O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


To’r pardaning tuzilishi va funksiyalari


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

To’r pardaning tuzilishi va funksiyalari 
To‘r pardada ko‘ruv retseptorlarining fotoretseptorlari joylashgan. Bu retseptorlar ko‘ruv 


80 
asabining oxiri-yorug‘ni sezuvchi qismi hisoblanadi. To‘r parda murakkab tuzilgan bo‘lib, 
rnikroskopda ko‘rilganda 10 qavatdan tuzilganligi aniqlangan. To‘r pardadagi asab hujayralari bir-
biriga bog‘langan uchta neyrondan iborat. Bu neyronlar tayoqcha va kolbacha shaklda bo‘ladi. 
Odam ko‘zida tayoqchasimon neyronlar soni 130 ml gacha yetadi, ular qorong‘ida ko‘tradi. 
Kolbachasimon neyronlar esa 9 ml ga yaqin bo‘lib, ular kunduzi ko‘radi (ragn ajratadi). 
Tayoqchasimon, kolbachasimon retseptorlarda qabul qilingan impulslar ikkinchi neyronga, ulardan 
uchinchi neyronga o‘tadi. 
Uchinchi neyron neyrit (akson) lardan iborai ko‘ruv asabini hosil qiladi, u ko‘zning orqa 
qismidan chiqadi va ko‘ruv yo‘lini hosil qilib, tizzasimon tanachaga boradi. To‘r pardaning 
yorug‘ni eng yaxshi sezuvchi qismi-sariq dog’ deyiladi, u kozning orqa qutbida joylashgan. Sariq 
dog‘ning o‘rtasi bir oz chuqurlashgan bo‘lib, u markaziy chuqurcha deyiladi. Ko‘zning oldingi 
quibi bilan markaziy chuqurcha orasidagi chiziq ko‘zning optik o’qi deyiladi. Ko‘zning optik 
moslamalariga shox parda, oldingi kamera suyuqligi, ko‘z gavhari va shishasimon tana kiradi. 
Ko‘rish asabining ko‘z soqqasidan boshtanadigan qismi ko’r dog’ deyiladi. To‘r pardaning 
bu qismida yorug‘ni sezuvchi retseptorlar bo‘lmaydi. Bu yerdan to‘r pardani oziq moddalar va 
kislorod bilan ta‘minlovchi qon tomirlari o‘tadi. 
To‘r pardaning eng tashqi qavati pigmentli epiteliydan tuzilgan, unda fuksin degan pigment 
bor. Bu pigment fotoapparat ichki devorlarining qora rangiga o‘xshash yorug‘likni yutib, uning 
qaytishiga va sochilishiga to‘sqinlik qiladi va shu bilan ko‘ruv sezgisining ravshan chiqishiga 
imkon beradi. 
Ba‘zi tungi hayvonlarda fotoretseptorlar bilan pigment hujayralar o‘rtasida yorug‘likni aks 
ettiruvchi qavat bor, bu qavat maxsus kristallardan yoki iplardan tuzilgan. Ulardan yorug‘lik 
qaytishi tungi hayvonlar ko‘zining tashqi yorug‘da nur sochishiga sabab bo‘ladi. Yorug‘likni 
qaytaradigan qavat borligidan tikka yorug‘lik nurlarigina emas, qaytgan yorug‘lik nurlari ham 
fotoretseptorlarga ta‘sir etadi, bu esa yorug‘lik kam sharoitda yorug‘lik sezish imkoniyatini 
oshiradi. 
Fotoretseptorlar hujayralar qavatidan ichkari tomonda bipolyar neyronlar qavati bor, bu 
neyronlarga ichkari tomondan ganglionar asab hujayralari qavati taqalib turadi. Tayoqcha va 
kolbachalar tashqi qavatda yotganligi, ganglionar hujayralar esa to‘r pardaning ichki (shishasimon 
tanaga taqalib turgan) qavatini hosil qilganligi uchun yorug‘lik shishasimon tana orqali to‘r pardaga 
tushganda fotoretseptorlarga yetishdan oldin to‘r pardaning hamma qavatlaridan o‘tishi kerak. 
Ganglionar neyronlarning o‘siqlari ko‘ruv asabining tolalarini tashkil etadi. Shunday qilib, 
yorug‘lik ta‘sirida fotoretseptorlarda vujudga kelgan qo‘zg‘alish ikkita asab hujayrasi - bipolyar va 
ganglionar neyronlar orqali ko‘ruv asabining tolalariga o‘tadi. Ana shu asablarining oxirlarida 
sinapslar hosil bo‘ladi. Bu sinapslarda xolinesteraza bor, shuning uchun bir neyrondan ikkinchi 
neyronga impulslar o‘tganda atsetilxolin ajralib chiqadi. 
Bir ganglionar neyronga birlashgan fotoretseptorlar ganglionar neyronning retseptiv 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling