O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Sezuvchanlikka ta’sir qiluvchi omillar


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127
 
6.1. Sezuvchanlikka ta’sir qiluvchi omillar 
 
Aynan qaysi a’zo kimyoviy toksikant hujumi qurboni bo‘lganligini oldin-
dan aniqlash juda mushkul, murakkab biologik tizimda toksikantlikka tekshiruv-
larsiz zaharlanishni oldindan bila olish imkoni kamdan-kam uchraydi (masalan, 
tirik inson yoki hayvonlarda testlar). Turli a’zolardan olingan probirkadagi 


130 
hujayralar toksikantlik yoki hujayra buzilishi mexanizmlari tekshirishlarida
qo‘llanilishidan qat’iy nazar, tabiiy muhitda toksikantlarning aynan qaysi a’zoga
ta’sir o‘tkazganini bashorat qilish qiyin masala.
29
Masalan, jigar to‘qimalarining 
namunalari laboratoriya sharoitida kimyoviy moddalarga nisbatan zaifligi, tabiiy 
muhitda hamma insonlar yoki hayvonlar jigarlarining so‘zsiz, buyrakka nisbatan
shikastlanish ehtimoli katta, degani emas. Birinchidan, ksenobiotikning butun 
tanada tarqalishi bilan bog‘liq murakkablik, toksikant moljaliga tushgan a’zoni 
oldindan aniqlashni qiyinlashrtiradi. Ko‘p hollarda, ma’lum a’zolar zarar ko‘radi, 
chunki toksikokinetik a’zolar ksenobiotiklarning katta miqdori bir joyga
to‘planishida xizmat qiladi.  
Nazariyada, moljalga tushgan to‘qimadagi toksikantlar miqdori, avvalam 
bor, toksik sindromlarning o‘tkir va surunkaliligini aniqlab beradi; shundan 
kelib chiqadiki, yuqori faollikni ko‘rsatgan to‘qimalar zaharlanishga beriluvchan 
bo‘ladi. Kuchli qon oqimini qabul qiladigan a’zo yoki to‘qimalar qon orqali 
o‘tadigan toksikantlarni o‘zida to‘plashi mumkin. Bularga yaqqol misol tariqasida 
jigar va buyrakni olishimiz mumkin, chunki peshob chiqarish a’zolari sifatida 
ular ko‘plab ksenobiotik tashuvchilari bo‘lgan katta miqdordagi qonni qabul 
qiladi. Tabiiy muhitda toksikantlar nishoniga tushgan a’zoni oldindan taxmin 
qila olishni murakkablashritadigan yana bir omil – kimyoviy moddalarning 
metabolik taqdiridir. 
Toki ksenobiotiklar almashinuvini bashorat qilishda ishtirok etadigan 
kremniy yoki hisoblash modellari dorishunoslik sanoati va ilmiy laboratoriya-
larda takomillashtirish jarayonida ekan, bu yondashuvlar kamdan-kam hollarda 
organizmda sodir bo‘layotgan ksenobiotiklarning murakkab almashinuvini to‘liq 
bashorat qilab bera oladi. Ko‘plab ksenobiotiklar jigar yoki boshqa to‘qimalar-
ning faoliyati jarayonida o‘nlab turli metabolitlar hosil qiladi. Odatda, bunday 
metabolitlarning ko‘pchiligida zaharlovchi xususiyati kam bo‘lib, ularning 
yaratilishi, asosan, ona organizmidan ksenobiotikning yoqolishiga sabab bo‘ladi. 
29
Corsini A, Bortolini M. Drug-induced liver injury: the role of drug metobolism and transport. J Klin Pharmacol. 2013;53:463–
74. 


131 
Shunga qaramasdan, bir yoki bir nechta metabolitlar kuchli toksik 
xususiyatga ega bo‘lishi kuzatiladi. Bunday metabolitlar ksenobiotiklarning 
umumiy toksikokinetik ta’sirida ikkinchi darajali ahamiyatga ega (masalan, 
organizmni umumiy tozalashda hissasi kam) bo‘lishi mumkin, lekin toksikologik 
ahamiyati nuqtai-nazaridan bir yoki bir nechta nishondagi a’zoga ta’siri sababli 
yuqori baholash mumkin. Bundan tashqari, bu kabi toksik metabolitlar ko‘p 
hollarda oldindan aniqlab bo‘lmaydigan yo‘nalishni tanlaydi. Misol uchun, toksik 
modda, bezarar metabolitlar paydo bo‘lgunga qadar ichak devorlari yoki uning 
tarkibida bir necha marta aylanib metabolik ishlovdan o‘tadi, keyinchalik bu 
metabolitlar peshob chiqarish a’zolarida zararlanishga aylanadi. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling