O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

maydoni hosil qiladi. Turli ganglionar hujayralarning retseptor maydonlari bir-birini yopib o‘tadi 
va o‘zaro bog‘lanadi. Buning asosiy sababi shuki, to‘r pardada gorizontal (yulduzsimon) va 
amakrin neyronlar bor, ulardan tarmoqlanuvchi o‘siqlar chiqadi, bu o‘siqlar bipolyar va ganglionar 
hujayralarni birlashtiradi. Shu sababli bitta ganglionar hujayra bir necha o‘ng ming fotoretseptorlar 
bilan bog‘lanishi mumkin. 
Markazga intiluvchi tolalardan tashqari, ko‘zda markazdan qochuvchi asab tolalari ham 
topilgan, bu tolalar markaziy asab tizimidan ko‘z to‘r pardasiga impuls olib ketadi. Markaziy asab 
tizimi to‘r parda neyronlari o‘rtasidagi sinapslarning o‘tkazuvchanligini o‘sha (markazdan 
qochuvchi) tolalar yordamida o‘zgartira oladi va qo‘zg‘alish jarayoniga tortilgan neyronlar sonini 
shu tariqa boshqara oladi deb hisoblashadi. To‘r pardadagi markazdan qoohuvchi asab tolalarining 
ikkinchi tipi-tomir harakatlantiravchi tolalardan ihorat. Markaziy asab tizimi to‘r parda 
tomirlarining diametrini shu tolalar yordamida o‘zgartira oladi. To‘r pardaning o‘ziga xos murakkab 
asab apparati ko‘ruv axborotini tahlil qilish va qayta ishlab chiqishda qatnashadi. Ko‘z to‘r pardasi 
fotoretseptorlar joylashgan anchayin bir joy emas; u markaziy asab tizimining go‘yo periferiyaga 
chiqarib qo‘yilgan bir qismi hamdir. 


81 
Tayoqcha va kolbachalarning turli funksiyalari haqidagi tasavvurga ikki yoqlama nazariya 
bo‘lgan. Bu nazariyani tasdiqlaydigan bir talay dalillar mavjud. Masalan, tungi hayvonlar - boyqush 
va ko‘rshapalak to‘r pardasida tayoqchalar ko‘proq bo‘lsa, kunduzgi hayvonlar - kaptar, tovuq, 
kaltakesak ko‘zining to‘r pardasida kolbachalar ortiqroq. Tayoqchalarning sezuvchanligiga nisbatan 
kolbachalar sezuvchanligi ko‘p marta kam. Shu sababli g‘ira-shirada "qosh qoraygan" vaqtda to‘r 
parda markazidagi kolbachalar bilan ko‘rish keskin darajada susayib, to‘r parda periferiyasidagi 
tayoqchalar bilan ko‘rish ustun turadi. Tayoqchalar ranglarni sezmagani uchun g‘ira-shirada odam 
ranglarning farqiga bormaydi. 
Tayoqchalar funksiyasi buzilganda (masalan, ovqatda vitamin A yetishmaganda shunday 
bo‘ladi) g‘ira-shirada korish funksiyasi buziladi shabko’rlik kelib chiqadi; bunday odam kunduzi 
bemalol ko‘radi-yu, qosh qorayganda ko‘zi hech narsani ko‘rmaydi. Kolbachalar zararlanganda esa, 
aksincha, yoruqqa qarab bo’lmaydi-bunday odam xira yorug‘da yaxshi ko‘radi-yu, ravshan 
yorug‘da ko‘zi hech narsani ko‘rmaydi. Bu holda ranglarni mutlaqo ko‘rmaslik - axromaziya kelib 
chiqadi. 
XX asrning 80-yillarida hayvorilar kozining to‘r pardasida yorug’likka sezgir pigmentlar 
kashf etilgan va bu moddalar yorugda rangsizlanib qolishi ko‘rsatib berilgan edi. Ammo, bu 
pigmentlarning eng ko‘p uchraydigan vakili rodopsin avval Yu.A.Ovchinnikov (1982 yilda),
tomonidan, keyinchalik amerika olimlari mukammalroq o‘rganib chiqishdi. Ularning fikriga
ko‘ra, to‘r parda fotoretseptorlari membranasi fotolipidlardan tuzilgan bo‘lib fosfatidixolin 
(40%), fosfatidiletanolamin (38%) va fosfatidilserin (13%) ni tashkil etadi. Fotoretseptorlardagi 
taxminan 95% oqsillar tarkibi rodopsinning pigmenti tarkibiga mos keladi. Rodopsinning polipeptid 
zanjiri 348 aminokislotadan tarkib topgan. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling