O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   127
6. Ksenosensorlar bajaradigan boshqa vazifalar.Ksenosensorlarni bu nom 
bilan atash ularning farmakologiya va toksiko-logik jarayondagi ahamiyatini 
to‘liqligicha ifodalab bera olmasada, ko‘p qirrali bu oqsillar aslida bir qancha 
fiziologik rollarni bajaradi. Misol uchun, ligand faollashtirgan transkriptsiya 
faktorlari gem metabolit bilirubini singari endogen molekular, shu bilan birga
qalqonsimon bez gormonlari va steroid gormonlarning aylanish faoliyatini ham 
nazorat qilishga yordam beradi. Ksenosensorlarning biologik xususiyatlarini 
chuqurroq o‘rganishga ularning o‘z guruhi tarkibida ham qaysi biri qaysi ligandlar 
bilan bog‘lanishini oldindan aniq bilishning imkoniyati yo‘qligi va ligandlar bilan 
bog‘lanishda induksiyalanadigan genlar to‘sqinlik qiladi. Bitta induktorga xos 
xususiyat kashf etilganda, uni boshqalariga ham tadbiq etish yaramasligini yodda 
tutish zarur. 
7. Ksenosensor ishtirok etmaydigan CYP induksiyalanishi. Ksenosensor 
stimullaydigan transkriptsiya reaksiyalari ksenobiotik ta’siri davomida ko‘p CYP 
induksiyalanishini bartaraf qilsada, boshqa mexanizmlarda kimyoviy moddalar 
zarur bo‘ladi. Masalan, retseptor ishtirok etmaydigan CYP2E1 induksiyalanishi 
muntazam alkogol iste’mol qilinganda proteoliz (oqsillarning parchalanishi) ga 
qarshi oqsilni me’yorlashtirish sabab 2E1 oqsilning miqdori 2E1 gen 
transkriptsiyasidan oshib ketadi. Lekin ikkinchi holat katta miqdordagi dozada 
alkogol ta’sirida ham yuz berishi mumkin. CYP2E1 oqsilining me’yorlashishi 
turli fiziologik holat va patologik sindromlarga sabab bo‘ladi (masalan, kam 
ovqatlanish, diabet, ortiqcha vazn, yog‘li taomlarni ko‘p iste’mol qilish).
Alkogol ta’sirida CYP2E1 induksiyalanishi asosida yotgan mexanizm, 
proteosomal degradatsiya haqida belgi beruvchi, 2E1 dagi serin qoldiqlarining
kinaz fosforlanishining to‘xtab qolishi oqibatida kechadigan proteolitik ayla-
nishga qarshi stabilizatsiya amalga oshiriladi. CYP2E1 oqsilining odatda qisqa 
bo‘ladigan umri alkogol ta’siriga uchraganda sezilarli darajada uzayadi (7 soatdan 
47 soatga). Alkogolning CYP2E1 ning ko‘payishiga ko‘rsatadigan bu ta’siri faqat 
jigarda kuzatilmaydi. Bunga o‘xshash induksiyalanishlar boshqa to‘qimalarda, 
jumladan limfotsitlarda, yo‘ldosh va qizilo‘ngachda ham yuz beradi. 2E1 


121 
proteoliziga qarshi substrat stabilizatsiya boshqa 2E1 substratlari bilan ham 
yuzaga kelishi mumkin (tuberkulyozga qarshi preparat – isoniazid va sanoatdagi 
kimyoviy moddalar atseton, trixloretilen, sterol hamda toluol). Substratlarning 
CYP proteolizini supressiyalash qobiliyati boshqa CYP izoformalarigacha ham 
yetib boradi, masalan 3A4 induksiyalanishi ham uzoq muddatli alkogol ta’sirida 
yuz beradi. 
Konyugativ metabolizmning induksiyalanishi. AhR va PXR kabi ksenosensor-
larga reaksiya berish elementlari konyugativ metabolizmda vositachilik qiladigan 
bir qator enzimlarni (UGT lar, SULT lar, GST lar, NAT lar) kodlaydigan gen 
promouterlarida joylashgan bo‘ladi. TCDD, rifampitsin, fenobarbitol yoki 
deksametazon singari klassik CYP induktorlari ko‘rsatadigan ta’sir hujayralarning
konyugativ metabolizmga qobiliyatini oshiradi.
Bu jarayonni o‘rganayotganda, olimlar bir narsadan hayratga tushishdi – UGT 
va GST lar induksiyalanishi ham ksenobiotiklar ta’siri bilan birga kechadi. Bu 
ksenobiotiklar esa klassik ksenosensorlar bog‘lanadigan ligand emas, lekin 
shunga qaramay ular elektrofillar kabi reaksiya ko‘rsatadi. Bu turdagi konyugativ 
enzim induktorlariga turli sintetik fenol birikmalarni [xususan, butillangan 
gidroksianizol (BHA), t-butilgidroxinon (tBHQ) va shuningdek, kundalik 
fitokimyoviy birikmalar – ko‘k choy komponenti (-)-epigallokayetsin-3-gallat 
(EGKG)] o‘z ichiga oladi.
Krest gulli sabzavotlar tarkibida uchraydigan turli izotiotsianat komponentlar 
(masalan, fenetil izotiotsianat) hamda sulforafan ham konyugativ enzim ta’sirini 
induksiyalaydi. Shu sabab ham ularga, saratonga qarshi vositalar sifatida (ya’ni, 
“kimyoprofilaktik” rejimdagi ovqatlanish komponentlari sifatida) katta qiziqish 
bilan qarashadi. Bu sohada Milliy sog‘liqni saqlash instituti ilmiy izlanuvchisi, 
o‘ta chuqur bilimga ega, “kimyoprofilaktikaning otasi” – Maykl Sporn keng 
izlanish olib borgan. Antioksidant ta’sir ko‘rsatilishiga vositachi rolini bajara-
digan transkriptsiya faktorini faollashtirish orqali kimyoprofilaktik elektrofil 
birikmalar zararli oksidantlardan sitohimoya’ni ta’minlaydi (5.3.2-qismga 
qarang). 


122 
Membrana tashuvchilarning induksiyalanishi. Induktor ta’siriga yo‘liqqan-
dan keyingi yuqori oksidlanish va konyugativ biotransformatsiya sabab, oshib 
ketgan metabolit konsentratsiyalari hujayraning sitozoldan bu birikmalarni 
chiqarib yuborish qobiliyatiga bosim o‘tkazadi. Bu holatni biroz yumshatish 
uchun, bir qator membrana tashuvchilari (P-gp), ko‘p turdagi dorilarga chidamli 
bo‘lgan oqsillar (MRP lar), organik anion-tashuvchi polipeptid 2 (OATP 2) va 
organik kation tashuvchi (OKTN 2) larning ta’siri PXR va CAR ksenosensorlari
tomonidan boshqarib turiladi.
Metabolizm jarayonini olib borish qobiliyati oshishi bilan bir paytda 
hujayralarning metabolitlarni chiqarib yuborish qobiliyatini ham oshirish orqali 
bu ksenosensor oqsillar hujayraning ksenobiotikka qarshi reaksiyasining master 
koordinatori sifatida harakatlanadi. Bunda ular ksenobiotikka qarshi himoyani 
kuchaytirish orqali gomeostaz amalga oshishiga imkon yaratadi. 
Induksiyaning zararli oqibatlari. Misol qilib tamaki tutunini olaylik. 
Vaholanki tutayotgan sigaretdan chiqayotgan tutun tarkibida juda ko‘p AhR 
induktorlari mavjud. Chekish tamaki kanserogenlarini (politsiklik xushboy 
uglevodorod yoki tamakidagi maxsus nitrozaminlar) aktivlashtiruvchi CYP1A 
izoformalarini induksiyalaydi. Biroq tamaki tutuni CYP1A1 ajratgan elektrofil 
metabolitlarni detoksikatsiyalaydigan enzimlarning kuchli induktorlarini
saqlaydi. Tamaki tutuni toksikologiyasi haqida batafsil 10-bobda tanishib 
chiqishingiz mumkin. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling