Periferik a`zolarga: limfa tugunlari, taloq gemolimfatik tugunlar kiradi


 Qon yaratuvchi va himoya vazifasi


Download 386.13 Kb.
bet5/5
Sana10.01.2023
Hajmi386.13 Kb.
#1087122
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 immmu

1. Qon yaratuvchi va himoya vazifasi. Taloqda T- va B-limfotsitlarning ko`payishi hamda ularning mikromuhit hujayralari bilan hamkorlikdagi faoliyati kuzatiladi. Shu tufayli taloq hujayraviy va gumoral immunitetda aktiv ishtirok etadi. Bundan tashqari, taloqda yot zarrachalar ushlanib qolib, makrofaglar tomonidan yemiriladi. Embrion taraqqiyoti davomida taloqda granulotsitlar, eritrotsitlar va qon plastinkalari ham hosil bo`ladi. Ammo bu jarayon homila tug`ilishi paytiga kelib yo`qolib ketadi.
2. Taloqda yashash muddatini o`tagan eritrotsitlar va qon plastinkalari yemiriladi. Halok bo`lgan eritrotsitlar makrofaglar tomonidan yutilib, ulardagi gemoglobin parchalanadi. Natijada, o`zida temir saqlovchi transferrin va bilrubin moddalari hosil bo`ladi. Bilrubin qon orqali jigarga borib, u yerda o`t tarkibiga qo`shiladi. Transferrin esa suyak ko`migiga kelib, yangi hosil bo`layotgan eritrotsitlarda gemoglobin sintezi uchun ishlatiladi. Taloqning eritrotsitlarni yemirish xususiyati uni eritrotsitlar «mozori» deyilishiga sabab bo`lgan.
3. Taloqda bir qancha biologik aktiv moddalar ishlanib, ular qizil suyak ko`migida kechadigan eritropoez va trombotsitopoez jarayonlarini boshqarib turadi. Taloqning bu faoliyati juda kuchayib ketsa, qonda eritrotsitlar va trombotsitlar miqdori kamayib ketadi.
4. Taloqda ma’lum miqdorda qon zapasi saqlanib turadi va zarur bo`lganda qon aylanish doirasiga chiqariladi. Shu tufayli taloqni qon deposi ham deyish mumkin.
Shunday qilib, taloq faol immun-himoya a’zosigina bo`lib qolmay, balki bir qancha boshqa vazifalarni ham bajaradi. Taloq olib tashlanganda (splenektomiya) organizmning himoya qobiliyati susayadi. Oxirgi yillarda turli xil kasalliklarda (zaharlanish, infeksiyalar) qonni hayvondan olingan taloq orqali o`tkazib tozalash (splenosorbsiya) usuli keng qo`llanilmoqda. Bu taloqning muhim ahamiyatini yanada bir bor tasdiqlaydi. 

Download 386.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling