O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
7.1. Asosiy terminlar va tushunchalar Toksikologiyani homilaning kimyoviy moddalar bilan zaharlanishini o‘rganadigan sohasi bo‘lgan “Terotologiya”, grek tilidan kirib kelgan bo‘lib, teras, ya’ni maxluq nomidan olingan. Ilk yillarda bu soha vakillari kuzatishlar olib borib, rivojlanayotgan organizmga kimyoviy moddalarning ta’sirini o‘rganishgan. Lekin, oxirgi yillarga kelib, insoniyat rivojlanishining molekulyar asosi haqidagi dunyoqarashlarning kengayganligiga asoslanib, soha vakillari kimyoviy ta’sir natijasida dunyoga keladigan tug‘ma nuqsonliklar asosida yotuvchi biokimyoviy mexanizmlarga asosiy diqqatini qaratdi. kimyoviy ogohlantirgandan prenatal 38 Bowen SE. Two serious and challenging medical complications associated with volatile substance misuse: sudden sniffing death and fetal solvent syndrome. Subst Use Misuse. 2011;46 Suppl 1:68–72. 160 zaharlanish boshqa zaharlanish belgilaridan farq qilgani sababli, soha tegishli terminlarni qo‘llay boshladi. Birinchi termin conseptus (konseptus) bo‘lib, u homilaning urug‘lanish, embrion, bola, qopchiq, yo‘ldosh faoiliyati kabi butun jarayonini ko‘zda tutadi. Teratogen moddasi homila morfologiyasidagi salbiy o‘zgarishlarni erta muddatda aniqlab beradi. Turli kimyoviy moddalar homilaga rivojlanishining har qanday bosqichida zarar yetkazadi, ayniqsa, birinchi uch oy davomida e’tiborliroq bo‘lish talab qilinadi. Rivojlantiruvchi toksikant bola tug‘ilgunga qadar bo‘lgan har qanday muddatda zaharlanishni ko‘rsatib beradi. Terotogenlar ta’sirida kuzatiladigan strukturaviy o‘zgarishlardan farqli o‘laroq, rivojlantiruvchi toksikantlar chuqur tekshirishlarsiz yuzaga chiqmaydigan biokimyoviy va molekulyar o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Nazariyada, haqiqiy rivojlantiruvchi toksikant yoki teratogen prenatal rivojlanishga ta’sir qiladi, ammo ona sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydi. O‘sishga to‘siqlik qiladigan kimyoviy modda homilani o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va natijada bola kichik vazn bilan tug‘iladi, bu esa tibbiyotda “karlik”, ya’ni “pakana” deb ataladi. Asosan bu o‘zgarish homilaning oxirgi 6 oyi davridagi kimyoviy zaharlanish natijasida yuzaga keladi. Bola tana tizimi- ning o‘sishi asosan oxirgi 3 oy mobaynida bo‘lgani sababli, o‘sishga to‘siqlik qiladigan kimyoviy moddalar ta’siri o‘z salbiy oqibatlariga olib keladi. Aynan shu davr mobaynida bosh miya turli kimyoviy ta’sirlarga juda ham sezuvchan bo‘ladi. Bu sohadagi ko‘plab mulohazalar, tug‘ish samaradorligi yuqori hisob- langan sut emizuvchilar: sichqon, kalamush va quyonlarni o‘rganish natijalarida yuzaga kelgan. 39 Axlatlarda kimyoviy zaharlanish asosan 3 ta salbiy natijalarga: homilaning notog‘ri rivojlanishi, o‘sishdan to‘xtashi va o‘limiga olib kelgan (7.1- a,b,c,d rasm). 39 Chandler KJ et al. Evaluation of 309 environmental chemicals using a mouse embryonic stem cell adherent cell differentiation and cytotoxicity assay. PLoS One. 2011;6(6):e18540. doi: 10.1371/ journal.pone.0018540 . Epub 2011 Jun 7. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling