Periferik a`zolarga: limfa tugunlari, taloq gemolimfatik tugunlar kiradi


Download 386.13 Kb.
bet4/5
Sana10.01.2023
Hajmi386.13 Kb.
#1087122
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 immmu

Qon aylanishi. Arteriya tugun darvozasi orqali kirib, asosan, ikki qismga tarmoqlanadi. Birinchi qismi kapsula va trabekulalar tomon yo’nalsa, ikkinchisi po’stloq va mag’iz moddalarda kapillyarlar to’rini hosil qiladi. Bu to’rdan postkapillyar venulalar boshlanib, ular venalarga yig’iladi va tugun darvozasidan vena shaklida chiqib ketadi. Sog’lom organizmda qon hesh qachon sinuslarda uchramaydi. Faqat ba’zi kasalliklarda sinuslar ichida ko’p miqdorda eritrotsitlar va granulotsitlar uchrashi mumkin. Limfa tugunlarining bu hildagi o’zgarishini odamda va sutemizuvchilarda uchrab turadigan gemolimfatik tugunlardan farq qilishi muhim amaliy ahamiyatga ega. Immunitetning markaziy a`zolarida T- va B- limfositlarining hosil bo‘lishi, ularning yuqoridagi a`zolaridan migratsiyasi, tarqalishi va resirkulyasiyasi tabiiy fiziologik jarayon bo‘lib, antigen qo‘zg‘alishi bo‘lmaganda ham davom etadi.
Odam periferik qonida (sog‘lomlarda) taxminan 65% T-limfositlar va 25% B-limfositlar bo‘ladi. Limfatik tomirlarning bir qismi kapsulaga kelsa, bir qismi uning darvoza deb ataladigan joyidan chiqadi. Ikkala turga oid tomirlar klapanga ega bo`lgani uchun, limfa ular tarkibida orqaga qarab yo`nala olmaydi. Suyak ko‘migida hosil bo‘lgan o‘zak hujayra timusga borganda gormon va mediatorlar ta`sirida T-limfositlarga differensiallashadi va taloq oq pulpasida joylashgan B-limfositlarning hosil bo‘lishi va differensiyasi boshlanadi.
Taloq. Taloq immun-himoya sistemasining periferik a’zosi bo`lib, organizmda bir qancha muhim vazifalarni o`taydi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarning talog`i taxminan 10-15 g atrofida bo`ladi.Taloqning to’q qizil rangini, undagi ko’p miqdorda bo’lgan qon elementlarining uchrashi bilan tushuntirsa bo’ladi. Taloq, qon doirasini o’zining funktsional faolligini yo’qotgan eritrotsit va leykotsitlardan tozalaydi. Bundan tashqari yangi limfotsitlarni keltirib chiqaradi.
Taloqning ustki qismi biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan uning ichki qismini pulpa tashkil etadi. Pulpa ikki qismdan iborat oq va qizildir. Oq pulpa taloqda juda mayda qattiq va kulrang hosila kabi,qizil pulpa ichida sochilgan bo’ladi. Hozirgacha qizil va oq pulpa orasida chegara farqlangani yo’q, lekin shu ikki pulpa orasida marginal mintaqa mavjud. Xuddi shu marginal mintaqada follikullyar tarkibiga kiradigan qon tomirlari yotadi. Marginal mintaqaga arteriyalar sirkulyatsiyasida bo`lgan limfositlar kelib tushadi.
Qon tarkibidagi antigen ham, shu mintaqaga kelib tushishi va u yerda hozir bo`lgan makrofaglar yordamida fagotsitozga uchrashi mumknn. Buning natijasida B —limfotsitlar faollashsa, ular avvaliga bo`lina boshlaydi, keyin esa antitana hosil qiluvchi hujayralar darajasiga ko`tariladi. Taloq immun tizimining periferik a`zosi bo‘lib, organizmda bir qancha muhim vazifalarni bajaradi.

Download 386.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling