O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchi sаvоl bаyоni.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 1. Refleks deb nimaga aytiladi? 2. Refleksning qanday turlarini bilasiz? 3. Reflektor yoy nima? 4-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga asab markazlari va ularning xossalari hаqidа mа‘lumоt bеrish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri. 1.1. Asab markazlarini izohlab bera oladi. 1.2. Markaziy tormozlanish hodisasini tushuntirib bera oladi. 52 To’rtinchi sаvоl bаyоni. Muayyan refleksni yuazaga chiqarish yoki muayyan funksiyani boshqarish uchun zarur neyronlar yig‘indisi asab markazi deb aytiladi. Asab markazlarining joylanishi bosh miya yoki orqa miyaning turli qismlariga ta‘sir etish, cheklangan bir qismini yemirish, olib tashlash (ekstirpatsiya) yoki qirqib qo‘yish tajribalari asosida aniqlanadi. Agar asab tolasida impulslar ikki tomonga o‘tkazilishi mumkin bo‘lsa, markaziy asab tizimida qo‘zg‘alish faqat bir tomonga tarqalishi, ya‘ni retseptor neyrondan—>oraliq neyronlar orqali—> effektor neyronga o‘tkazilishi mumkin. Bu hodisa asab markazlarida qo‘zg‘alishning bir tomonlama o‘tkazilish qonuni deb ataladi. Qo‘zg‘alish jarayoni asab tolalaridagiga nisbatan asab markazlarida sekinroq o‘tkaziladi. Refleks vaqtining, ya‘ni retseptor ta‘sirlangan paytdan boshlab javob reaksiyasi yuzaga chiqquncha o‘tadigan vaqtning nisbiy uzunligi shu bilan izohlanadi. Bu vaqtni refleksning latent (yashirin) davri deb ham yuritishadi. Latent davr davomida quyidagi jarayonlar ro‘y beradi: retseptorlar qo‘zg‘aladi (A), qo‘zg‘alish markazga intiluvchi asab tolalari orqali asab markazlariga o‘tkaziladi (B), qo‘zg‘alish markaziy asab tizimining ichida bir xil neyronlardan ikkinchi xil neyronlarga o‘tkaziladi (V), (qo‘zg‘alish markaziy asab tizimidan markazdan qochuvchi (efferent) neyronlarga o‘tkaziladi (O), qo‘zg‘alish asabdan ishlovchi asabga (effektorga) o‘tkaziladi (D). Shunday qilib, refleks vaqti (R) shu barcha jarayonlar uzunligining yig‘indi ifodasidan iborat; R=A+B+V+G+D, Asab markazi ichida qo‘zg‘alishning afferent neyrondan efferent neyronga o‘tkaziladigan vaqti (V) refleksning chin, yoki markaziy vaqti deb ataladi. Bu vaqtni aniqlash uchun yuqorida aytilgan boshqa barcha jarayonlarga sarf qilingan vaqtni refleksning umumiy vaqtidan chiqarib tashlash zarur V=P-(A+B+G+D). Masalan, odam tizz.a refleksining vaqti hammadan kamroq; u atigi 0,0196-0,0238 soniyani tashkil etadi. Bu reaksiyalarning markaziy vaqti 0,003 soniyaga teng. Ko‘zga ravshan yorug‘lik tushganda paydo bo‘ladigan ko‘z yumish refleksining vaqti uzunroq, u 0,05-0,2 soniyani tashkil etadi. Qo‘zg‘alishni sinaps orqali o‘tishi quyidagi 3 asosiy jarayondan iborat: 1) asab oxiriga akson orqali kelgan impulsga javoban mediator ishlab chiqaradi; 2) mediator sinaps yorig‘i orqali postsinaptik membranaga diffuziyalanib o‘tadi; 3) shu mediator ta‘sirida qo‘zg‘atuvchi postsinaptik poiensial vujudga keladi. Asab oxiriga impuls kelgan paytdan boshlab, to qo‘zg‘atuvchi postsinaptik potensial kelib chiqa boshlanguncha taxminan 0,5 m soniya vaqt o‘tadi. Asab oxiridan mediator ajralib chiqishi va postsinapiik membranaga diffuziyalanib o‘tishi uchun shuncha vaqt kerak. Bu vaqt sinapsda kechikish deb ataladi. Qo‘zg‘alishlarning qo‘shilishi (summatsiyasi) asab markazlarining o‘ziga sos xususiyati bo‘lib, uni I.M.Sechenov 1863 yilda birinchi marta tasvir etgan. Qo‘zg‘alishlarning qo‘shilishi shunda ko‘rinadiki, periferik retseptorlarning yoki afferent asablarning ikkita yoki bir nechta ta‘siroti qo‘shilganda refleksni yuzaga chiqaradi, holbuki shu ta‘sirotlardan liar biri alohida-ilohida rctlcklor reaksiyani yuzaga chiqarishga kamlik qiladi. Qo‘shilishning ikki turi: ketma-ket (vaqtdagi) va masofa (fazodagi) da qo‘shilish bor. 1) Asab markaziga bir xil afferent asab lolalari orqali kalta vaqt oralig‘ida kelma-ket keluvchi qo‘zg‘alishlarning o‘zaro ta’siri ketma-ket qo’shilish deb ataladi. 2) Bir resepfiv maydonga kiradigan turli reiseptorlarga ikkita yoki hir necha ta‘sirot bir vaqtda ta‘sir etsa, qo‘zg‘alishlar masofada qo’shiladi. Masalan, itda qashinish refleksining reseptiv maydoni doirasida terining bir-biridan 10 sm uzoqdagi ikki qismi past kuch bilan bir vaqtda ta‘sirlansa bu refleks yuzaga chiqishi mumkin. Aksincha, shunday ta‘sirotning har biri alohida qo‘llanilganda qashinish reffeksini yuzaga chiqarmaydi, bir vaqtda qo‘llanilganda esa, reflektor reaksiya ro‘y beradi. Asab markazlari o‘ziga keluvchi impulslar ritmini o‘zgartira oladi. Bu jarayon transformatsiya yoki qo‘zg‘alish ritmining o‘zgarishi deb ataladi. Afferenl asab yakka ta‘sirga javoban, asab markazlarni ishlovchi a‘zoga efferent asab tolalari orqali muayyan ritm bilan ketma- ket boruvchi bir qancha impulslarni yuboradi. Boshqa so‘z bilan aytganda, miltiqdan bitta o‟q otilganiga asab markazlari pulemyotdan o‘qqa tutish bilan javob qaytaradi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling