2-mavzu. Biologik oksidlanish.
Tirik xujayradagi endergonik va ekzergonik reaksiyalar. Makroergik moddalar. Elektron tashish
zanjiri
komponentlari.
Terminal
oksidlanish:
ubixinon,
sitoxromlar.
Sitoxromoksidaza.
Mitoxondriyalarning tuzilishi, elektron va proton tashish zanjirining joylashishi. Mitoxondriya
membranasining substratlari, ADF, ATFni tanlab o‘tkazilishi.
3-mavzu. Oksidlanishli fosforillanish. Katabolizmning umumiy yo‘llari
Oksidlanish bilan boruvchi fosforillanish. Gipoenergetik xolatlar.
Katabolizmning umumiy yo‘llari. Piruvatning oksidlanishli dekarboksillanishi. Limon kislotasi
sikli (Krebs sikli). Limon kislotasi siklining energetik qiymati.
4-mavzu. Uglevodlar almashinuvi
Ovqatning asosiy uglevodlari. Uglevodlarning hazmlanishi va so‘rilishi, bijg‘ish, sutni
ko‘taraolmaslik. So‘rilgan uglevodlarning organizmdagi taqdiri. Glikogen sintezi va parchalanishi,
uning fiziologik ahamiyati, glyukokinaza va geksokinazalar ta’siri. Glyukoza katabolizmi.
Glyukozaning aerob parchalanishi va uning fiziologik ahamiyati. Glyukozaning anaerob parchalanishi
(glikoliz). Glyukozaning aerob va anaerob parchalanishi va glyukoneogenez boshqarilishining
allosterik mexanizmlari. Glyukoza parchalanishining apotomik yo‘li. Qonda glyukoza gomeostazini
boshqarilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |