51
reflektor reaksiyaga tortiladi.
5) Butun organizmning barcha reflektor faoliyati
shartsiz va
shartli reflekslarga bo‟linadi.
Shartsiz reflekslar-organizmning irsiyat yo‟li bilan o‟tadigan
tug’ma reaksiyalaridir.
Shartli
reflekslar esa, organizmning individual taraqqiyot jarayonida, «turmush tajribasi»
asosida paydo
bo‟ladilar.
Odam oyoq kaftining terisiga ta‟sir etilganda oyoq panjasi va barmoqlari refleks yo‟li bilan
bukiladi -
oyoq kaftining refleksi deb shuni aytiladi.
Mushak payiga bolg‟acha yengilgina urilganda mushakning cho‟zilishi
uning refleklor
qisqarishiga sabab bo‟ladi. Bu pay-mushak proprioretseptiv refleksidir. Jumladan,
tizza refleksi
(son to‟rt boshli mushakning payiga tizza ko‟zining pastidan urilganda oyoqning tizzadan keskin
yozilishi) va Axill refleksi (Axill payiga urilganda boldir mushakning keskin qisqarishi)
shunday
reflekslarga kiradi.
Asab tizimi umuman ikki qismdan iborat;
periferik va
markaziy asab tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: