O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Tizimli yondoshuv. Тa‘lim texnologiyasi tizimining barcha belgilarini o‘zida mujassam 
etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, 
yaxlitligini bilim olish va kasb egallashning mukammal bo‘lishiga hissa qo‘shadi.


13 
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga
ta‘lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida barcha qobiliyat 
va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni оchishga yo‘naltirilgan ta‘limni ifodalaydi. Egallangan 
bilimlarning ko‘nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tadbiq etilishiga sharoit yaratadi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va 
o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini 
faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. O‘qituvchi va talabaning 
hamkorlikdagi ta‘limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish . Demokratlilik, tenglik, ta‘lim beruvchi va ta‘lim 
oluvchi o‘rtasidagi sub‘ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini 
shakllantirishga erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish 
zarurligini bildiradi. Тa‘lim jarayonida ― sub‘ekt-sub‘ekt ‖ munosabatlari tarkib topadi.
Мuammoli ta’lim. Тa‘lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta‘lim oluvchi 
faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob‘ektiv qarama-qarshiligi va uni hal 
etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, аmaliy faoliyatga ularni 
ijodiy tarzda qo‘llashni ta‘minlaydi. Мuammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va 
ularga yechim topish jarayonida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o‘rgatiladi.

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling