O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127
 
8-BOB 
KIMYOVIY MODDALAR VA SARATON 
 
Saraton -halokatli, shu bilan birga turli xususiyatga ega holat bo‘lib, hujayra 
guruhlarining paydo bo‘lishi bilan ta’riflanadi, bu hujayra guruhlari hujayralarning 
shakllanishi va tarqalishini nazorat qilmaydi va mahalliy to‘qimalarga tajovuzkor 
hujum qilib, ularni qamrab oladi hamda atrofga metas-tazalar tarqalishiga olib 
keladi. Bu muhim o‘zgarishlar asosida yotgan mutatsiyalarni o‘rganish maqda-
sida, zamonaviy toksikologiya fani bu mutatsiyalarga sabab bo‘layotgan kimyoviy 
moddalarni aniqlashga katta kuch sarflamoqda. 
Bunda asosiy e’tibor bioaktivatsiya kanserogenlari genomda noto‘g‘ri 
rivojlanadigan DNK - reaktiv metabolitlarini keltirib chiqaradigan mexanizm-
larga qaratiladi. Bunday DNK adduktlari kimyoviy kanserogenlar uchun hal 
qiluvchi ahamiyatga ega. Ular yoki DNK polimerazi yordamida mutatsiyaga 
sabab bo‘lib, apoptozga olib keladi, yoki fermemtatsiya jarayonini boshidan 
o‘tkazadi. Bu DNK adduktlari inson va hayvonlarda kanserogenlarning ta’sirini 
aniqlab beruvchi qulay ko‘rsatkich ham hisoblanadi.
Bu tushunchalar fanga ma’lum bo‘lgan inson kanserogenlari (masalan, 
vinilxlorid, asbest va aristolox kislotasi), hamda insonlarda saraton kasalligini 
keltirib chiqaradigan, ahamiyati aniq bo‘lmagan kimyoviy moddalar (masalan, 
akrilamid) ni o‘rganish bilan mustahkamlanadi. 
1971-yil Amerika prezidenti Nikson AQSh qonunchiligiga Milliy Saraton 
Aktini kiritib imzo qo‘yish bilan “Saratonga qarshi kurash” harakatida tub 
burilish yasadi. Bu bilan mamlakatda saratonning kelib chiqishi hamda unga 
qarshi eng samarali vositalarni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlar boshlandi. 


181 
Bugungi kunga kelib bu ofatga qarshi kurashda erishilgan yutuqlarni hech kim 
aniq aytib bera olmaydi, lekin tanqidchilar qanchadan-qancha dori-darmon va 
usullarning besamara bo‘lganligiyu, muvaffaqiyatsizlikka erishgan tadqiqotlar 
haqida barilla gapirishadi. Shu bilan birga, yaqin yillarda insoniyat saratonni 
yenga olmasligi mumkin, lekin o‘smalarning paydo bo‘lishidagi kimyoviy 
omillar haqida fikrlarimiz kengaydi. So‘nggi o‘n yilliklar ichida zamonaviy 
toksikologiya kanserogen kimyoviy moddalarini va saratonga olib keluvchi 
omillarni aniqlashda sezilarli darajada ildamlashdi.
8.1-rasm. Saraton rivojlanishining an’anaviy namunasi - bitta hujayraning 
mutatsiya hodisasi orqali yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritib, birlamchi o‘zgarish- 
larda o‘simtalar uchun monoclonal kelib chiqish misolidir.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling