O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
7.3. Homila va embrion metabolizmi Ona, yo‘ldosh va homila to‘qimalaridagi ksenobiotik metabolizmlar o‘rtasidagi murakkab aloqalar teratogen sindromlarini mexanik izlanishlar jarayonini murakkablashtiradi. Darhaqiqat, isbotlangan 10 ga yaqin inson terato- genlarining metabolitlarga qo‘shgan hissasi yoki foydasi haqida aniq to‘xtamga kelingani yo‘q. Bu holat hayvonlar ustida o‘tkazilgan kuzatishlarda samaraliroqdir, ammo noaniqlik inson organizmidagi metabolitlarda noaniqlik markaziy o‘rinni egallaydi, bunga hatto yaxshi o‘rganib chiqilgan talidomid toksikanti ham kiradi. Embrion ksenibiotik-metabolik xususiyatlarining homila davrida doimiy ravishda o‘zgarib turishi teratogen natijalarida metabolitlar ta’sirini murakkab- lashtiradi 40 . Nihoyat, ko‘p qo‘llaniladigan laboratoriy sharoitidagi jonzodlar va 40 Tyl RW. Commentary on the role of maternal toxicity on developmental toxicity. Birth Defects Res B Dev Reprod Toxicol. 2012;95:262–6. 165 inson embrioni orasidagi ksenobiotik-metabolik fermentlarning yetilish farqlari bu sohaning rivojlanishida qator to‘siqlarni keltirib chiqaradi. Ayrim teratogen- larda bioaktivatsiya jarayoni ona jigarida sodir bo‘ladi, shunday ekan, zaharlan- gan metabolitlar bu tana a’zosining o‘zidayoq homilaga salbiy ta’sir yetishidan oldinroq, ya’ni qon aylanish tizimiga o‘tib ulgurmasdan zaharlanishdan xoli bo‘la oladimi? Ko‘psiklli xushboy uglevodorodlar (KXU) - keng tarqalgan atrof-muhitni ifloslantiruvchi va asosiy tamaki tutuni konserogenlari ona jigaridagi bio- aktivatsiya jarayonini o‘z ichiga oladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, embrion ham ksenobiotiklarni bioaktivlashrira oladi, degan xulosaga kelish mushkul, sababi, KXU ning takror va takror ta’siri yo‘ldoshning CYP1A1 oqsilini oshirib yuboradi va natijada KXU zaharli metabolitga aylanadi. Ona tana a’zolaridagi bioaktivatsiya jarayoni kamdan-kam hollarda homiladagi teratogen natijalarga nisbatan metabolizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, inson embrioni ksenobiotiklarga nisbatan ojiz ta’sir o‘tkazadi. Embrion jigari homiladorlikning to‘rtinchi haftasida mezoderma va endoderma- lardan hosil bo‘ladi va u birinchi uch oy davomida rovojlanadi. Silliq endo- plazmatik to‘qima bu davr mobaynida sekin rivojlangani sababli, inson embrionining jigarida CYP ning asosiy ko‘rinishlari (masalan, CYP1A2, -2K9, - 2D6, -2E1 va -3A4) juda sust yoki umuman ko‘rinmaydi. CYP3A7 oqsili bundan mustasno, chunki uning embrional namoyon bo‘lish darajasi yuqori. CYP3A7 oqsili ko‘plab zararli ksenobiotiklar (masalan, KXU va aflotoksin B 1 ) ni bioaktivlashrira olgani sababli, inson organizmidagi teratogen sindromida markaziy o‘rin tutadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling