Periferik a`zolarga: limfa tugunlari, taloq gemolimfatik tugunlar kiradi


Download 386.13 Kb.
bet1/5
Sana10.01.2023
Hajmi386.13 Kb.
#1087122
  1   2   3   4   5
Bog'liq
11 immmu

Immun javob samarasi yuzaga chiqishi uchun, hujayra darajasidagi bir qator xodisalar yuz berishi lozim. Barcha immun javob reaksiyalari asosini tashkil etuvchi hujayralarning munosabatlari periferik immun tizimi a`zolarida kuzatiladi. Periferik a`zolarga: limfa tugunlari, taloq gemolimfatik tugunlar kiradi. Bu a`zolar qatoriga murtaklar, hazm tizimida joylashgan alohida limfatik follikulalar yoki ularning guruhlar (Peyer tanachalari), appendiks, nafas va siydik chiqaruv yo‘llari bo‘ylab joylashgan limfoid folekulalar ham kiradi. Periferik a`zolarga qon yoki limfa orqali keluvchi T- va B- limfositlarning ko‘payishi, ularning gumoral va hujayraviy immunitet jarayonlarda ishtirok etuvchi effektor – (ma`lum jarayonni bajaruvchi) qon yaratuvchi va immun himoya a`zolari hujayralariga aylanadi. Timusdan tashqari, barcha a`zolarning stromasini biriktiruvchi to‘qimaning maxsus turi bo‘lgan retikulyar to‘qima tashkil etadi. Timusning asosini esa epitelial to‘qima hosil qiladi. Qon yaratuvchi va immun himoya tizimi a`zolari faoliyati nerv, endokrin tizimlar ta`siri ostida boshqarib turiladi.


Limfatik tugunlar
Tuzilishi. Limfa tuguni loviyasimon shaklga ega bo’lib, kattaligi 0,3–1 sm atrofida bo’ladi. Uning qavariq yuzasi orqali olib keluvchi limfatik tomirlar alohida-alohida holda tugun ichiga kiradi. Botiq yuzasi esa tugun darvozasi deb atalib, bu yerdan arteriya kiradi va vena hamda olib ketuvchi limfatik tomirlar chiqadi. Limfatik tugunlarning ko`pchiligi chov (qorin va son orasi)katta tomirlari bo`ylab ko`krak qafasi va qorin bo`shligida joylashadi. Ular kapsulaga o`ralgan hamda limfotsitlarga boy bo`lgan parenximadan tarkib topgan.
Yangi tug`ilgan chaqaloqda limfa tugunlari yanada rivojlanadi va bola 10-15 yoshga yetganda to`la yetilgan bo`ladi. Bola 15-17 yoshga yetgandan so`ng asta-sekin kichiklasha boshlaydi, keksayganda juda kichiklashib ketadi,yangi tug`ilgan chaqaloqda limfa tugunlari yanada rivojlanadi va bola 10-15 yoshga yetganda to`la yetilgan bo`ladi. Bola 15-17 yoshga yetgandan so`ng asta-sekin kichiklasha boshlaydi, keksayganda juda kichiklashib ketadi.
Gematoksillin eozin bo`yog`iga bo`yalgan limfatik tugunning ko`ndalang kesimini mikroskop ostida ko`zdan kechirsak, u ko`k rangda ekani ayon bo`ladi. Sababi,uning tarkibida to`q ko`k yadroga ega bo`lgan limfotsitlar ko`p uchraydi. Garchand har bir tugun unchalik katta bo’lmasada, lekin ularning son jihatdan ko’pligi qon yaratilishi va immunitet jarayonlarida yuqori o’rinlardan birini egallaydi. Ularning umumiy og’irligi taxminan 1,5–2 kg gacha yetishi mumkin. Limfatik tugun ham po`stloq va miya qavatlariga ega bo`ladi. Bunda limfotsitlar po`stloq qismida hosil bo`lib, uning miya qismiga qarab siljiydi.
Limfatik tugunning po`stloq moddasi timusning po`stloq moddasidan farq qiladi va asosan, limfatik follikullardan tashkil topadi. Bundan tashqari, limfatik tugunlarda epitelial komponent bo`lmaydi. Tananing barcha qismidan oqib o`tadigan limfa qon aylanish doirasiga o`tishdan oldin limfatik tugunni kesib o`tadi. Shuning uchun, limfatik tugunning asosiy vazifalaridan biri—mayda zarrachalarni va begona mahsulotlarni limfadan chetlashtirib o`ziga xos filtr tizimi vazifasini bajarishdan iborat.
Limfatik tugunlarning yana bir xususiyati o`simtalar rivojlanishida namoyon bo`ladi. Aniqlanishicha, birlamchi o`simtaning hujayralari ko`pincha limfatik tomirlarga tushib, keyinchalik limfatik tugunlarda to`planadi. Shu bilan birga limfatik tomirlar bo`yicha joylashgan limfatik tugunlar infektsion muhitni o`rganish chog`ida ko`pincha shishadi. Mana shu vaqtning o`zida ular limfani bakteriyalardan ozod qilishi shubhasiz. Limfatik tugun immunologik tizimning yuqori faol qismi hisoblanadi.


Limfa tuguni

Download 386.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling