O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

I-flbroz qavati hid bilish neyronlar tolalaridan iborat. Bu tolalar oxirlari hid bilish 
retseptorlarining qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi sinapslarini hosil bo‘lishida qatnashadi. 
II-glomerula qavati asab tolaiarining oxiri bo‘lib, hid bilish analizatorining birlamchi 
neyronlarini tashkil etadi. Piyozchalari murakkab asab tugunlar paydo qiladi. 
III va IV tashqi va ichki to’rsimon qavatlar; III-chi qavatda ko‘p miqdorda sinapslar 
joylashgan; IV-chi qavatda esa neyronlarning tanalari joylashgan bo‘lib, III-chi qavat bilan vertikal 
va gorizontal asab tolalari orqali bog‘langan. 
V qavat (donali qavat) da hid sezuvchi donali neyronlar zich joylashgan. 
Umurtqali hayvonlarda hid bilish piyozchasidan asab tolalari oldinigi miyaga: hid bilish tepachasi, 
oldingi hidlov yadrosi, prepiriform va po‘stloqqa hamda po‘stloq ostidagi bodomsimon yadrolarga 


76 
yetib boradi. 
Zamonaviy tadqiqotlar xemoretsepsiya yo‘llari adekvat ta‘sirlovchilarning birlamchi 
adsorbsiyasi va ularning xemoretseptorlar membranasiga ta‘sir etish mexanizmiga asoslanadi. 
Hid sezish analizatorining mexanizmi haligacha aniq bo‘lmagan bo‘lsa ham uning afferent 
va efferent yo‘llari markaziy asab tizimining eng qadimiy tuzilmasi-hidlov miya markazi orqali 
o‘tishiga hech bir shubha yo‘q. 
 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Hid bilish analizatori qayerda joylashgan? 
2. Hid bilish piyozchalari necha qavatdan iborat? 
3. Hid bilish markazi bosh viyaning qaysi qismida joylashgan? 
 
9-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga ta‘m bilish analizatori hаqidа mа‘lumоt bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Ta‘m bilish analizatorini izohlab bera oladi.
1.2. Ta‘m sezishning fiziologik xususiyatlarini tushuntirib bera oladi.

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling