O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   127
7.3-rasm. Insonlarda talidomid neonatal toksiklik davrida turli a’zolarda 
muhim “ta’sirchanlik ko‘zgusi” . 


173 
Har xil jonzodlarning talidomidga chidamliligini aniqlaydigan, nima uchun 
insonning unga qaraganda nozik ekanligi va kalamush hamda sichqonlar yaxshi 
bardosh berishini, quyonlar esa o‘rta me’yorda bardoshlilikni ko‘rsatishini tushun-
tira oladigan nazariya kerak bo‘ldi. Asos bo‘lib xizmat qiluvchi toksik mexa-
nizmlarni topish ustidagi tajriba va izlanishlar 1990- va undan keyingi yillarda
o‘z “cho‘qqisi” ga ko‘tarildi. 1990-yillarning boshlarida Berlin Free Universiteti 
talidomidning to‘qima-lar yuza qismidagi retseptor klasterini boshqarishni o‘z
ichiga oladigan yangi xuxusiyatini oshkor qildi, bularga integrin moddasi ham 
kirgan. U to‘qimalar va bachadondan tashqaridagi hujayralarni birlashtiradi
43
. Bu 
kashfiyotlar homila qo‘l-oyoqlari yetilishi va o‘sishi davrida hujayralarning 
birlashishi hamda ko‘chishini buzishi ham mumkin ekanligini isbot qildi.
Ko‘p o‘tmasdan, 1994-yili Garvard Universiteti tadqiqotchilari talidomid-
ning quyonlarda qon tomiri o‘sishiga kuchli to‘siq bo‘luvchi xuxusiyatini 
aniqlashdi. Angiogenez moddasiga ta’sir qilib, talidomidlar qo‘l va oyoqlar 
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalarini to‘sib qo‘yadi. 
2. Ish muhiti bilan bog‘liq teratogenlar. Ko‘plab ayo‘llar, ayni nasl 
qoldiradigan yoshlarida kelajak avlodga zarar yetkazadigan, kimyoviy modda-
lardan zaharlanishi yoki nurlanishi mumkin bo‘lgan korxonalarda mehnat qilishi 
kabi ijtimoiy ta’sirlar, jahon hamjamiyati va biologiya sohasi mutaxassislari oldida 
turgan dolzarb masalalardan biridir. 
a) kadmiy - yumshoq havorang metall bo‘lib, oksidlanish darajasi +2 ga 
teng bo‘lgan birikmalar ko‘rinishida uchraydi. Uning ko‘p foydali xususiyatlari 
sababli kadmiy sanoatda keng qo‘llanilgan, bu xususiyatlari: zanglamasligi, past 
haroratda erishi, egiluvchanligi va yuqori issiqlik va elektr tokini o‘tkazuv-
chanligidir. Bu metall nefrotoksiklik, gepotoksiklik, kanserogenlik va teratogen-
lik kabi zaharlovchi salbiy xususiyatlarga ega, uning atrof-muhitni ifloslanti-
ruvchi hamda zaharlovchi xususiyatlari aniqlangach, kadmiy sanoatda kamroq 
ishlatiladigan bo‘ldi. Ammo hozirgi kunda kadmiydan batareyalar, pigmentlar, 
43
Ito T et al. Identification of a primary target of thalidomide teratogenicity. Science. 2010;327:1345–50.


174 
bo‘yoqlar, qoplovchi qismlar, polimer yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarishda 
hamda fotoelektrik uskunalar yaratilishida keng qo‘llaniladi. Albatta, kadmiy-
ning atrof-muhitga ham ta’siri katta, sababi u qorg‘oshin, mis, temir, polat 
mahsulotlariga; ko‘mir, neft, gaz, torf va yog‘och kabi yonilg‘i mahsulotlariga; 
fosfat qazilmalari va sementga kimyoviy ta’sir o‘tkazib, ularning tarkibini 
o‘zgartiradi.
b) Organik erituvchilar - sanoat mollari va kundalik xo‘jalik mahsulotlarini 
ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan turli kimyoviy moddalarni o‘z ichiga 
oladi. Erituvchilarning umumiy sinfi xushboy uglevodlarni (yelim hamda 
tozalovchi mahsulotlar tarkibidagi toluol, ksilol); alifatik uglevodorodlarni 
(yonilg‘i tarkibidagi butan va propan) va alkilgalogenidlar (yog‘sizlantiruvchi, 
bo‘yoqlarni ketkazuvchi va havo tozalaydigan turli mahsulotlar tarkibidagi 
trixloroetin va metilxlorid moddalari).
Bulardan tashqari organik erituvchilarga nitrit, keton, atsetonlar ham kiradi. 
To‘gri foydalanilgan holda bu kimyoviy moddalar minimal miqdorda zarar 
yetkazadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan ish tajribasining kamligi yoki baxtsiz 
hodisalar zaharlanishga olib keladi, aholining ayrim qismida esa toksikomaniya 
kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Toluoldan zaharlanish asosan ish joylarida 
sodir bo‘lishiga qaramasdan, bo‘shagan aerozol idishlaridagi qoldiqlarning 
“to‘satdan uflab yuborishi” hodisasi ham ayo‘llar va bolalarning zaharlanishiga 
sabab bo‘ladi. Tarkibida toluol moddasi bo‘lgan mahsulotlar miyaga bo‘shash-
tiruvchi ta’sir ko‘rsatganligi sababli, yaqinda AQSH da o‘tkazilgan so‘rovnoma 
natijasi homilador ayo‘llar tomonidan ko‘p foydalaniladigan mahsulotlar tarkibi-
dan topildi. 
3. Atrof-muhitni ifloslantiruvchilar. Tahliliy texnologiyalarda ta’sirchanlik 
ustida olib borilgan qator kuzatishlarning ijobiy natijalari, so‘nggi yillarda inson 
homilasi yakunida olingan kindik qoni va yo‘ldosh ichidagi namunalarda 
zaharlovchi moddalarni tekshirish imkonini yaratdi. Bu tekshirishlar shuni 
ko‘rsatadiki, bu zaharlovchilar bugungi kunning dolzarb muammosi bo‘lgan atrof-
muhit ifloslanishi bilan bog‘liq. Zamonaviy toksikologiya fanining oldida turgan 


175 
asosiy va birlamchi vazifalardan biri - bu ta’sirga olib keladigan turli omillani 
tog‘ri baholay olish, uning oldini olish hamda bu zararni imkon qadar
kamaytirishdir. 
a) Endokrin ta’sir o‘tkazuvchilar va Bisfenol A.
AQSH, Yevropa va boshqa davlatlarda ommaviy axborot vositalari keng 
foydalaniladigan plastifikator Bisfenol A (BFA) moddasidan o‘z diqqatlarini bir 
nechta aralashmalarga qaratdi. BFA yuqori miqdorli kimyoviy modda bo‘lib, 
oziq-ovqat va ichimliklar qadoqlarinini, kompakt-disklarini, xavfsizlik texnika-
lari hamda tibbiyot jihozlarini tayyorlashdagi polikarbonat plastiklarini ishlab 
chiqarishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, BFA oziq-ovqat qutilari, shishalar 
qopqog‘i va suv quvurlarida ishlatiladigan epoksid qatronlarida ham keng 
qo‘llaniladi. 2009-yilda Bisfenol jahon miqyosida 2.2 million tonnadan ziyod 
ishlab chiqarildi. Sanoatda va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida 
keng qo‘llanilgani sababli, BFA atrof-muhitga zarari hozirgi kunning ajralmas 
qismiga aylangan.
44
Binobarin, BFA metabolitlari peshob tahlilida namoyon bo‘ladi. Inson 
organizmiga bu moddalar kundalik hayotda ishlatadigan oziq-ovqat qadoqlari, 
ichimliklar qopqoqlari va plastik idishlardagi ovqatlarni iste’mol qilishlari 
natijasida o‘tadi. Shunday qilib BFA Oziq-Ovqat Mahsulotlari Bilan Bog‘liq 
aralashma deb ataladi. Bundan tashqari BFA ning kam miqdorda teri orqali 
cho‘milish paytida ham kiradi. Yevropa Oziq-ovqat Xavfsizligi Tashkiloti va 
boshqa milliy boshqaruv organlari BFA ning kundalik iste’moli miqdorini 0.05 
mg/kg deb belgilaganiga qaramasdan, ayrim atrof-muhitni himoya qilish 
tashkilotlari bu ko‘rsatkichni yanada kamaytirish harakatida. 
Chaqaloqlar va yosh bolalarning BFA dan zaharlanishining oldini olish 
maqsadida ko‘plab ishlab-chiqaruvchi korxonalar bu aralashmani chaqaloqlar suv 
idishlari va boshqa bolalar iste’mol mahsulotlarida ishlatishni taqiqlab qo‘yishdi. 
Biologlarni ko‘p xavotirga solayotgan tomoni - aralashma bolalarning endokrin 
44
National Toxicology Brief on Bisphenol A. Available at 
www.niehs.nih.gov/health/topics/agents/sya-bpa/#4 
(September 
2008).


176 
tizimiga salbiy ta’sir o‘tkazadi va garmonlarga signal jo‘natuvchi yo‘llarda 
o’zgarishlar hosil qiladi.
45
Bu aralashmaning turli ta’sirlari ilmiy tomondan 
ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘lishiga qaramasdan, inson sog‘lig‘ida muam-
molarni keltirib chiqaruvchi endokrin tizimidagi o‘zgarishlar saraton, qandli 
diabet, semirish, yurak kasalliklari, bepushtlik va voyaga yetmaganlarda 
rivojlanish buzilishi kabi kasalliklariga sabab bo‘ladi.
BFA va boshqa plastifikatorlar, shular qatorida ftalatlardan tashqari, 
endokrin tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kimyoviy moddalar ro’yxatini tabiiy 
va sintetik birikmalar to’ldiradi. Bularga yaqqol misol tarzida dori-darmonlar, 
dioksin misol xloroorganik birikmalar, bifenil moddasi va boshqa pestitsidlarni 
keltirish mumkin (7.4-a rasm).

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling