O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   127
4.3-rasm. Reaktiv metabolitlarning kimyoviy barqarorligi ksenobiotiklar 
metobollashuvi vaqtida to‘qimalarga yetadigan zararni mahalliylashishiga ta’sir 
etadi. 
 
Makromolekulyar tanlov. Reaktiv metabolitlar ko‘p hollarda oqsillarga 
nisbatan DNK bilan farqli munosabatda bo‘ladi va barcha tarkibiy hujayralarga 
tartibsiz ravishda hujum qilmaydi. Reaktiv metabolitlar uchun afzal bo‘lgan 
makromolekulyar nishonlarni aniqlashda birlamchi toksik moddalar ta’sirida 
yuzaga keluvchi toksik reaktsiyalarni tushuntirishga yordam beradi. DNK ga uzoq 
muddat ta’sir etuvchi metabolitlar saraton va boshqa irsiy kasalliklarga sabab 


90 
bo‘ladi. Homiladorlik davrida DNK ga zarar yetkazuvchi metabolitlar embrion 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi va bolalarda saraton kasalligini rivojlanish havfini 
keltirib chiqaradi, masalan, leykemiya kasalligini. Metabolit DNKga zarar 
yetkazishi natijasida genomdahi hujumlar ketma-ketligi qanday sodir bo‘ladi degan 
savol tug‘iladi. Genning zararlanishi oqibatida oqsil faoliyati buziladi va ferment 
tanqisligi yuzaga keladi. Bundan tashqari mutatsiya holati ham yuzaga kelib 
oqsillarning normal bo‘lmagan holatga olib keladi. Hujayra oqsillari bilan bog‘liq 
bo‘lgan metabolitlar ko‘p hollarda organ faoliyatining buzilishi bilan yoki 
allergiya qozg‘ovchi toksik reaktsiyalar bilan bog‘liq bo‘ladi.
17
Elektron hususiyatlar. Reaktiv metabolitlarning ko‘p qismi “elektrofil”lar 
bo‘ladi, bular elekrton-tanqis turlar bo‘lib, ular o‘z elektron qobiqlarini 
elektrodonor reagentlar (nukleofillar) bilan reaktsiyaga kirirshish orqali tiklaydi. 
Bunda asosan oqsillar nishonga olinadi, chunki oqsillar hujayrada joylashgan 
bo‘lib, aminokislota yon zanjirlarida elektron atomlarga boy. Ksnobiotiklar 
metabolizmida yuzaga keluvchi metabolitlar hujayra makromolekulalari bilan 
reaktsiyaga kirishishi davomida o‘zini “qattiq” va “yumshoq” elekrtofillardek 
tutadi. “Qattiq” elektrofillar ijobiy zaryadga ega bo‘lib, metabolit tizimida osonlik 
bilan joyini o‘zgartirmaydigan valent elektronlarga ega. “Yumshoq” elektrofillar 
esa qisman zaryadga ega va elektronlar esa metobollashuv orqali o‘z o‘rnini 
o‘zgartiradi.
18
Reaktiv metabolitning elektron hususiyatlarini bilish foydali, toksiklik 
holati nazariyasiga muvofiq yumshoq elektrofillar yumshoq nukleofillar bilan, 
qattiq elekrtrofillar esa qattiq nukleofillar bilan munosabatga kirishadi. Bu bizga 
nima uchun turli metabolitlar yoki oqsil yoki DNK ni afzal ko‘rishini tusunishga 
yordam beradi: odatda, yumshoq elektrofillar (masalan, metabolit N-аtsetil-p-
ksinomin, paratsetamoldan tashkil topgan) asosan oqsillarga zarar yetkazadi va 
17
Stachulski AV et al. The generation, detection, and effects of reactive drug metabolites. Med Res Rev. 2012. doi: 
10.1002/med.21273 
. Epub 2012 Okt 22. 
18
Stepan AF et al. Structural alert/reactive metabolite concept as applied in medicinal chemistry to mitigate the risk of 
idiosynkratik drug toxicity: a perspective based on the critical examination of trends in the top 200 drugs marketed in the United 
States. Chem Res Toxikol. 2011;24:1345–410.


91 
shu boisdan odatda organlarni zararlash holati bilan bog‘liq (masalan, gepatok-
siklik, nefrotoksiklik), qattiq elektrofillar esa (masalan, diolepoksidlar, politsiklik 
aromatlashtirilgan uglevodorodlardan tashkil topgan) DNKga zarar yetkazish va 
saraton kasalligini keltirib chiqarish hususiyatiga ega. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling