Fanni o’qitishning konseptual asoslari
Bilim olish jarayoni bilan bog‘liq ta‘lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni yuqori ilmiy-
pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg‘ulotlar o‘tkazish, darslarni savol-javob tarzida
qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogic texnologiyalardan va multimedia qo‘llanmalardan
foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular
oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo‘naltirish, erkin
muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta‘lim ustuvorligini
ta‘minlaydi. Ta‘lim samaradorligini ishlab chiqishning konsepsiyasi aniq belgilanish va unga amal
qilishi ijobiy natija beradi. Fanni o‘qitishning asosiy konseptual yondashuvlar quyidagilardan
iborat.
Fаnni mаqsаdi: Odam va hayvonlar fiziologiyasi kursini o‘qitishdan maqsad inson va
hayvon organizmning xayot kechirish faoliyati, organizmning bir butunligi, uning tashqi muhit
bilan uzviy bog‘liqligi, organizm, a‘zo-tizimlari fiziologik faoliyati va ularning boshqarilishida asab
va gumoral tizimlar roli, boshqarilish mexanizmlari, tashqi muhitga moslashish mexanizmlari
haqidagi bilimni amalda qo‘llashga erishish ko‘zda tutiladi. Organizm faoliyatini xar tomonlama
chuqurroq tushunish uchun a‘zo va to‘qima, hujayra va hujayraviy elementlari tuzilishi va faoliyati
haqida bilim berishdan iborat.
Fanni o’qitishning vazifalari. Maqsadni amalgam oshirish uchun quyidagi vazifalarni
bajarish tavsiya etiladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O‘z mohiyatiga ko‘ra ta‘lim jarayonining barcha
ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta‘limni loyihalashtirilayotganda,
albatta, ma‘lum bir ta‘lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxasislik faoliyati
bilan bog‘liq o‘qish masalalaridan kelib chiqqan holda yondashishga e‘tibor qaratishni amalgam
oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta‘minlaydi. Ta‘limning
markaziga bilim oluvchi qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |