Periferik a`zolarga: limfa tugunlari, taloq gemolimfatik tugunlar kiradi


Download 386.13 Kb.
bet3/5
Sana10.01.2023
Hajmi386.13 Kb.
#1087122
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 immmu

1 - jadval. Odam limfasi.



Zichligi

1,017-1,026 g/sm3

Suv

94,0-95,0 %

Yopish
qoqligi

1,7-2,0 shartli birlik (suvga nisbatan)

Umumiy oqsil (albuminlar, globulinlar, fibrinogen)



3,0-50,0

pH

7,35 - 9,0

Yog` (hazm a`zolaridan tashqari)

0,4 - 0,9 %

Kationlar: Na+

1,0 - 2,0 g/l

KQ

0,8 - 2,0 g/l

CaQ

0,01 - 0,1 g/l

Limfa ishqoriy muhitga (rN 7,35-9,0) ega bo`lgan suyuqlik. Turli a`zolarda limfa hosil bo`lishida sezilarli farq bor. Limfa hammadan ko`p jigarda hosil bo`ladi. A`zolarning 1 kg. Massasiga hisoblanganda, bir kecha-kunduzi jigarda 21-36 ml., yurakda 5-18 ml., taloqda 2-12 ml., skelet muskullarda 2-3 ml. limfa hosil bo`ladi. Katta odam organizmida limfa tomirlari orqali bir kunda qonga 1-3 l. limfa oqib tushadi.
Limfa harakati:
Limfa yo`llarining vena tomirlaridan farqi shundaki, vena tizimi bir tomondan kapillyardar (arteriyaning davomi) boshlanib, ikkinchi tomoni yurakka (yirik venalar) borib quyadi. Limfa tomirlari boshi berk hujayralararo limfa yoriqlaridan boshlanadi va avval limfa tomirlariga, so`ngra limfa tug`unlariga, undan keyin esa yirik limfa tomirlariga o`tib, nihoyat, ko`krak qafasida joylashgan eng katta limfa yo`li - ductus thoracicus orqali yurakka quyiluvchi katta vena tomirlariga ochiladi.
Tugunga limfa olib keluvchi tomirlar tugunning qabariq tomonidan kirib, u dastlab chekka yoki kapsula osti sinuslariga (sinus subcapsularis) quyiladi. Bu sinuslar tugun kapsulasi va follekulalar orasida joylashgan bo’ladi. Ularning tashqi devorini hosil qiluvchi endoteliy hujayralari bazal membranada yotib, tuzilishi jihatdan limfa tomirlarining endoteliy hujayralaridan deyarli farqlanmaydi. Sinuslarning follikullarni qoplab turuvchi ichki devorida esa endoteliyga o’xshash yassilashgan retikulyar hujayralar bo’lib, ularning orasida yoriqlar ko’rinadi, lekin bazal membrana bu yerda bo’lmaydi.
Endoteliy hujayralari orasidagi yoriqlar orqali tugunda hosil bo’lgan yangi limfotsitlar limfaga tushishi yoki aksincha, limfa suyuqligidan tugunga o’tishi mumkin. Limfa chekka sinuslardan oraliq sinuslarga yoki follekulalar va trabekulalar orasida joylashgan sinuslarga (sinus sortisalis perinodularis) o’tadi. Ulardan limfa suyuqligi mag’iz moddaga o’tib, bu yerdagi mag’iz tasmalar va trabekulalar orasidagi mag’iz sinuslarga (sinus medullaris) quyiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, oraliq va mag’iz sinuslarning devori yuqorida ko’rsatib o’tilgan chekka sinuslarning ichki devoriga aynan o’xshash tuzilishga ega bo’ladi.
Ularda ham endoteliy hujayralari orasida yoriqlar bo’lib, endoteliy hujayralari orasida makrofaglar uchraydi. Mag’iz sinuslaridan limfa suyuqligi darvoza sohasida joylashgan markaziy sinusga (sinus sentralis) yig’iladi va tugunning darvozasidan olib ketuvchi limfa tomiri orqali chiqib ketadi. Tugundan o’tish davomida limfa suyuqligi yot antigenlardan tozalanadi, yangi limfotsitlar va antitelolar bilan boyitiladi. Limfa tugunlarining o’zida yot zarrachalar va o’sma hujayralarini tutib qolish xususiyati ularni turli kasalliklarda o’zgarishga olib keladi.

Download 386.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling