemiya (adabiy tilda – “oq qon”) bir nechta gematopoetik shajaralarda hosil bo‘lib, pigmentsiz hujayralarning o‘sishi bilan ajralib turadi, o‘z o‘rnida bu hujayralar qon tizimini qamrab olib, hukmini o‘tkaza boshlaydi. Limfa yo‘llarida paydo bo‘lgan o‘simtalar, odatda, tor limfa tizimida hosil bo‘lib, limfomalar nomi bilan mashhur massalarni tashkil qiladi. G‘ayritabiiy noepitelik o‘simtalarning uchinchi guruhi markaziy yoki periferik asab tizimining hujayralaridan paydo bo‘ladi (bularga misol: gliomalar, glioblastomalar va neyroblastomalar). Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling