O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   127
 
7.2-rasm. Ray Shenefelt tomonidan o‘tkazilgan an’anaviy tadqiqotlar shuni 
ta’kidladiki, teratogenlarning ta’sir qilish vaqtini nazorat qilish nasllarda 
rivojlanishdagi nuqsonlar tabiatini aniq o‘rganish imkonini beradi. Homilador uy 
sichqonlariga retin kislotasi bir xil, ya’ni LD50 dozada homiladorlik davrining 
aniq belgilangan 20 kunida berilgan. 
Sinsinatti Universitetida Ray Shenefelt tomonidan 40 yildan ham ko‘proq
vaqt oldin uy sichqonlari ustida olib borilgan an’anaviy kuzatishlar bunday
g‘oyaning tug‘ilishiga sabab bo‘lgan. Klinik patalog Shenefelt bir xil dori
qabul qilgan bemorlarda rivojlanishdagi turli o‘zgarishlardan hayratga kelgan. 
Kuzatishlarini bir tizimga solish maqsadida u retinoik kislotasining bir xil 
dozasini uy sichqonining homiladorlik davri bo‘lgan 12 haftaning turli 20 
bosqichlarida ularga nisbatan qo‘llagan. A vitaminining suvda eritilgan ko‘rinishi 
bo‘lgan Retinoik kislotasi katta dozada embrion rivojlanishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 623 ta embrionlarning ayrimlarida ichki a’zolarda va bosh, boyin va 
bosh miya a’zolarida turli nuqsonlar kuzatilgan. Embrion rivojlanishida tabiiy 


164 
holatlar va dorilarning salbiy ta’siri bog‘liqligini kuzatish maqsadida yana 200 ta 
homila tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Bu an’anaviy tadqiqot ko‘plab teratogen natijalar uchun aniq “ta’sirchan-
lik darajasi”ni yaqqol ko‘rsatib berdi. Keyinchalik esa, shu kabi tadqiqotlar boshqa 
jonzodlarda turli xil teratogenlar ishtirokida sinovlardan o‘tkazildi va ular natijasi 
ilk natijalardan farq qilgani yo‘q. Bunday kashfiyotlar fanda keng imkoniyatlar 
yaratib berdi va kashfiyotchilar homiladorlik davrida toksikantlarni qo‘llashning 
mos davrlarini bilish muhimligini anglab yetdilar. Bu kashfiyotlar klinik 
amaliyotda keng qo‘llana boshladi, buning sabablari bir talaygina bo‘lib, ayrim 
teratogen moddalar epilepsiya kabi og‘ir dardga chalingan ona organizmiga 
yuborish orqali homiladorlik paytiga tashqi ta’sir o‘tkazishdir. Shu bilan birga, 
ayrim mamlakatlarga xos bo‘lgan katta yoshda homilador bo‘lish an’anasi, 
homiladorlik bilan bog‘liq saraton kasalligiga qarshi toksik dorilarni qo‘llashni 
taqazo qiladi. Yuqorida tilga olingan tadqiqotlar esa insonlarga nisbatan toksik 
moddalarni qo‘llashning homilaga ta’sirini kamaytirish uchun dolzarb hisoblanadi.

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling